1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik
Download 41.97 Kb.
|
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya
Dinshunoslik - dinlar tarixi, ular bilan bog'liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri “tarix otasi” nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish o‘rta asr Yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni boshqa dinlarga kirib ketmasliklarini ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar. Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o‘z ichiga olgan “maqola”lar (keyinchalik “maqolot”), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga “raddiya”lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa “al-Firaq” (Firqalar), “ar-Radd” (Raddiya), “ad-Diyonot” (Dinlar) va “al-Milal” (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud. Har qanday dinning gnoseologik, ya’ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini, ularning ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jamiyatda ro’y beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlarning aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan. Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir. Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi. Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklarni, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan. O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiy-otashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan. Download 41.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling