1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish) funksiyasi —


Download 170.58 Kb.
bet32/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

103. Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish) funksiyasi — davlatning ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarni aniq va to‘la bajarishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatidir. Jamiyat va davlat hayoti adolatli qonunlar negiziga qurilgan huquqiy davlatda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari har qanday noqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilinadi. Huquqbuzarliklarga qarshi kurash — davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyatining muhim tomoni, ammo bu boradagi faoliyatning asosiy yo‘nalishi emas. Davlat zimmasiga jamiyat hayotida erkinlik va adolat negizida yaratilgan huquqiy normalar talablariga to‘liq javob beradigan tartibni saqlab turish hamda ularni maxsus organlar (sud, ichki ishlar organlari, prokuratura va boshqa shu kabilar) yordamida ta’minlash yuk- latilgan. Mamlakatda barqaror huquqiy-tartibotni saqlash — butun davlat, uning jami organlari tizimining vazifasidir.

104.. Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organlari bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan organlar tomonidan saylab qo‘yish yo‘li bilan tuziladi va uning vakolati muayyan muddatga belgilanadi. “Respublika” (lot. respublika) — “jamoa ishi”, “xalq ishi”, davlat degan ma’noni anglatadi. Respublikaning asosiy belgilari — hokimiyat oliy organlarining saylab qo‘yilishi, hokimiyat vako- latlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ — sudlarning mavjudligi, fuqarolaming davlat ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etishi.
Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud: 1) prezidentlik respublikasi; 2) parlamentar respublika.


105.. Parlamentar respublikaning mohiyati shundan iboratki, parlament oliy davlat hokimiyat organlari orasida muhim mavqega ega bo‘lib, hukumatni tuzishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumat parlament oldida hisobdordir. Hukumatni parlament saylovlarida eng ko‘p o‘rin egallagan partiya tuzadi. Davlatning amaldagi rahbari hukumat boshlig‘i — bosh vazir bo‘lib, u qoidaga ko‘ra saylovlarda g‘olib chiqqan partiya yo‘lboshchisi hisoblanadi. Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Hukumat o‘z vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qo‘llab- quvvatlasagina bajarishi mumkin, bunday ishonchdan mahrum bo‘lgan taqdirda, u iste’foga chiqadi. Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, odatda, u katta mavqega ega bo‘lmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida “kuchli parlament” qoidasi amalda bo‘lib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega bo‘ladi. Germaniya, Avstriya, Italiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling