1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча


Download 1.3 Mb.
bet13/21
Sana26.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1125047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
FARMAKALOGIYA 425TALIK

davrlaridan iborat. (15-jadval)
Birinehi — analgeziya davrida og‘riqni sezish yo'qoladi, boshqa
turdagi sezuvchanlik saqlanib qoladi. Bu davrda xotira yo'qoladi —
amneziya yuz beradi, bemor bilan gaplashish mumkin. Afferent
yo'llardagi neyronlararo sinaptik o'tkazuvchanlik hamda miya
po'stlog'idagi neyronlar faoliyati kamayadi. Bu davr 1-3 daqiqa davom
etadi. Kichik jarrohliklar— flegmona, absess, xasmolni ochish, tampon
va drenajlami olib tashlash hamda kuchli og'riq beradigan bog'lov
qo'yishlarda qo'l keladi.
Ikkinchi — qo'zg'alish davrida bemoming harakati oshib ketadi,
ko'p gapiradi, es-hushi butunlay yo'qoladi, reflektor faoliyati kuchayib
ketadi. Ko'z qorachiqlari kengayadi, nafas tezlashishi, taxikardiya yuz
beradi, qon bosimi goh ko'tarilib, goh pasayib turadi, skelet mushaklarini
tonusi oshadi. Qo'zg'alish bosqichi miya po'stlog'i faoliyatining
falajlanishi, markaziy nerv sistemasining boshqa bo'limlarini miya
po'stlog'i nazorat qilmay qolishi bilan bog'liq. Bu davrni miya
po'stlog'idan pastki bo'limlaming «qo'zg'oloni», «isyoni» deb atash
mumkin. Efir shilliq pardalami ta’sirlovchi xususiyatga ega bo'lgani
tufayli bu davrda yo'tal paydo bo'lishi, so'lak oqishi, efir so'lak bilan
oshqozonga tushsa, bemor qusishi mumkin. Shuningdek, bu davrda
yurak urishi sekinlashib, nafas hamda yurak to'xtab qolishi mumkin.
Qo'zg'alish davri 10-20 daqiqa davom etadi, bu davrda bolalarda ham,
kattalarda ham jarrohlikni boshlash mutlaqo mumkin emas.
Uchinchi — xirurgik narkoz davrida qonda narkotik moddaning
hajmi oshgan sari bosh miyaning boshqa bo'limlari (uzunchoq miyadan
tashqari) falajlanib boradi. Bu davrda es-hush, ayniqsa, og'riq sezish
butunlay yo'qoladi, reflektor faoliyat, mushaklar susayadi. Ko'z shox
pardasi refleksi, ko'z kosasining qimirlashi yo'qoladi, chuqur narkoz
holati yuzaga keladi va jarTohlikni boshlash mumkin bo'ladi.

68.Ингаляцион наркоз моддаларнинг таккосланиши. Уларнинг афзалликлари ва камчиликлари.


Ingalyatsion narkozning afzalligi va kamchiliklari. Afzalligi —
ingalyatsion narkoz paydo qiladigan moddalar alohida retseptorlar bilan
birikma hosil qilmaydi, shuning uchun uni boshqarish (kerak vaqtida
to'xtatib, keyin yana boshlash) mumkin. Bular yuqori narkotik faol
moddalar hisoblanadi, ingalyatsiya to'xtatilgandan keyin organizmdan
o'pka orqali o‘zgarmagan holda chiqib ketadi. Kamchiliklari —
moddalami qo'llash alohida apparaturani talab qiladi, ba’zi moddalar
(masalan, efir) davomli qo'zg'alish davrini yuzaga keltiradi, narkozdan
chiqish davri sekinroq va ayrim asoratlar bilan o‘tadi, ba’zi birlarining
alangalanuvchan (efir, siklopropan) xususiyati bor.

69.Ноингаляцион наркоз учун ишлатиладиган дори моддаларнинг афзалликлари ва камчиликлари.


Noingalyatsion narkotiklar parenteral yo'l bilan asosan venalarga,
kamroq mushaklar orasiga, to‘g‘ri ichakka yuboriladi. Moddalarning
afzalligi: yuborish qulay, alohida apparatura talab qilmaydi, narkoz
holati qo'zg'alish davri tez boshlanadi, narkozdan asoiatsiz tez chiqadi.
Noingalyatsion narkotiklaming kamchiliklari— moddalar organizmda
metabolizmga uchraydi, narkotik faolligi nisbatan kamroq,
noingalyatsion narkozni boshqarib bo'lmaydi.
Ingalyatsion narkoz paydo qiluvchi moddalar shilliq pardalami
ta’sirlashi natijasida jarrohlikdan keyin laringit, faringitlar va
bronxlarda yallig'lanish paydo bo'ladi. Narkoz vaqtida efir nafasni
reflektor yo'l bilan to'xtatishi mumkin, qonda uglekislota to'planishi
bilan nafas markazi ishga tushib ketadi.
Tiopental venalarga yuborilganda miqdori oshib ketsa,
to'g'ridan-to'g'ri nafas markazini falajlab qo'yadi. Tiopentalning,
umuman barbituratlaming narkotik ta’sir doirasi keng bo'lmagani
uchun chuqur narkoz paydo qiluvchi hamda nafasni falajlovchi
miqdorlari bir-biriga yaqin turadi, tiopental tez yuborilsa ham nafas
to'xtab qolishi mumkin. Boshqa noingalyatsion narkotiklar ham
miqdori oshganda nafasga falajlovchi ta’sir ko'rsatishi mumkin. Nafas
to'xtaganda narkotik modda yuborish tezda to'xtatiladi, intubatsiya
qilinadi hamda sun’iy nafasga o'tkaziladi.

70.Этил спирти ва унинг тиббиётда ишлатилиши.


Etil spirti uzum va boshqa mevalar sharbatlarini achitish hamda
sintez yo‘li bilan olinadi. Etil spirti ma’lum konsentratsiyalarda alkogolli
ichimliklar (aroq, konyak, vino, shampan vinosi, pivo) tarkibida mavjud. Hozirgi kundatarkibida etil spirti bo'ladigan ichim liklar tibbiyotda dori modda sifatida qo'llanmaydi, chunki ularga organizm o'rganib qolib, foydasidan zarariko‘p bo’lgan. Etil spirtining mikroorganizmlarga qarshi xususiyatiborligi tufayli uni tibbiyotda antiseptik sifatida terming jarrohfiko'tkaziladigan joyini, xirurgik asboblami zararsizlantirish uchun
qo'llanadi. Etil spirti yuqori nafas yo'llari shamollaganda kompress
qilish hamda surkash uchun, nevritlarda nervlar negiziga yuborish —
alkogolizatsiya uchun qo'llaniladi. Etil spiitidan faimatsevtika sanoadda
nastoykalar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Spirtli ichimlik iste’mol qilganda ular oshqozondan so'rila
boshlaydi, 5 daqiqadan keyin qonda aniqlanadi. Alkogolning 20-40%
i och qoringa ichilsa, oshqozonda, qolgan 60-80% i ingichka ichakda
qonga so'riladi. Yog'lar, uglevodlar alkogolning qonga so'rilishini
sekinlashtiradi. Alkogolning 90% i jigarda metabolizmga uchraydi,
uglekislota va suv darajasigacha oksidlanadi, oksidlanish jarayonida
energiya ajraladi. 1 gramm alkogol 7,1 kkal beradi, bu quwatni
organizm o'zlashtiradi. Alkogol ta’sirida jigar fermentlari induksiyaga
uchraydi, uning metabolizmi tezlashadi.
Iste’mol qilingan spirtning 10% i organizmdan o'zgarmagan holda
o'pka, buyrak va teri bezlari orqali chiqib ketadi.
Qonga so'rilgan alkogol asosan maikaziy nerv sistemasigata’sir
ko'rsatadi, ta’siri quyidagi davrlardan iborat bo'ladi: qo‘zg‘alish davri,
narkoz davri va o'lim talvasasi. Birinchi qo*zg‘alish davri markaziy
nerv sistemasini tormozlovchi mexanizmlar fslajlanishi tufayli yuzaga
chiqadi, bunda sezuvchanlik, aql, idrok, zakovat, ma’naviyat, diqqate’tibor, o'ziga nisbatan tanqidiy qarash xususiyatlari kamayadi.
Tormozlanish jarayonlari pasayib ketadi, eyforiya holati ro'yobga
chiqadi, odam xushchaqchaq, kirishimli, dilkash, ruhi ko'tarilgan, kayfi
chog' bo'lib qoladi, g'am-tashvishlar esdan chiqadi. Ichib olgan odam
o'zini juda kuchli hisoblab (aslida esa buning aksi bo'ladi), bo'larbo'lmas harakatlar qiladi, ko‘p gapiradi.
71.Алкогол. МНС таъсири.
Qonga so'rilgan alkogol asosan maikaziy nerv sistemasigata’sir
ko'rsatadi, ta’siri quyidagi davrlardan iborat bo'ladi: qo‘zg‘alish davri,
narkoz davri va o'lim talvasasi. Birinchi qo*zg‘alish davri markaziy
nerv sistemasini tormozlovchi mexanizmlar fslajlanishi tufayli yuzaga
chiqadi, bunda sezuvchanlik, aql, idrok, zakovat, ma’naviyat, diqqate’tibor, o'ziga nisbatan tanqidiy qarash xususiyatlari kamayadi.
Tormozlanish jarayonlari pasayib ketadi, eyforiya holati ro'yobga
chiqadi, odam xushchaqchaq, kirishimli, dilkash, ruhi ko'tarilgan, kayfi
chog' bo'lib qoladi, g'am-tashvishlar esdan chiqadi. Ichib olgan odam
o'zini juda kuchli hisoblab (aslida esa buning aksi bo'ladi), bo'larbo'lmas harakatlar qiladi, ko‘p gapiradi.
Alkogolning qanday ta’sir ko'rsatishi nerv sistemasining turiga,
mijozga, odamning xulq-atvoriga bog'liq. Alkogol tufayli kelib
chiqqan qo'zg'alish narkoz paydo qiladigan moddalar keltiradigan
qo‘zg‘alishdan farq qiladi. Alkogol ta’siridagi qo'zg'alish davrida
es-hush yo'qolmaydi.
Alkogolning miqdori qonda oshgan sari uning ta’siri miyachaga
o'tadi: harakatlar muvozanati izdan chiqadi, mushaklar kuchi
kamayadi, oyoqda turolmay qolinadi. Keyin alkogol ta ’siri
psixomotor markazlarga, orqa miyaning reflektor apparatiga o'tadi.
Ong xiralashib, keyin es-hush butunlay yo'qoladi, reflekslar so'nadi,
mushaklar bo'shashadi, narkoz davri boshlanadi. Alkogol miqdori
oshgan sari narkoz davri falaj davriga o'tadi, chunki etil spirtining
narkotik ta’sir doirasi keng emas, narkotik hamda zaharlovchi
konsentratsiyalari bir-biriga yaqin. Uzunchoq miyaning. nafas va
qon-tomir markazlari falajlanadi, qon bosimi keskin tushib ketadi,
nafas yuza va notekis bo'ladi, uni to'xtashi va o'lim sodir bo'lishi
mumkin.

72.Алкогол билан уткир захарланиш, сурункали заҳарланиш ва абстинет синдромни бартараф этиш учун кулланиладиган дори


воситалар.

Alkogol bilan o'tkir zaharlanish yengil mastlikdan tortib, to


es-hushni yo'qotish, hatto o'limga olib borishi mumkin. Lekin
alkogolning o'lim sodir qiladigan aniq miqdori hali aniqlanmagan.
Etil spirtining konsentratsiyasi, qonga so'rilish tezligi odamning
yoshiga, salomatligiga, haroratga bog'liq bo'ladi. Masalan, o'n yoshli
bolalarda S gramm alkogol halokat keltirishi, kattalarda bu raqam
2 0 0 grammga to'g'ri kelishi mumkin. 2 0 0 gramm alkogol esa 1 shisha
aroqda, 2 shisha qizil vinoda bo'ladi. Yengil mast bo'lgan odam
qonida alkogol 0,2%, mastlikda 0,25%, og'ir mastlikda — es-hush
yo'qolib, komatoz holatda 0,35-0,4% bo'lishi mumkin.
Alkogol bilan o'tkir zaharlangan odamni issiq qilib o'rab
qo'yiladi, novshadil spirti hidlatiladi, hatto 3-4 tomchi ichiriladi,
sun’iy nafas oldiriladi, asabni rag'batlantiruvchi moddalar, achchiq,
issiq choy, kofe ichiriladi. Oz miqdordagi ichimlik organizmda
unchalik katta o'zgarishlar paydo qilmaydi, uning zaharli ta’siri
keyinroq ko'rina boshlaydi.
Alkogol tez-tez surunkali ichilsa, unga o'rganish, tobelik paydo
bo'ladi, alkogolizm — ichkilikbozlik degan mudhish kasallik kelib
chiqadi. Bunda markaziy nerv sistemasida, ichki a’zolarda chuqur
o'zgarishlar paydo bo'ladi.
Alkogolizm kasalligini davolash uchun teturam moddasi qo'llaniladi:
Teturam
Bu inodda alkogolning metabolizmini o'zgartiradi. Arap teturamsiz
alkogol suv va uglekislotagacha parchalansa, teturam bilan alkogol
metabolizmi oraliqdagi mahsulot — atsetaldegid hosil bo'lishi bilan
to'xtaydi.
Atsetaldegid organizmni zaharlaydi: bosh og‘riydi, ko'ngil
aynaydi, qayt qiladi, ko‘p terlaydi, yurakda og‘riq, qo‘rquv paydo
bo'ladi. Teturam bilan alkogol bir necha marta birga qoilansa, bar gal
bemor yuqoridagi mudhish holatga tushib, unda alkogolga nisbatan
salbiy shartli refleks paydo bo'ladi, teturamsiz ham alkogolni ko'rishi,
uning hidi kelishi bilan yurak o'ynoqqa tushib qoladi, ana shu salbiy
refleks tufayli bemor alkogoldan voz kechadi. Teturamni shifokor
nazoratida qo'llash lozim. Yurak, qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarida,
SO yoshdan oshgan shaxslarga bu moddani qo‘llash man etiladi.
Teturamning davomli uzoq ta’sir etadigan turi — esperaitabletkalarini
teri ostiga o'tkazish (implantatsiya qilish) mumkin, bunda alkogolga
nisbatan salbiy refleks paydo bo'ladi. Alkogolizm kasalligini davolash
ancha mushkul, shuning uchun uning oldini olish katta ahamiyaga ega.
73.Натрий оксибутират ва унинг ўзига хос хусусиятлар.
Natriy oksibutirat markaziy nerv sistemasida susaytirish
jarayonlarining mediatori GAMK unumi hisoblanadi, qisqartirilgan holda
GOMK (gamma oksimoy kislotaning natriyli tuzi) deb ataladi. GOMK
gematoensefalik to'siqdan GAMK ga nisbatan oson o'tib, markaziy nerv
sistemasiga GAMK ga o'xshash ta’sir ko'rsatadi, ya’ni susaytirish
jarayonlarini oshiradi.
Natriy oksibutirat yuborilgan miqdoriga qarab uxlatuvchi, talvasaga
qarshi va narkotik ta’sir ko'rsatadi. Shu bilan birga GOMK miyaning qon
aylanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi, u yerdagi tomirlaming qisqarishini
bartaraf qiladi hamda moddalar almashinuvini normallashtiradi. Miyada,
yurak to'qimalarida kislorodning o'zlashtirilishi yaxshilanadi,
kreatinfosfat va ATF ning hosil bo'lishi oshib boradi. GOMK venalarga
sekin yuborilganda 10-15 daqiqadan keyin talvasaga qarshi ta’siri
boshlanib, 2 soatlar ichida davom etadi. Moddani ikki barobar kam
miqdorda droperidol (neyroleptik) bilan talvasaga qarshi qo'llash
mumkin. Bolalarda talvasaga qarshi fentanil (narkotik analgetik) bilan
droperidol (neyroleptik), ya’ni neyroleptoanalgeziya uchun
qo'llaniladigan moddalami yuborish mumkin.

74.Нонаркотик аналгетикларнинг иситмани туширувчи таъсир механизми.


Nonarkotik analgetiklar haroratni tushiradi, normal haroratga deyarli
ta’sir qilmaydi. Harorat organizmning nojo'ya omillariga, ko'pincha
mikroorganizmlarga nisbatan himoya jarayoni hisoblanadi.
Mikroorganizmlaming toksinlari orqa miya suyuqligida E turkumidagi
prostaglandinlar miqdorini oshiradi, prostaglandinlar esa adenilatsiklaza
fermenti faolligini, siklik AMF (adenozinmonofosfat kislota) hajmini
oshiradi, neyronlaming mitoxondriyalari ko'p miqdorda kalsiy ionlarini
qamrab oladi, shuning uchun gipotalamusda issiqlikni boshqaruvchi
markazlardan o'tadigan suyuqlikda natriy ionlarining kalsiy ionlariga
bo'lgan muvozanati oshib boradi, markazlar faoliyati o'zgaradi, issiqlik
hosil bo'lishi oshadi, issiqlik ajralishi esa kamayadi. ular siklooksigenaza fermenti
faolligini kamaytirib, haroratni oshiruvchi prostaglandinlaming miyada
hosil bo'lishini kamaytiradi, gipotalamusdagi issiqlikni boshqaruvchi
markazlar faoliyatini normallashtiradi. Shu bilan birga qon tomirlar
markazining faolligi kamayadi, teridagi tomirlar kengayadi, bemor
terlab, isitma tushadi.
Haroratning pasayishi asosan issiqlikning ko'p ajralishiga bog'liq,
chunki moddalar issiqlik hosil bo'lishiga tasir ko'rsatmaydi. Chaqaloq,
go‘dak bolalarda issiqlikni boshqaruvchi mexanizmlar mukammal
rivojlanmagan bo'ladi, shuning uchun ularda isitmani tushirish qiyinroq.
Nonarkotik analgetiklar bilan haroratni tushirish kasallikning birdanbir belgisi - haroratga davo qilish demakdir, chunki bu moddalar kasallik
sabablariga hamda patogeneziga ta’sir ko'rsatmaydi, ulami tana harorati
xavfli darajada ko'tarilgandagina qo'llash lozim. Bolalaming tana
harorati 38,5-39° С ga ko'tarilganda ulaming umumiy holati o'zgaradi,
ana shunda isitmani tushiruvchi moddalami qo'llash tavsiya etiladi,
chunki bu holatda simpatik nerv sistemasining faoliyati oshishi tufayli
gemodinamika izdan chiqadi: teri tomirlari, prekapillar sfinkterlar
qisqaradi, mikrotsirkulyatsiya o'zgaradi, to'qimalarda gipoksiya paydo
bo'ladi, ayniqsa, miya gipoksiyasi xatarli bo'lib, miya shishiga hamda
talvasalarga olib keladi. Talvasaga moyil bolalarda nonarkotik
analgetiklami harorat bir oz 37,5-38 С ko'tarilsa ham qo'llash tavsiya
qilinadi. Shu bilan birga bolalarda haroratni yuqori darajadan tushirishga
urinish yaramaydi, chunki bunda kollaps ro'y berishi mumkin. Haroratni
tushirishda moddalami quyidagi qatorga qo'yish mumkin: analgin,
amidopirin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol, fenatsetin.

75.Наркотик ва нонаркотик дори воситаларнинг таккослаш.


Narkotik analgetiklaming katta kamchiligi shundan iboratki, ularga
o'rganib, tobe bo'lib qolinadi. Yuqorida keltirilganidek, bu moddalar
markaziy nerv sistemasining ruhiy markazlariga ta’sir ko'rsatib, eyforiya,
alohida o'ziga xos kayf paydo qiladi. Eyforiyani yana his qilish uchun
moddalar takror va takror qo'llanadi, ularga nisbatan ruhiy va jismoniy
tobelik paydo bo'ladi, o'z vaqtida yuborilmasa, abstinensiya, ya’ni
giyohga xumorlik holati hosil bo'ladi; morfin yoki boshqa narkotik
analgetikni surunkali qo'llab yurgan odam giyohvand bo'lib qoladi. Nonarkotik analgetiklar og‘riq qoldiruvchi - analgetik, haroratni
tushiruvchi - antipiretik, yallig'lanishga qarshi - antiflogistik,
revmatizmga qarshi antirevmatik nomlarga ham ega.
Nonarkotik analgetiklar nevrit, radikulit, miozit, artritlarni,
revmatizmni, bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘ini davolashda keng qo'llanadi.
Ulaming hammasi og'iz orqali yuboriladi, ba’zilari (metilsalitsilat,
butadion) malham sifatida, ba’zilari (analgin, butadion) parenteral
yo'llar orqali ham qo'llanadi.
Og'iz orqali ovqatdan keyin yuboriladi, chunki bu moddalarning
oshqozon-ichak shilliq pardalariga ta’sir o'tkazish xususiyati bor.

76.Барбитуратлар гурухидан уйку чакирувчи дори моддаларнинг таъсир механизми.


Barbituratlar uxlatuvchi modda sifatida bir marta, uyquga ketishdan
30-60 daqiqa oldin og'iz orqali, ayrim hollarda to'g'ri ichakka
yuboriladi. Barbituratlar, fenobarbital jigaming zararsizlantiruvchi
fermentlari hosil boiishini oshiradi — induksiyalashtiradi, sitoxrom P-
450, glukuroniltransferaza va boshqa fermentlar faoliyatini oshirib
yuboradi. Bolalarda barbituratlar uxlatuvchi modda sifatida kam
qo'llanadi, ko'pincha fenobarbital talvasaga qarshi modda sifatida hamda
jigar fermentlarini induktsiya qilish uchun giperbilirubinemiyada —
gemolitik anemiyada qo'llanadi.
Barbituratlar qo'llanganda allergik jarayonlar bo'lishi, bemor
sarg'ayib ketishi (fenobarbital qo'llanganda), tana harorati ko'tarilishi
mumkin.
Barbituratlar uxlatuvchi modda sifatida qo'llanganda uyqu
davrlariga ta’sir ko'rsatib, «tez uyquga ketish» muddatini kamaytirishi
mumkin, shu tufayli bu moddalar qo'llanishdan to'xtatilganda esa bir
necha hafta ichida «tez uyquga ketish» muddati uzayishi mumkin. Bu
holat «qaytar» fenomen deb ataladi, ko'p tush ko'rish, «tez» paradoksal
uyquga xos belgilar kuzatiladi.

77.Уйку чакирувчи дори моддалари. Таъсир механизм ива кимевий тузилиши буйича таснифи.


Barbituratlaming uxlatuvchi ta’sir mexanizmi quyidagilardan
iborat: moddalar retikulyar formatsiyaning miya po‘stlog‘iga bo‘ladigan
faollashtiruvcbi ta’sirini kamaytirib, tinchlantiradi. Miya po‘stlog‘iga
yo'l olgan tonik impulslar yetib bormasdan, po'stloq faolligi susayadi,
uyqu keladi. Barbituratlar GAMK faolligini oshirishi tufayli qo‘zg‘alish
jarayonlari cheklanadi, faollovchi m ediatorlar (serotonin,
katexolaminlar)ning ajralishi kamayadi.
Uyqu keltiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi
Barbituratlar og‘iz orqali yuborilganda oshqozon-ichakdan yaxshi
so'riladi, bir qismi plazmadagi oqsillar bilan qator birikmalar hosil qiladi,
birikmagan qismi miyaga o'tib, farmakologik ta’sir ko'rsatadi. Jigarda
barbituratlar biotransformatsiyaga uchraydi. Masalan, jigari
sog'lomlarda fenobarbital konsentratsiyasi 24 soatda 60-70%, gepatitda
esa 7,5% kamayadi.
Ta’sir muddatining davomliligi bo'yicha barbituratlar 2 guruhga
bo'linadi: o'rta (etaminal natriy), davomli (fenobarbital,barbital natriy)
ta’sir etuvchi moddalar.
O'rta ta’sir etuvchi moddalar jigarda o'zgarib boradi, bir qismi esa
o'zgarmasdan buyrakdan chiqib ketadi.
Uzoq muddat ta ’sir etuvchi moddalar jigarda saqlanib
zararsizlanadi, ko'p miqdorda o'zgarmasdan organizmdan (30-50%)
chiqib ketadi. Barbituratlar uyqudan keyin ertasiga salbiy ta’sirlar
Alifatik qatorli uxlatuvchi moddalardan xloralgidrat, kuchli va
davomli uxlatuvchi ta’sirga ega (8 soat), oshqozon-ichakdan yaxshi
so'riladi, baibituratlardan farqi — uyqu davrlarini 0‘zgartirmaydi.
Moddaning tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, talvasaga qarshi, narkoz paydo
qiluVdii xususiyatlari ham bor. Uxlatuvchi sifatida xloralgidrat hozir
kam qo'llaniladi, chunki jigar; yurak, buyraklarga salbiy ta’sir ko'rsatadi,
unga o*iganib qolish mumkin. Xloralgidrat ko'proq talvasaga qarshi,
ayniqsa, bolalarda tez uchraydigan talvasali holatda — spazmofiliyada
qo'llaniladi. Modda ichishga buyuriladi, ko'proq to'g’ri ichakka
yuboriladL Bromizoval o'rtacha uxlatuvchi ta’sirga ega.
Uxktuvchi sifatida qo'llanadigan trankviHzatoriaming ko'pchiligi
kimyoviy timlishiga ko'ra benzodiazepin unumlaridandir. Ular asosan
limbik sistcmaga ta’sir ko'rsatib, vahima, tashvish, bezovtalikni yo'qotadi,
anksiolitik ta’sir ko'rsatadi, uxlatuvchi xususiyati keltirilgan anksiolitik
ta’siri bilan bog'liq. Benzodiazepin moddalari uxlatuvchi, anksiolitik,
talvasaga qarshi bamda mushaklami bo'shashtirish xususiyatlarga ega,
modBalar etil spirti, narkotik analgetildar bilan qo'llanganda ulaming
ta’sirini va ta’sir muddatini oshiradi. Ichishga buyuriladi, oshqozonichakdan yaxshi so'riladi- Benzodiazepin unumlaridan uxlatuvchi modda
sibtida ko'proq nitrazepam qo'llaniladi. Uxlatuvchi modda sifatida
gistaminga qarshi moddalardan dimedrol, diprazin, suprastin ham
qo‘|]aniJadi.

78.Бензодиазепин гурухидан уйку чакирувчи дори воситаларнинг таъсир механизми ва «бензодиазепин» уйку чакирувчи дори моддалари.


Uxktuvchi sifatida qo'llanadigan trankviHzatoriaming ko'pchiligi
kimyoviy timlishiga ko'ra benzodiazepin unumlaridandir. Ular asosan
limbik sistcmaga ta’sir ko'rsatib, vahima, tashvish, bezovtalikni yo'qotadi,
anksiolitik ta’sir ko'rsatadi, uxlatuvchi xususiyati keltirilgan anksiolitik
ta’siri bilan bog'liq. Benzodiazepin moddalari uxlatuvchi, anksiolitik,
talvasaga qarshi bamda mushaklami bo'shashtirish xususiyatlarga ega,
modBalar etil spirti, narkotik analgetildar bilan qo'llanganda ulaming
ta’sirini va ta’sir muddatini oshiradi. Ichishga buyuriladi, oshqozonichakdan yaxshi so'riladi- Benzodiazepin unumlaridan uxlatuvchi modda
sibtida ko'proq nitrazepam qo'llaniladi. Uxlatuvchi modda sifatida
gistaminga qarshi moddalardan dimedrol, diprazin, suprastin ham
qo‘|]aniJadi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan trankvilizatorlar asosan benzodiazepin
unumlaridan iborat.
Moddalarning anksiolitik ta’siri limbik sistema bilan bog'liq, shu
yerda o‘ziga xos benzodiazepin retseptorlami bog'lab, ulami qo‘zg‘atadi.
Benzodiazepin retseptorlari esa GAMK retseptorlarining modulyatori
hisoblanadi, shu tufayli benzodiazepin retseptorlarining qo‘zg‘alishi
GAMK ergik to'qimalari faolligini oshiradi, GAMK — mimetik ta’sir
ko'rsatadi, neyronlar faolligini susaytiradi.

79.Натрий оксибутиратнинг наркотик таъсири, қўлланилиши.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling