1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi
Download 170.58 Kb.
|
Давлат ва хукук назарияси M.S.M
123. Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat va
tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa davlat va huquqni jamiyatning tarkibiy qismi sifatida o ‘rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi. Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan, davlat-huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o ‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi. Falsafa borliqning ongga, insonning uni o ‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimida- gi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalari ni ifodalash usullari bilan boyitadi. Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlami o‘rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkonini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fani to‘plagan bilimlar, m a’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlami ochishi va umumiy kategoriyalami ishlab chiqishi uchun amaliy m a’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o ‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida falsafaning “ munosabat” , “erkinlik” , “jarayon”, “funksiya”, “butun va qism”, “sistema”, “evolyutsiya”, “taraqqiyot”, “aloqadorlik”, “ mohiyat”, “shakl” kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi1. Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi. Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida “huquq falsafasi” degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir2. Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o ‘zaro uzviy hamkorlik qiladi. Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy m a’lumotlar manbayi vazifasini bajaradi. Download 170.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling