1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
Metaprolol (talinolol, kordanum), novaten (atenolol) asosan
yurakda joylashgan p, adrenoretseptorlami kardioselektiv tanlab falajlaydi, gipertoniya, stenokardiya, aritmiyalami davolashda qo'llanadi. 66.Симпатолитиклар. Таъсир механизми. Қўллашга кўрсатма. Ножўя таъсири. Simpatolitiklar adrenergik nervlaming presinaptik tolalarida katexolaminlar almashinuviga, hosil bo'lishiga, to'planishiga hamda ajralishiga ta’sir ko'rsatadi, bevosita adrenoretseptorlarga deyarli ta’sir ko'rsatmaydi. Bularning ta’sirida bevosita adrenomimetiklami (adrenalin, nQredrenaliu) ta’siri iramaymaMfan, hatto oshib boradi, bilvosita adrenomimetiklar(efedrin,fmamtin)ta’siri kamayadi. Simpatolitiklaming presinaptik ta’sir mexanizmiari turlicha bo'ladi, ba’zilari noradrenalinning hosil bo'lishiga, ba’zilari uning to'planishiga to'sqinlik qiladi. Rezerpin Hindistonda o'sadigan rauvolfiya o'simligidan olingan alkaloid, kimyoviy tuzilishi indol unumlaridan, rezerpin katexolaminlaming vezikulalarda bog'lanishini izdan chiqaradi, shu tufayli ular sitoplazmaga chiqadi, MAO fermenti ulami parchalaydi, katexolaminlaming vezikulalarda to'planishiga ham to'sqinlik qiladi. Rezerpin katexolaminlardan noradrenalin, boshqa aminlardan serotonin, gistamin hamda atsetilxolinning to'planishiga to'sqinlik qiladi. Rezerpin tufayli qon tomirlarda, yuiakda, buyrak usti bezining miya qismida va boshqa a’zolarda noradrenalm miqdori kamayadi. Natijada chetda joylashgan tomirlar, ayniqsa, arteriolalar qarshiligi, qon bosimi pasayadi. Qon bosimining pasayishi bOan bradikardiya ro‘y beradi, chunki atsetilxolinning ajralishi ko‘payadi, vagusning yurakka bo'lgan ta’siri oshib boradi. Umuman rezerpin simpatik innervatsiyani falajlashi tufayli xolinergik innervatsiya kuchayadi. Rezerpin gematoentsefalik to'siqdan oson o'tib, markaziy nerv sistemasida noradrenalin, serotonin mediatorial! hajmini kamaytiradi, tinchlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Yengil psixozlarga qarshi neyroleptik ta’siri bor, uyqu keltiradi, uxlatuvchi va naikoz uchun qo'llanadigan moddalarning ta’sirini oshiradi, haroratni bir oz tushiradi, shuning uchun rezerpin boshqa moddalar ta’siri bo'lmaganda, ko'pincha qariyalarda uchraydigan psixozlarda neyroleptik sifatida qo'llaniladi. Rezerpin gipotenziv modda, simpatolitik hamda markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta’siri bor. Gipertoniya kasalliklarini davolashda buyuriladi, og'iz va parenteral yo'llar orqali qo'llaniladi, qon bosimi asta-sekin pasayadi, bir necha marta qo'llangandan keyin uning ta’siri sezilarli bo'ladi. Rezerpin pediatriyada ham antigipertenziv modda sifatida qo'llanadi, bolalar rezerpinga juda sezuvchan bo'ladi, chunki ularda katexolaminlarning to'planish mexanizmlari hali yaxshi rivojlanmagan, ayniqsa, rezerpinga yangi tug'ilgan chaqaloqlar organizmi sezgir bo'ladi. Agar rezerpin homiladorlikning oxirgi kunlarida qon bosimi ko ‘tarilgan ayolni davolash uchun qo'llanilgan bo'lsa, chaqaloq og'ir depressiyjt holatida tug'ilishi mumkin. Emizikli onadan rezerpin sut bilan chaqaloqqa o'tadi, natijada, bolaning burun shilliq qavati shishib, nafas ohshga qiynaladi. Homiladorlikning oxirgi oylarida, emizikli ayollarda, bola hayotining birinchi yilida rezerpinni qo'llash ancha xavflidir. Rezerpinning salbiy ta’sirlari moddaning xolinergik hamda, markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishiga bog'liqdir: bunda oshqozon sekretsiyasi, me’da-ichak peristaltikasi oshadi, bradikardiya, uyquchanlik yuz beradi. Rezerpin yuqori miqdorda va davomli qo'llanilsa, depressiya, ekstrapiramid o'zgarishlar — parkinsonizm holatlari ro'y beradi. Yurak, qon tomirlar, buyrak yetishmovchiligida, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasida rezerpinni qo'llash man etiladi. 67.Ингаляцион наркоз учун ишлатиладиган дори моддаларнинг фармакокинетикаси ва фармакодинамикаси. Ingalyatsion narkoz uchun qo'llanadigan moddalar fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlariga ko'ra 2 guruhga bo'linadi: 1) uchuvchan suyuqliklar — efir, ftorotan; 2) gazli moddalar — azot(I)-oksid, siklopropan. Narkoz paydo qiluvchi moddalar alohida narkoz apparadari bilan qo'llanadi, chunki nafas olinayotgan havoda moddalarning kerakli konsentratsiyasini aniqlab turish lozim. Ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar nafas yo'llari, traxeya orqali yuborilganda ular o'pkaga, o'pkadan diffiiziya yo'li bilan qonga o'tadi. Moddaning qonga o'tishi — adsorbsiyasi uning kiritilayotgan havodagi konsentratsiyasiga, nafas olishning chuqur va tezligiga, alveolalar yuzasi va o'tkazuvchanligiga bog'liq bo'ladi. Narkotik moddalarning ko'p qismi organizmda bir tekis taqsimlanadi, o'zgarishga uchramasdan o'pka orqali chiqib ketadi, ulaming organizmdan chiqishi — eliminatsiyasi ham adsorbsiya uchun keltirilgan omillarga bog'liqdir. Efir — ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar ichida ko‘p qo'llaniladigan modda hisoblanadi, shuning uchun bu moddaning xususiyatlari batafsilroq ko‘rib chiqiladi, boshqa ingalyatsion moddalar ta’siri efir bilan solishtiriladi. Efirdan yuzaga keladigan narkoz 4 davrdan — anal’geziya, qo'zg'alish, narkoz holati va narkozAan uyg'onish Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling