1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik


Milliy dinlar: zaroastrizim, induizm


Download 41.97 Kb.
bet4/12
Sana06.11.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1751926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya

2.Milliy dinlar: zaroastrizim, induizm, jaynizm, sikxizm, parsizm, konfutsiychilik, daosizm, sindo, iudaizm.
2. Milliy dinlar o’zlari uchun:
1. Ahloqiy kamolot tarbiyasini amalga oshiradi;
2. Milliy xarakterni, milliy ruhiyatni shakllantiradi;
3. Milliy ongni o’stiradi, milliy qadriyatni rivojlan-tiradi;
4. Milliy boyliklarning ko’payishi uchun undan tejab foydalanishni, adolat bilan taqsimlashni bilvosita yaxshilaydi;
5. Milliy hamjihatlikni, milliy o’zlikni tushunishni, milliy g’ururni shakllantiradi;
6. Milliy ozodlik kurashlarini g’oyaviy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi;
7. Milliy madaniyatni rivojlantiradi deb ishonganlar.
Milliy dinlar ibtidoiy tuzumdagi totemizm, animizm, fetishizm, shomonizm, sehrgarlik, avlodlar ruhiga sig’inish dinlariga hamda politeizmning qorishmasi asosida vujudga kelganligi uchun ayrim milliy dinlarda ko’p xudolarga, ayrim milliy dinlarda esa yakka xudoga sig’inish shakllangan.
Yaxudiylik (iduaizm) dinining asoschisi Allohning payg’ambari xazrat Muso alayhissalomdir (miloddan avvalgi 1666-1546 yillar.).
Iuda “shukur” degan ma’noni beradi. Yahudiylik (iduaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan degan qarash bor. Yaxudiylikning ta’lim berishicha, Xudo Yah va Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma “ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini “Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan, bu erlar bizga “va’da qilingan erdir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi.
Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida ( tahminan m avv. 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tafsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.
Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248 buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling