1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Parlamentar monarxiyada hokimiyat
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ kuchli prezident”
106. Parlamentar monarxiyada hokimiyat hukm dor bilan birga davlat hokimiyatining oliy organlari — parlam ent, hukumat va boshqa organlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘ladi. Parlament xalq tom onidan ko‘ppartiyaviylik asosida saylash yo‘li bilan shakllantiriladi. Hukum atni parlamentda ko‘pchilik o ‘rin egallagan partiya tuzadi, xuddi parlam entar respublikada bo‘lganidek, saylov natijalariga ko‘ra hukumat parlam ent oldida hisob beradi. Eng ko‘p deputatlik mandatiga ega b o ig an partiya rahbari hukumatga boshchilik qiladi. Parlamentar monarxiyada hokimiyatning taqsimlanishiga amal qilinadi. Hukm dor siyosiy hayotda ishtirok etadi, lekin uning hokimiyat funksiyalari juda kam bo‘lib, tantanavor marosimlar xususiyatiga ega (hukum atning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishini qabul qilish, xalqaro munosabatlarda davlat nomidan vakillik qilish, davlat nishonlarini taqdim etish va hokazo). Faqat ba’zi bir parlam entar monarxiya davlatlarida hukmdor qo‘lida davlatni boshqarishning real vositalari mavjud (masalan, Buyuk Britaniyada qirolicha parlamentni tarqatib yuboradi, u ayni vaqtda, sud hokimiyati va cherkov boshlig‘i hisoblanadi), lekin amalda hokimiyatni boshqarish vositalari qoilanilm aydi
107. Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud: 1) prezidentlik respublikasi; 2) parlamentar respublika. Prezidentlik boshqaruv shaklida “ kuchli prezident” qoidasiga asoslaniladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshligi hisoblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tom onidan saylanadi, shu bois u parlam entdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ va normativ bo‘lmagan hujjatlar qabul qilish ham da parlam ent qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega. Davlat boshligl keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni am alga oshirishda muhim nufuzga ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a ’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlam entni ham tarqatib yuborish huquqiga ega. Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo‘lsada, ayni vaqtning o ‘zida millatning yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo‘m ondon vazifasini ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Fransiya, 0 ‘zbekiston Respublikasi va boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tom onidan saylanadi. Saylovlar tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling