1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik
Download 41.97 Kb.
|
11 семинар Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xristianlik aqidalari.
Protestantlik
Protestantlik XVI asrda katoliklik yo‘nalishida ro‘y bergan bo‘linish natijasida paydo bo‘ldi. Protestantlikning vujudga kelishi Yevropada katoliklikka qarshi qaratilgan islohotchilik (reformatsiya) harakatining natijasi bo‘ldi. Protestantlik ko‘plab mustaqil cherkovlarni o‘z ichiga oladi. Protestantlik AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Kanada, Shvetsariya, Skandinaviya, Latviya va Estoniya mamlakatlarida keng tarqalgan. Katoliklik cherkovi tomonidan XV-XVI asrlarda indulgensiya savdolarining avj oldirilishi oqibatida cherkovning xalq orasida obro‘si tushib bordi. 1517-yil 31-oktyabrda Vittenberglik ruhoniy Martin Lyuter shahar sobori darvozasiga indulgensiyalar savdosini tanqid qilgan 95 moddadan iborat tezislarini osib qo‘yadi. Lyuter xristianlik aqidalari hammaga to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun “Bibliya”ning milliy tillarga tarjima etilishini, cherkovdagi diniy xizmatlar ona tilida olib borilishini yoqlagan. Ba’zi knyazlar va shahar vakillari lyuteranlikni qo‘llab, “Protestatsiya”ga imzo chekdilar. Protestantlik degan nom mana shundan kelib chiqqan. Xristianlik aqidalari. 1-aqida: Xristianlikning iymon kalimasiga ko’ra dindorlar - ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo’lib gavdalanadigan yagona xudoga e’tiqod qiladilar. Demak, xristianlik monoteistik din ekanligi shu aqidadan ma’lumdir. Ota xudo ko’rinib turgan olam (farish-ta)larni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso uning injildagi «tarjimai holi» bilan birlikda O’g’il xudo hisoblanadi. Muqaddas ruh-pravoslavieda ota xudodan, katoliklar esa ham ota-xudodan, ham O’g’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. 2-aqida: Xristianlik uchun eng muhim aqidaviy g’oya xudoning gavdalanish aqidasi bo’lib, unga binoan Iso xudoligicha qolgan holda, go’yo Mariya ismli qizdan (Bibi Maryam onadan) tug’ilgan payg’ambar deb e’lon etiladi. Bu aqida Isoga mansub deb hisoblanadigan barcha injil pand-nasihatlarga «ilohiy haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi. 3-aqida: Gunohni yuvish aqidasiga katta o’rin berilgan, bunga asosan Iso butga mixlanib tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunohlari kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u go’yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo’lish» yo’lini ochib bergan. 4-aqida: Isoning qayta tirilishi aqidasi xristian diniy ta’limotida markaziy o’rin egallaydi. Bu tirilish kelgusida odamlarning hammasi tirilishining (islom dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb ta’kidlangan. 5-aqida: Osmonga chiqib tushish (Islomda me’roj) aqidasi xristianlarni Iso tirilgandan so’ng osmonga, 0ta xudo huzuriga chiqqanligiga ishonish. Mazkur aqida orqali erdagi hayot odamni oxiratda kutadigan mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi. 6-aqida: Xristianlikning «xudo oldida hamma odam tengdir», degan bu aqidasi ijtimoiy tengsizlikni bekor qila olmagan tasavvurdagina barchagi tenglik huquqini bergan edi. Bu tenglik oxiratda amalga oshishini kutishga dindorlar da’vat etilgan. Download 41.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling