1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Moliyaviy nazorat funksiyasi


Download 170.58 Kb.
bet31/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

100. Moliyaviy nazorat funksiyasi ishlab chiqaruvchilarning daromadlari davlat tomonidan aniqlanishi va hisobga olinishida o‘z ifodasini topadi. Qonunga binoan bunday daromadlarning muayyan qismi ijtimoiy va boshqa umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun davlat budjetiga soliqlar tarzida yo‘naltiriladi. Davlat soliqlaming to‘gbri sarf qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy dara- jadagi moliyaviy nazorat 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi vakolatiga kiradi. Joylarda ushbu vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati organlari bajaradilar. Moliya vazirligi bunday nazoratni amalga oshirishda zarur huquqlarga ega.

101. Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi. “Monarxiya” yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib (“monos” — bir, “arhe” — hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi. Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: — monarx davlatni shaxsiylashtiradi; — monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshligN hisoblanadi; — monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi; — monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; — hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud; — monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan organlarga emas, balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo‘ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi.
Monarxiyaning uch turi mavjud: mutlaq monarxiyay cheklangan monarxiya va noan’anaviy monarxiya. Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonun- lar asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.


102. Sistemali-strukturali o'rganish metodi — davlat va huquq nazariyasi, uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema) tarzida o‘rganish usuli. Bunda davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o‘rganish, ularning tuzilishini (strukturasini), davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy elementlarini o‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan obyekt haqida toia va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling