1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet13/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

44. Organik nazariya. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi organik nazariyada davlat tirik organizmga qiyoslanadi. Organik nazariya tarafdorlari bo‘lib, Aflotun, T.Gobbs (1588—1679), J.J.Russo (1712—1778) va boshqalar hisoblanadi. Unga koTa, jamiyat va davlat o‘zaro bogkliq bo‘lgan organizmlar yig'indisidir. Davlat hokimiyati va uning organlari tirik mavjudotning organlari kabi muayyan bir vazifani bajarish uchun yaralgan. Organik nazariyaning kurtaklari Aflotun g‘oyalarida mujassamlangan. Aflotun inson va davlatning o‘xshashligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonda bosh va ruh tanani, ruhning o‘zida esa ong hissiy tuyglularni boshqaradi. Davlatda hokimiyatni tashkil etish ham shunga o‘xshashdir. Inson ruhining uch asosiga davlat hokimiyatining uch o‘xshash asosi — maslahat, muhofaza va tadbirkorlik, ushbu uch asosga esa uch tabaqa — hukmdorlar, askarlar va ishlab chiqaruvchilar mos keladi.


45. Tarixiy materialistik nazariya. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy materialistik nazariya asoschilari K.Marks (1818— 1883), F.Engels (1820—1895) va V.I.Lenin (1870—1924) hisoblanadi. Unga ko‘ra, davlat hokimiyatning muayyan taraqqiyot bosqichida, bir- biriga qarama-qarshi sinflarning vujudga kelishi, hukmron sinflarning ezi- luvchi sinflar ustidan o‘rnatilgan hokimiyatini saqlab qolish maqsadida mulk egalari tomonidan o‘rnatilgan.


46. Psixologik nazariya. Davlatni vujudga kelishining psixologik nazariyasi tarafdorlari jamiyat, davlat va huquqning asosini insonlarning ruhiyatidan izlaydilar. Psixologik nazariya asoschilari bo‘lib T.Tardu, F.Gidding, L.I.Petrajitskiy hisoblanadi. T.Tarduning fikricha, kishilik jamiyati taraqqiyoti, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, madaniy taraqqiyot birlam- chi omil hisoblangan kashfiyotlar va ajdodlar merosiga taqlid bilan belgi- lanadi. Insonlarning ijtimoiy, siyosiy va huquqiy hayotidagi har qanday kashfiyotlari mohiyatini ijtimoiy qarama-qarshiliklarni hal etish vositasi tashkil etadi. Psixologik nazariya tarafdorlari jamiyat va davlatni insonlarning ruhiy uyushmasi sifatida ham talqin etadilar. Unga ko‘ra, huquqning negizi bo‘lib individual ong hisoblanadi. Davlat hokimiyati biror-bir kishining irodasi emas, balki fuqarolarning davlatga bog‘liqligi to‘g‘risidagi ruhiy tasavvurlaridan kelib chiquvchi kuchdir. Davlat mustaqil majburlov hokimiyatiga ega bolgan ijtimoiy uyushma kabi, huquqni amalga oshirish vositasi sifatida vujudga keladi.



Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling