1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv


Download 170.58 Kb.
bet95/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

293. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. H uquqni tushunishga tarixiy
yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida m antiqan shakllandi.
U ning asosiy nam oyandalari Gustav G ugo (1764— 1844), K.Savini
(1779— 1861), G .Puxta (1798— 1846) va boshqa olimlardir.
M azkur yondashuv tarafdorlari tabiiy huquqiy ta ’limoti ham da
qonunchilik hokimiyati organlarining huquq yaratuvchi faoliyati natijasida sun’iy ravishda yaratiladigan pozitiv huquq g‘oyasini tanqid qiladilar.
U larning fikricha, huquq o ‘z -o ‘zidan vujudga keladi, shu nuqtayi
nazardan u tilning kelib chiqishiga o ‘xshaydi. Til shartnom a, biror shaxs
yoki davlat organining ko‘rsatmasi bilan o ‘rnatilmagani, xudo tom onidan
ato etilmagani kabi, huquq ham faqat qonun ijodkorlik faoliyati bilan
emas, balki xalqning turm ush sharoitlari asosida tegishli normalarning
tasodifiy shakllanishi bilan ham vujudga keladi.
H uquqiy normalarning va institutlarning shakllanishi va taraqqiyoti
obyektiv rivojlanish natijasidir. Ushbu rivojlanish o ‘z-o ‘zidan, davr talabi
va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun insonlar bu jarayonga aralashmasliklari lozim. H uquqqa tarixiy yondashuvning m ashhur
vakili K.Savinining fikricha, milliy ruhning harakati bilan huquq ham
tasodifiy rivojlanadi. Taraqqiyotning birinchi bosqichida huquq odatlar
shaklida nam oyon b o ia d i, ikkinchisida huquqshunos olimlar tom onidan
ishlov beriladi, bunda u o ‘zining ildizi — xalqning um um iy e ’tiqodi bilan
aloqasini yo‘qotmaydi. Xalq ruhi bilan sug‘orilmagan huquq, jam iyatda
yashab keta olmaydi.
M azkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:
— huquq — tarixiy hodisa b o ‘lib, til kabi faqat biror kishining kelishuvi yoki kimningdir ko‘rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiy sharoitdan
kelib chiqadi va rivojlanadi.
— huquq — dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltirib
chiqaruvchi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Q onunlar “ milliy ruh” , “xalq ongi” zamirida huquqdan kelib chiquvchi qoidalar majmuidir.
— bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib, yirik yer
egaligi hukm ron b o ‘lgan vaqtda insonning tabiiy huquqlarini tan olishi
m um kin b o ‘lmagan.
H uquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o ‘ziga xos kamchiliklari yo‘q emas:
— bu nazariya yirik yer egaligi tuzum i inqirozga uchragan bir paytda
tabiiy huquq nazariyasiga qaram a-qarshi nazariya sifatida eski tuzum ni
saqlab qolish niyatida vujudga kelgan;
— huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun q o ‘yishga
harakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jarayonida huquqiy urf-odatlar
ijtimoiy m unosabatlam i tartibga solishda davlat organlarining huquqiy
hujjatlarisiz ojizlik qilib qoladi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling