128. Davlat va huquq nazariyasining sohaviy huquqiy fanlar bilan nisbati. Yuridik fanlar — ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir. Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o ‘rin egallaydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonlarini, muayyan jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining har bir tarmog‘i o‘zining mustaqil predmetiga ega. Davlat va huquq nazariyasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda o ‘rganish bu fanning predmeti, ahamiyati va rolini yanada oydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning ham o‘rganish sohasi va umumiy obyekti — davlat va huquqdir. Har bir sohaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, ularning har biri o‘zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega.
129. Urug‘chilik tuzumining eng muhim xususiyati bo‘lib, kishilarning o‘zaro uyushganligi hisoblanadi. Qadimgi odamlarning turmushi va ongi jamoatchilik, aniqrog‘i, tabiiy jamoatchilikka asoslangan. Bunday turmush tarzida alohidalik, shaxs o‘zboshimchaligiga o ‘rin bo‘lmagan. Jamoa — inson ongi shakllanadigan va rivojlanadigan, dunyo to ^ risid a - gi qarashlar, tajriba va bilimlar asta-sekinlik bilan hosil bo‘ladigan va ijtimoiylashuvning an’anaviy shakllari orqali guruhning har bir a ’zosiga yetkaziladigan tabiiy soha hisoblangan1. Insonlar azaldan birgalikda, uyushib yashashga moyil boigan. Bu davrda tabiatda mavjud boigan mahsulotlarni terib-termachlab yiglsh va yowoyi hayvonlarni ovlash shakli amal qilgan. Urug‘chilik tuzumida mavjud ishlab chiqarish — terib-termachlab yiglsh, kichik va yirik hayvonlarni ovlash natijasida to‘plangan mehnat mahsuli butun jamoa ixtiyoriga topshirilgan hamda uning barcha a’zolari o‘rtaSida taqsimlangan. Taqsimot vaqtida mahsulotlarni yiglsh yoki ovda ishtirok etganlik inobatga olinmagan
130. Davlat muassasalari — davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega
bolmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni bajaruvchi
idoralar, masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu muassasalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jam iyat oldida turgan
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |