1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 guruhga fenotiazin
Fentanil ham sintetik analgetik, juda kuchli va tez o'tib ketadigan
og'riq qoldirish xususiyatiga ega. Fentanil o'tkir og'riqlami yo'qotish uchun - miokard infarkti, stenokardiya, buyrak, jigaming o'tkir sanchiqlarida mushak orasiga va venaga yuboriladi. Venaga yuborilganda ta’siri 1-3 daqiqadan, mushaklarga yuborilganda 3-10 daqiqadan keyin boshlanib, 20-30 daqiqa davom etadi. Fentanil neyroleptiklar bilan, masalan, droperidol bilan birga neyroleptanalgeziya uchun, hatto ikkala modda qo‘shilgan talamonal preparati qo'llanadi. Fentanil keltirgan neyroleptanalgeziya oson boshqariladi. Fentanil venaga tez yuborilganda nafasni susaytiradi, hatto nafas qisqa muddatga to'xtab qolishi ham mumkin. Shuning uchun uni bolalar amaliyotida kam qo'llash tavsiya etiladi, tug'ish jarayonida, kesish kesar usuli jarrohligida neyroleptanalgeziya uchun fentanilni qo'llash man etiladi. 84.Нейролептикларнинг асосий хусусиятлари. Neyroleptiklar psixozga qarshi, markaziy nerv sistemani tinchlantiruvchi (sedativ) hamda vegetativ xususiyatlarga ega. Psixozga qarshi ta’sirda moddalarning gallyutsinatsiyalar (yo'q narsalarning ko'zga ko'rinishi, eshitilishi), alaxlash, qo'rquv, tajovuzkorona harakatlami kamaytirishi tushuniladi. Neyroleptdklaming psixozga qarshi ta’sir mexanizmi limbik sistemada joylashgan dofaminoretseptorlami, asosan D,-retseptorlarni falajlashi bilan bog'liq. Ruhiy o'zgarishlar neyroleptiklaming tinchlantiruvchi - sedativ ta’siri tufayli ham kamayadi. Ulaniing sedativ ta’sir mexanizmi retikulyar formatsiyada joylashgan noradrenergik retseptorlarni bog'lab, nerv impulslarining chetda (periferiyada) joylashgan o'ziga xos afferent yo'llaridan retikulyar formatsiyaning neyronlariga o'tishiga to'sqinlik qilishi bilan bog'liq. Neyroleptiklar dofamin, noradrenalinga sezuvchan retseptorlarni bog'lashdan tashqari, ushbu mediatorlarning ajralishiga hamda qayta so'rilishiga to'sqinlik qiladi. Neyroleptiklar asabni tinchlantiruvchi moddalami, narkotik analgetiklar, umumiy hamda mahalliy anestetiklar, etanolning ta’sirini oshiradi, ya’oi potensirlovchi ta’sirga ega. Sedativ ta’sir bo'yicha neyroleptiklar narkoz yuzaga keltiruvchi hamda uxlatuvchi moddalardan farq qiladi. Neyroleptiklar qo'llanganda tashqi qo'zg'atishlarga adekvat jarayon saqlanib qoladi, ularning yuqori miqdori ham naikoz holatini yuzaga keltiimaydi. Neyroleptiklar trigger sohada joylashgan dofamin retseptorlarini bog'lab, qayt qilishga qarshi ta’sir ko'rsatadi, bular markaziy ta’sir etuvchi qusishga qarshi moddalar deb ataladi. Neyroleptiklar gipotalamusda joylashgan adreno hamda serotoninoretseptorlami bog'lab, chetda joylashgan qon tomirlarini kengaytiradi, issiqlik ajralishini oshiradi, to'qimalarda oksidlanish fermentlari faolligini, issiqlik hosil bo'lishini kamaytiradi, haroratni pasaytiruvchi xususiyatga ega. 85.Нейролептикларнинг таснифи, кулланилиши. Kimyoviy tuzilishiga ko'ra neyroleptiklar 4 guruhga fenotiazin, Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling