1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Davlat hududida istiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo‘y- sunuvchi odamlar uning fuqarolari hisoblanadi


Download 170.58 Kb.
bet16/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

56. Davlat hududida istiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo‘y- sunuvchi odamlar uning fuqarolari hisoblanadi. Fuqarolar xalq vakili, jamiyat a’zolari sifatida umumiy madaniy jihatlari va tarixiy ongiga ko‘ra davlatga mansublik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, nisbatan keng ijtimoiy guruh tarzida tavsiflanishi mumkin. Aholisiz davlat bo‘lmaydi, chunki muayyan hudud davlat deb tan olinsada, lekin bu davlat tomonidan qabul qilinadi- gan qonunlar ijrosini ta’minlovchi aholining bo‘lmasligi, uning go‘yo bir materik yoki qit’a singari hududiy birlik sifatida namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

57. Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi. Uning tarafdorlari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini amalga oshirish va jamiyatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlat hokimiyati jamiyatning yuqori qismiga — elitaga tegishli bo‘lishi lozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir elita ikkinchi elitani almashtirib turadi. Elitalar turli belgilar (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati kabilar)ga qarab aniqlanadi. Bunda elita saflari xalq ommasi hisobiga, ularning eng qobiliyatli vakillari bilan to‘ldirib borilishi mumkinligi ham nazarda tutiladi. Buning ustiga mazkur nazariyaning hozirgi tarafdorlari bir qancha elitalar mavjud bo‘lib, ular hokimiyat uchun kurash olib borishi, biroq, xalq o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular faoliyatini nazo- rat qilishi mumkin, deb ta’kidlaydilar.

58. Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vuj udga kelib, 60—70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bel va boshqalar bor edi. Umuman ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsada, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejer- lar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalami aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning ildam rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur ta’limot g^oyalaridan nafaqat davlatning mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarda ham foydalanil- moqda.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling