1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik


Download 41.97 Kb.
bet10/12
Sana06.11.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1751926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya

Xristianlikning vujudga kelishi. Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha Χριστός - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylarning nasroniylik Iso Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga ishonishadi. Masihiylar uning tarixiyligidan shubhalanmaydilar. Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e’tiqod qiladi BMT ma’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o’sishi 1,4 % ni tashkil etmoqda.
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismi – Falastin yerlarida vujudga keldi. Xristianlikning muqaddas kitobi “Bibliya”ga (Yangi Ahd) ko‘ra, Iso Masih milodning I asrida Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi.
Bu davrda Falastin ham Rim imperiyasining mustamlakasi bo‘lgan. Ayni paytda, imperiya og‘ir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirayotgan edi. Buning asosiy sababi – nihoyatda kam unumli quldorlik ishlab chiqarish usuli imperiyada iqtisodiy taraqqiyotni deyarli to‘xtatib qo‘yganligi edi.
Imperiya hukmron tabaqalari inqirozning oldini olish uchun yanada ko‘proq serdaromad o‘lkalarni bosib olish siyosatini yuritdilar. Qullarni va mustamlaka qilingan mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilishni kuchaytirdilar. Oqibatda, ular ozod bo‘lish uchun ilohiy xaloskordan madad kuta boshladilar. Ana shuday vaqtda milliy va tabaqaviy chegarani tan olmaydigan, mazlumlarga taskin bera oladigan yangi din – xristianlik vujudga keldi.
Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqdi va xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Iso Masih 33 yoshida fitnachilikda ayblanib, qatl etishga hukm qilindi.
Vaqtlar o‘tishi bilan hukmron tabaqalar ham xristianlik dinini qabul qildilar va nihoyat milodiy 324-yilda xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilindi. Chunki imperatorga imperiyani bo‘lib yuboradigan emas, aksincha, ularni bir-biriga yaqinlashtiradigan din zarur edi.
Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800 millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm) va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 million) .) yo’nalish va tarafdorlarga ega. 1054 yilda xristian cherkovi katolik va pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi

Download 41.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling