1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati


Davlat qarzining makroiqtisodiy oqibatlari


Download 0.87 Mb.
bet11/12
Sana05.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1692836
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati

4. Davlat qarzining makroiqtisodiy oqibatlari
O‘zbekistonda davlat tashqi qarzi raqamlarda o‘sib borayotgani xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassis vaziyatni tahlil qilib, ushbu masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
—​ Tashqi qarz nima va uni qanday tushunish kerak?
—​ So‘nggi yillarda yuz berayotgan ochiqlik siyosati tufayli mamlakatimiz tashqi qarzi haqida bugun juda ko‘p ma'lumotlar e'lon qilinmoqda va bu qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Tashqi qarz – biror-bir mamlakat boshqa mamlakatdan yoki boshqa mamlakatdagi kompaniyalardan, banklardan, xususiy tashkilotlardan oladigan qarz hisoblanadi. Tashqi qarz ikki turga bo‘linadi: davlat qarzi va xususiy (korporativ) qarz. Ko‘pincha bu ikkisining farqini tushunmasdan umumiy qarz haqida gap ketadi. Bu narsa bir tarafdan to‘g‘ri. Ammo boshqa tarafdan unchalik to‘g‘ri emas. Chunki O‘zbekistonning bir kompaniyasi xususiy yo‘l bilan, qaysidir soha bo‘yicha, chetdan qarz olgan bo‘lsa, qarz mas'uliyati o‘sha kompaniyaning zimmasida bo‘ladi. 
Hukumat kafolati ostida yoki davlat olgan qarzlar esa davlatning tashqi qarzlari hisoblanadi. Bular qo‘shilib, ya'ni davlat qarzi bilan xususiy kapital qarzi qo‘shilib, umumiy tashqi qarz tushunchasini hosil qiladi.
Umumiy tashqi qarz har xil talqin qilinishi mumkin. Masalan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori o‘sayotgani xavotirga solyapti, raqamlar o‘zgarib boryapti. O‘tgan yili 17-19 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, shu yil 25 milliard dollardan o‘tdi. Bu umumiy qarzimiz. Shundan 17 milliard 300 millioni davlat qarzi. Qolgani xususiy kapital qarzi. Aslida, ana shu 17 milliard 300 million haqida ko‘proq gaplashishimiz kerak. Chunki bu davlatimiz olgan yoki kafolat bergan qarz. Shu ikkalasidan davlat qarzi paydo bo‘ladi. Bunga davlatimiz, albatta, javob beradi.
—​ Nima uchun O‘zbekistonning tabiiy boyliklari bo‘la turib, qarz olishi kerak?
—​ Har safar qarz olish paytida Moliya vazirligi uzoq hisob-kitoblar qilib, masalani tarozining ikki pallasiga solib ko‘radi. Biz hozir butun dunyo hayoti o‘zgarib ketgan murakkab davrda yashayapmiz. Dunyoda pandemiya yuz beradi-yu, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotini tiz cho‘ktirib qo‘yadi, deb hech kim o‘ylagan emasdi.
Bu virus iqtisodiyotga salbiy ta'sir qildi. Va bu yana qancha davom etishini hozir prognoz qilish ham qiyin. Chunki holat har kuni o‘zgarib turibdi. Mana shunaqa paytda biz yanada og‘irroq holatga tushib qolmaslik uchun 34 milliardlik zaxiralarimizni ushlab turishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayapmiz. Chunki bugun zaxiralarning barchasini ishlatib qo‘ysak, ertaga virusning oqibatlarini yumshatish cho‘zilib ketsa, bundan murakkabroq sharoitlarda, murakkabroq foizlarda qarz olishga majbur bo‘lardik. Hozir 1,5-1,25 yoki 2 atrofidagi foizlarda qarz olyapmiz.
Qaysidir davlatning katta miqdorda ishlatilmay turgan puli bo‘lsa ham, ular hech qachon o‘ylamasdan, qaysidir davlatning iltimosi bilan shunchaki berib yuborishmaydi. Ular ham juda ko‘p o‘rganishadi. Agar biz chetdan qarz olayotgan bo‘lsak, ular ikkilanmasdan qarz berishayotgan bo‘lsa, demak, ular O‘zbekistonning iqtisodiy ahvolidan xabardor.
—​ To‘g‘ri, shu yilning aprel oyida ular bizga barqaror reytingni berishgan edi. Pandemiya boshlangandan keyin butun dunyo davlatlari qatori biz ham murakkab ahvolga tushganimizda, ular bizni ogohlantirishgan. Mamlakatimizda pandemiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hukumat amalga oshirayotgan chora-tadbirlar, inqirozga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘mlik jamg‘arma tuzganimiz va inqiroz paytida aholini, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaganimiz tufayli ular bu ogohlantirishni kun tartibidan olishdi.
—​ Davlat tashqi qarzga murojaat etganda, garovga nimadir qo‘yadimi?
—​ Davlatlar o‘rtasida qarz munosabati shakllanayotganda qarz olayotgan davlat, albatta, o‘zining xorijiy banklarda qo‘yilgan va shaffof oltin-valuta zaxirasiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, qarz oluvchining iqtisodiy o‘sish darajasi ham hisobga olinadi. Chunki iqtisodiy o‘sish darajasi mavjud bo‘lgan davlat qarzini qaytara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, mamlakatimiz
Qarz olayotgan davlat qarz berayotgan davlat yoki kompaniyalar guruhidan katta miqdorda qarz olib, ularga bog‘lanib qolishi kerak emas. Tojikiston hukumati bu qoidaga amal qilmadi. Ular olayotgan qarzning katta miqdori Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Va ularning valuta-oltin zaxirasi qarzni qoplashga yetmagani sababli yerni olib qo‘yish emas, uzoqroq muddatga ijaraga berishga majbur bo‘lgan, degan ma'lumotlar bor. Ammo bu rasmiy ma'lumot emas. Biz esa Xitoyning ikki bankidan qarz olganmiz. Bu ham bo‘lsa, barcha qarzlarimizning 14-15 foizini tashkil qiladi.
Bizga qarz berayotgan eng katta tashkilot - Osiyo Taraqqiyot banki. Bu bankdan olgan tashqi qarzimiz 3,9 milliardga to‘g‘ri keladi. Umuman olib qaraganda, O‘zbekiston ko‘proq moliyaviy institutlardan qarz oladi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori oldingi yillarda olingan qarzlarga nisbatan o‘syapti. Lekin boshqa davlatlar bilan solishtirib qaraydigan bo‘lsak, qarzni yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblasak, oshib borsa 40 foizga to‘g‘ri keladi. Bu hamma qarzimiz. Agar davlat tashqi qarzi haqida gap ketsa, 1 iyul holatiga ko‘ra, YaIMga nisbatan 30,3 foizni tashkil etdi. Bu katta emas. Ba'zi bir davlatlarning tashqi qarzi YaIMdan bir necha barobar yuqoriroq. Bizniki esa, hali YaIMning yarmiga ham yetmaydi. Bu katta summa emas. Agar jon boshiga hisoblasak ham davlat tashqi qarzi 509 dollardan to‘g‘ri kelyapti. Hammasini hisoblaydigan bo‘lsak, 730 dollar.
Oldingiga nisbatan o‘sish ko‘pchilikni xavotirga solayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu tabiiy jarayon. Agar shu yil koronavirus bo‘lmagan taqdirda ham biz 2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatni davom ettirish uchun tashqi qarz jalb qilgan bo‘lar edik. Uy-joy qurilish sohasida ham, neft-gaz sohasida ham, energetika sohasida ham milliard-milliard dollarlik qurilishlar ketyapti. 
Birgina energetika sohasini olaylik. Bu sohadagi inshootlarning ko‘pchiligi 60-70 yillarda qurilgan. Va bugun ularda foydali ish koeffitsiyenti juda ham past. Bularni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish juda katta miqdorda mablag‘ talab qilyapti. Bu mablag‘larning katta qismi xorijiy kreditlar evaziga bo‘lyapti. Agar biz rivojlanishni xohlasak, bizga albatta katta miqdorda mablag‘ kerak
Ayni pandemiya sharoitida talab etiladigan katta mablag‘larni faqatgina soliq, bojxona va boshqa yig‘imlardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantirish murakkab. Odatda to‘lov balansi manfiy, davlat byudjeti taqchilligi mavjud bo‘lgan, imkoniyatlar cheklangan holatlarda yirik loyihalarni moliyalashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida tashqi qarzga murojaat qilish juda keng tarqalgan amaliyotdir. Nafaqat rivojlanayotgan, balki eng rivojlangan mamlakatlar ham o‘z iqtisodiyotini yuksaltirishda uchun tashqi qarz omilidan mohirona foydalanadi. Masalan, tashqi qarz summasi YaIMga nisbatan AQShda 138 foiz, Yaponiyada 237 foiz, Fransiyada 99 foizni tashkil etadi. Hatto AQShda tashqi qarz xalqaro monetar tizim asosini tashkil etuvchi omildir.
Shunday ekan, bugungi globallashgan va moliyaviy resurslar cheklangan zamonda tashqi qarz jalb etish va uni samarali boshqarish mamlakatning eng muhim moliyaviy vositalaridan biri hisoblanadi.
Arzon va uzoq muddatli tashqi qarzdan faqatgina bugungi davr xarajatlarini qoplash uchun emas, balki mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga imkon beradigan yirik infratuzilma va sanoat korxonalarini barpo etish uchun foydalanish ertangi taraqqiyot uchun mustahkam poydevor yaratadi.
2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz 21,1 milliard dollarni, YaIMga nisbatan esa 36,5 foizni tashkil etmoqda. O‘zbekiston davlat qarzining so‘nggi yillardagi o‘sish sur’ati barchamizni biroz tashvishga solayotganday. Lekin tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining YaIMga nisbatan 1,7 foizni, davlat tashqi qarzining O‘zbekistonning xalqaro zaxiralariga nisbati 60 foizni tashkil etishi, keyingi yillarda iqtisodiyotimizning real o‘sishi 5-6 foiz prognoz etilayotganini inobatga olsak, tashqi qarzni qaytarishda hech qanday muammolar tug‘ilmasligi ravshan bo‘ladi.
Xulosa
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti yanada mustahkamlanib bormoqda, Eng avvalo mamlakatimiz xalqining munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash hamda rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o’rin olish yo’lida katta qadam tashlandi. Ushbu natijalarga erishish uchun davlat qarzini kamaytirish yo`llari va olingan qarzlarni to`g`ri sarflashga katta ahamiyat berilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, tashqi qarzni samarali boshqarish, ichki qarz va kapital bozorlarini uyg‘unlikda rivojlantirish orqali aholimizning hayot darajasi va turmush sifati yuqori, eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishiga erishamiz.
Shunday bo‘lsa-da, tashqi qarz umumiy miqdorining keskin ortishi yoki undan samarasiz foydalanish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimol. Bu esa bugungi kunda nafaqat iqtisodiyotimizni izdan chiqarishi, shuningdek, kelgusi avlodga ham tizimli muammolarni vujudga keltirishi mumkin. Aynan shu bois, davlat tashqi qarzi bilan bog‘liq nojo‘ya oqibatlarning oldini olish maqsadida hukumat tomonidan bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qonun hujjatlari bilan davlat qarzi miqdorini yalpi ichki mahsulotga nisbatini 60 foizdan oshirmaslik qat’iy belgilab qo‘yildi. Davlat qarzini jalb qilish va ishlatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilgan va yakunlangan barcha loyihalar majburiy tartibda Hisob palatasi tomonidan auditdan o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda, tashqi qarzni kamaytirish omillariga ham to‘xtalib o‘tsak. Buning uchun mamlakatning ichki qarz miqdorini oshirish hamda kapital bozorini rivojlantirish muhim omildir. Bugungi kunda davlatimizning ichki qarzi 2,2 milliard AQSh dollari bo‘lib, jami davlat qarzining 9,2 foizini tashkil etadi. Ichki qarz shakllanishi jarayonida moliyaviy mablag‘larning mamlakat hududidan chiqib ketmasligi hamda mazkur jarayonda davlatning asosiy investori xalq bo‘lishi davlatimizga bo‘lgan yuksak ishonchni anglatadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling