1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik
Download 41.97 Kb.
|
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Osmon o‘g‘illari”
- Konfutsiylikning muhim jihatlaridan biri
- Bu dinning asosiy maqsadi
- “Dao” (xitoycha – “yo‘l”, “Xudo”)
- “Dao”
Konfutsiylik (konfutsianizm) qadimgi Xitoyning diniy-falsafiy ta’limotlaridan biri. Unga mil.avv VI asrda faylasuf va pedagog Konfutsiy (Kun Szi, miloddan avvalgi 551-479-yy) asos solgan. Uning qarashlari “Konfutsiylik” asarida o‘z ifodasini topgan.
Konfutsiylik ta’limoti insonlar orasidagi aloqa va munosabatlar, shuningdek, hayot, o‘lim, sharaf va boshqa barcha narsalar Xudo – Osmon tomonidan yuboriladi. Podshohlarga “Osmon o‘g‘illari” sifatida qaralgan. Osmon va yer xudosi sharafiga atab ibodatlar uyushtirish buyurilgan. Agar podshoh adolatdan uzoqlashib zulm qila boshlasa, u lavozimidan chetlatiladi va boshqaruvni Osmon o‘z qo‘liga oladi, degan qarash targ‘ib qilingan. Bundan tashqari, konfutsiylikda farishtalar ham muqaddas hisoblanib, ko‘zga ko‘rinmas borliqlar: jin va parilar, shuningdek, bulut, suv, tog‘ kabi olamlar ham mavjud deb ishonilgan va ajdodlar ruhiga sig‘inilgan. Konfutsiylikning muhim jihatlaridan biri – unda ruhoniylar qatlami va imon-e’tiqod asoslarining yo‘qligidir. Unda faqat Xudo tushunchasi va muqaddas matnlar mavjud. Xudo, nochor va tushkun ahvoldagi kishilarni himoya qilish uchun hukmdor va targ‘ibotchilar yuborib turadi. Konfutsiyning vafotidan keyin uning ta’limoti din sifatida shakllandi. Bu dinning asosiy maqsadi – xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash edi. Uning qabri muqaddas ziyoratgoh va ibodatxonaga aylanadi. Miloddan avvalgi 195-yilda birinchi Xan podshohi Lyu Banning shaxsan o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab “tay-lyao” qurbonlik marosimini o‘tkazdi. Shundan so‘ng, uning nomi ham, ta’limoti ham butun Xitoyda ilohiylashtirilib, unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi. Konfutsiylikning Xitoy milliy diniga aylanishi uzoq vaqt davom etgan tarixiy jarayondir. Xitoy milliy dinlaridan biri bo‘lgan daochilik (daosizm) taxminan mil. avv. IV – III asrlarda paydo bo‘lgan. Unga qadimgi Xitoy faylasufi Lao Szi asos solgan. Uning asl ismi Li Tan bo‘lib, Lao Szi (Lao – keksa, Szi – donishmand) unga berilgan laqabdir. Rivoyatlarga ko‘ra, u onasi qornida sakson yil yashab, keksa holatida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni shunday nom bilan atashgan. Daochilikning asosini “Dao”_(xitoycha_–_“yo‘l”,_“Xudo”)'>“Dao” (xitoycha – “yo‘l”, “Xudo”) tushunchasi tashkil etadi. Daochilik nomi ham aynan shu so‘z asosida kelib chiqqan. Daochilikning muqaddas manbasi sifatida “Dao deszin” e’tirof etiladi. Bu o‘rinda “Dao” – yaratuvchi asos, yo‘l, “de” – yaxshi fazilat, “szin” esa, kitob ma’nolarini anglatadi. Mazkur din ta’limotiga ko‘ra, “Dao” dunyoni boshqaruvchi va olamlar yaratuvchisidir. Uni hech kim yaratmagan, aksincha barcha narsalar undan kelib chiqqan va unga qaytadi. U azaliy va abadiy, o‘z-o‘zidan mavjud. U har bir narsada namoyon bo‘la oladi va hech kim uni ko‘ra olmaydi. Lao Szi insonning yaxsh xulqli, marhamatli, sodiq, to‘g‘ri so‘z va vazmin bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Inson “Dao” ga o‘xshashga harakat qilsin, deydi. Daochilikda ibodat (xitoycha – “gunke”), dastavval, kuniga uch marta amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ular ikkita – tonggi va tungi ibodatlardan iborat. Daochilikda bayramlar juda ko‘p bo‘lib, hattoki, o‘tib ketgan ulug‘ insonlarning tug‘ilgan kunlari ham bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Bayramlar Xitoy milliy taqvimiga ko‘ra nishonlanadi. Download 41.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling