1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik
Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari
Download 41.97 Kb.
|
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buddaviylik (buddizm)
- 80 yoshida
3.Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari.
Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi. Buddaviylikka hozirgi davrda 500 mln (ba’zi manbalarda 1mln 400 mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e’tiqod qiladi. Hozirgi vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri-Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya buddizmga "ustuvor maqom" beradi Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Xususan, oxirat to’g’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o’lmasligi, hayvonlarni azoblash gunohligi, qon to’kmaslik kabi ta’limotlar buddaviylikdan keyingi dinlarga o’tgan. Buddaviylik (buddizm) miloddan avvalgi VI-V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga keldi. Buddaviylikning asoschisi Siddhartha (sanskritcha “ezguliklar keltiruvchi”) Gautama Shakyamuni (mil. avv. 567-488-yy.) tarixiy shaxs bo‘lib, Hindiston va Nepalchegarasidagi Kapilavasta viloyatining Shakya qabilasi hukmdori oilasida tug‘ilgan. Manbalarda uning ot minish, ov qilish, yugurish, kurash, she’r o‘qish, husnixat va boshqa sohalarda mahoratli bo‘lgani qayd etiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, kunlarning birida shahzoda Siddhartha o‘z saroyidan tashqariga chiqib, azob-uqubat, kasallik, qarilik va o‘lim haqidagi haqiqatlarni kuzatgan. Shundan so‘ng u umrini insonlar boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o‘rganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun bag‘ishlashga qaror qilib, oilasini tark etadi. Olti yil davomida u Ganga daryosi qirg‘oqlarida rohiblar orasida zohidona hayot kechiradi. Siddhartha bu yo‘l uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormasligiga amin bo‘lgach, rohiblar jamoasidan ajraladi. Budda umrining so‘nggi kunlarigacha Hindistonning turli joylarida bo‘lib, o‘z ta’limotini kishilarga yetkazishga harakat qildi va 80 yoshida dunyodan o‘tdi. Buddaning jasadi kuydirilib, xoki sakkiz buddaviy jamoaga yuborildi. Hind podsholari Magadxi Bimbisare va Ajatashatruning buddaviylikni qabul qilishi, keyinchalik imperator Ashoka va Kanishkaning qo‘llab-quvvatlashi natijasida buddaviylik davlat dini darajasiga ko‘tarildi. Buddaviy rohiblar jamoasi – “sangha” shakllandi. Download 41.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling