1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi


Download 170.58 Kb.
bet39/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

126. Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi. Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, siyosiy partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o ‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishi orqali o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog‘liqligi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o ‘rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jamiyatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni siyosat nazariyasi va amaliyotini o ‘rganadi. 0 ‘z navbatida, siyosatshunoslik fani ham davlat va huquq nazariyasi to‘playdigan bilimlardan foydalanadi. Masalan, fanimizning “davlat” , “davlat mexanizmi”, “siyosiy hokimiyat” , “siyosiy va davlat rejimlari” , “siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish” tushunchalariga bergan ta’riflaridan siyosatshunoslik fani ham keng bahramand bo‘ladi.
127. Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqador. Tarix jamiyatshunoslikka oid ijtimoiy fan hisoblanadi. U insoniyat madaniy va m a’naviy taraqqiyotining har xil tiplari va davrlarini, jamiyatning rivojlanish yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning o‘tmishdan kelajak tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqiq etadi. Muayyan xalqlar, davlatlarning turli davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini, shuningdek huquqiy merosi va yodgorliklarini ham o‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt chegaralari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni ochmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa alohidalik kasb etadi; ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ham boshqa ijtimoiy fanlar singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqeahodisalar va jarayonlarni har tomonlama o‘rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan, to‘plagan bilimlaridan foydalanadi. 0 ‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq m a’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantiradi; uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali davlat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy tadqiqot mavzusidan munosib o ‘rin egallaydi.


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling