124. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi. Iqtisodiy fanlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, tadbirkorlik, mehnat, moliya, kredit kabi masalalami o ‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi esa davlat va huquqni o ‘zining asosiy predmeti deb hisoblaydi va ularning iqtisodiy funksiyalarini tahlil etadi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasining o‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekanligi va ta'sirini aniqlashga imkon beradi. Moddiy-iqtisodiy hayot va iqtisodiyot fani davlat va huquq nazariyasi o ‘z predmetini o'rganishda samarali m a’lumotlar va zaruriy bilimlar beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasining davlatning iqtisodiy funksiyasi, huquqning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari iqtisodiyot fanini boyitishga ko‘maklashadi.
125. Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham o ‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Zero, sotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a ’zolarining, xususan, turli jamoalar, aholi barcha qatlamlarining davlat, huquq, demokratiya va qonunga nisbatan qanday munosabatda bolishini, ularning davlat va huquq to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini mavjud hayotni tahlil etish asosida o ‘rganadi. Shunga ko‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi fani uchun dastlabki amaliy (empirik) ma’lumotlarni tolplab berish vazifasini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, o ‘z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma’lumot larni umumlashtirib, ulardan o ‘ziga tegishli nazariy xulosalar chiqarishda foydalanadi. M a’lumki, davlat va huquq ijtimoiy muhitda mavjud, ularning mohiyati sotsiologik sharoitda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu bois davlat va huquqqa sotsiologik yondashuvga qiziqish ortmoqda. Qolaversa, sotsiologiya bilan davlat va huquq nazariyasining hamkorligida huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi nomli alohida fan tarmoqlari shakllanib ajralib chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |