1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
butirofenon, tioksanten, dibenzodiazepin unumlariga bo'linadi
Download 1,3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
butirofenon, tioksanten, dibenzodiazepin unumlariga bo'linadi.
Fenotiazin unumlari: aminazin, meterazin, triftazin,ftorfenazin. Bulardan aminazin birinchi va ta’sir doirasi keng neyroleptik, shu moddalarga xos hamma xususiyatlari bor, yangi olinadigan moddalar asosan aminazin bilan taqqoslanadi. Aminazin markaziy nerv sistemasiga, vegetiv innervatsiyaga, ijrochi a’zolarga hamda moddalar almashinuviga ta’sir ko'rsatadi. Aminazin psixozga qarshi hamda sedativ ta’sirga ega, yuqori miqdori bir qadar uyqu keltiradi, mushaklami bo'shashtiradi. Aminazinning potensirlash xususiyati bor, bu modda og'riq qoldiradi, narkoz holatini paydo qiladigan, uxlatuvchi moddalar ta’sirini va ta’sir muddatini oshiradi. Aminazin qusishga, hiqichoqqa qarshi ta’sir ko'rsatadi. Aminazin periferik efferent hamda afferent innervatsiyaga ta’sir etadi. Aminazinning a - adrenolitik, M-xolinolitik, gangliolitik ta’siri bor: a - adrenolitik ta’siri tufayli to'qimalarning katexolaminlarga sezuvchanligini, ulaming hujayra membranalari dan o'tishini hamda presinaptik tolalardan ajralishini kamaytiradi, qayta so'rilishiga to'sqinlik qiladi. Aminazin atropinga o'xshab so'lak, bronxial, oshqozon-ichak bezlari sekretsiyasini kamaytiradi. Afferent innervatsiyaga ta’siri tufayli aminazin mahalliy anesteziyalovchi xususiyatga ega. Gistaminoretseptorlami (H,) bog'lab, gistaminga qarshi hamda miotrop, spazmolitik ta’sir ko'rsatadi. Aminazin yurak va qon tomir sitemasiga ham ta’sir ko'rsatadi — qon bosimini pasaytiradi, gipotenziv ta’sir mexanizmi ancha murakkab: qon tomirlarini a - adrenoretseptorlami bog'lash, gipotalamus markazlari faoliyatini kamaytirish, miotrop, spazmolitik, tomirlami toraytinivchi kompensator reflekslami susaytirish hamda yurakni zarbli kuchining kamayishi bilan bog'liq. Shu bilan birga aminazin aritmiyaga ham qarshi ta’sir etadi; yangi tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan pilorospazmni yo'qotadi, pilorik sfinkterda joylashgan adrenoretseptorlami bog'lab, ulaming qisqarishini bartaraf etadi. Aminazin ruhiy kasalliklarda: shizofreniya, psixomotor qo'zg'alishlarda, maniakal-depressiv psixozlarda, qusishni, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydigan pilorospazmni davolashda, neyroleptoanalgeziyada qo' llanadi. Aminazin og'iz yoki parenteral yo‘llar orqali yuboriladi, jigarda ko'p miqdorda to'planadi, biotransfonnatsiyaga uchraydi, o'zi hamda metabolitlari asta-sekin buyrak va ichak orqali chiqib ketadi. Uzoq muddat mobaynida qo'llanganda aminazinga o'rganib qolinadi, uning ta’siri kamayib boradi. Aminazinning sedativ, gipotenziv, qusishga qarshi xususiyatlariga nisbatan o'rganish ku/atiladi, psixozga qarshi ta’siriga o'rganish paydo bo'lm aydi. Aminazin qo'llanganda kuzatiladigan salbiy ta’sirlar; qon bosimining pasayishi, ortostatik kollaps holati, agranulotsitoz, jigarda o'zgarishlar (sarg'ayish) paydo bo'lishi hamda asosiy salbiy ta’sir—neyroleptik sindrom, ya’ni ekstrapiramid o'zgarishlar—parkinsonizm holadari ro'y berishi mumkin. Bolalarda ekstrapiramid o'zgarishlar kattalarga-nisbatan ertaroq paydo bo'ladi. Fenotiazin unumli boshqa moddalarning faimakologik xususiyatlari asosan aminazinga o'xshab ketadi. Meterazirt psixozga qarshi kuchli ta’sirga ega, tinchlantiruvchi xususiyati aminazindan kamroq, hatto ayrim hollarda markaziy nerv sitemasiga rag'batlantiruvchi ta’sir etishi ham mumkin. Qusishga qarshi ta’sir aminazinga nisbatan ustunroq, periferik (xolinolitik, spazmolitik, gistaminga qarshi) ta’siri kamroq. Meterazin shizofreniya kasalligining klinikasida bo'shanglik, astenik holat, apatiya ustunroq bo'lganda qo'llanadi; ekstrapiramid holatlami aminazinga nisbatan ko'proq paydo qiladi. Meterazin qo'llanganda psixozning keskinlashishi, uyqusizlik, yurak urishi tezlashishi mumkin. Triftazinnmg psixozga qarshi ta’siri aminazindan ancha kuchli, neyroleptik ta’sir bilan birga nerv sistemasi faoliyatini oshiradi, shizofreniyani klinikasida gallyutsinatsiya, vasvaslik bo'lsa, bu modda tinchlantiradi. Adrenolitik ta’siri aminazinga nisbatan kamroq, spazmolitik, talvasaga, gistaminga qarshi xususiyatlari yo'q, uxlatuvchi moddalar ta’sirini kamroq oshiradi, kuchli kataleptik xususiyatga ega. Triftazinning salbiy ta’sirlari: ekstrapiramid o'zgarishlar aminazinga nisbatan ko'proq uchraydi, agranulotsitoz, gepatotoksik ta’siri aminazinga nisbatan kamroq. Etaperazin psixozga qarshi kuchli ta’sirga ega, ushbu ta’siri bilan triftazinga mos kelib qoladi. Qusishga, hiqichoqqa qarshi ta’siri aminazinga nisbatan ustunroq, mushaklarni bo'shashtirish xususiyati sezilarli; uxlatuvchi, narkotik moddalar ta’sirini oshiradi. Etaperazin bo'shashish, depressiya bilan kechadigan shizofreniyada va to'xtatib bo'lmaydigan qusish, hiqichoqni bartaraf qilish uchun qo'llaniladi. Ftorfenazinmng psixozga qarshi xususiyati etaperazin, triftazinga o'xshab ketadi, ularga o'xshab markaziy nerv sistemasiga rag'batlantiruvchi ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ftorfenazin ham ekstrapiramid o'zgarishlar, talvasa va allergiya jarayonlarini qo'zg'ashi mumkin. Butirofenon unumlaridan galoperidol faol neyroleptik modda hisoblanadi, markaziy noradrenergik, ayniqsa, dofaminergik retseptorlami bog'lab, psixozga qarshi va sedativ ta’sir ko'rsatadi. Galoperidolning psixozga qarshi ta’sir mexanizmida uning biologik membranalar o'tkazuvchanligiga, ayniqsa, gamma-aminomoy kislota joylashgan retseptorlarga bo'lgan ta’siri ahamiyatga ega. Odatda bosh miyada GAMK bilan glutamin kislota dofaminergik sinapslar modulyatori (ulaming ta’sirini ro'yobga chiqaradigan) hisoblanadi. Glutamin kislota neyronlami qo'zg'atsa, uning metaboliti GAMK sinaptik o'tkazuvchanlikni tormozlaydi. 86.Нейролептиклар, кулланилиши ва ножуя таъсири. Neyroleptiklar psixozga qarshi, markaziy nerv sistemani tinchlantiruvchi (sedativ) hamda vegetativ xususiyatlarga ega. Psixozga qarshi ta’sirda moddalarning gallyutsinatsiyalar (yo'q narsalarning ko'zga ko'rinishi, eshitilishi), alaxlash, qo'rquv, tajovuzkorona harakatlami kamaytirishi tushuniladi. Sedativ ta’sir bo'yicha neyroleptiklar narkoz yuzaga keltiruvchi hamda uxlatuvchi moddalardan farq qiladi. Neyroleptiklar qo'llanganda tashqi qo'zg'atishlarga adekvat jarayon saqlanib qoladi, ularning yuqori miqdori ham naikoz holatini yuzaga keltiimaydi. Neyroleptiklar trigger sohada joylashgan dofamin retseptorlarini bog'lab, qayt qilishga qarshi ta’sir ko'rsatadi, bular markaziy ta’sir etuvchi qusishga qarshi moddalar deb ataladi. Neyroleptiklar gipotalamusda joylashgan adreno hamda serotoninoretseptorlami bog'lab, chetda joylashgan qon tomirlarini kengaytiradi, issiqlik ajralishini oshiradi, to'qimalarda oksidlanish fermentlari faolligini, issiqlik hosil bo'lishini kamaytiradi, haroratni pasaytiruvchi xususiyatga ega. Aminazin psixozga qarshi hamda sedativ ta’sirga ega, yuqori miqdori bir qadar uyqu keltiradi, mushaklami bo'shashtiradi. Aminazinning potensirlash xususiyati bor, bu modda og'riq qoldiradi, narkoz holatini paydo qiladigan, uxlatuvchi moddalar ta’sirini va ta’sir muddatini oshiradi. Aminazin qusishga, hiqichoqqa qarshi ta’sir ko'rsatadi. Aminazin atropinga o'xshab so'lak, bronxial, oshqozon-ichak bezlari sekretsiyasini kamaytiradi. Afferent innervatsiyaga ta’siri tufayli aminazin mahalliy anesteziyalovchi xususiyatga ega. Gistaminoretseptorlami (H,) bog'lab, gistaminga qarshi hamda miotrop, spazmolitik ta’sir ko'rsatadi Meterazin shizofreniya kasalligining klinikasida bo'shanglik, astenik holat, apatiya ustunroq bo'lganda qo'llanadi; ekstrapiramid holatlami aminazinga nisbatan ko'proq paydo qiladi. Meterazin qo'llanganda psixozning keskinlashishi, uyqusizlik, yurak urishi tezlashishi mumkin. Triftazinning salbiy ta’sirlari: ekstrapiramid o'zgarishlar aminazinga nisbatan ko'proq uchraydi, agranulotsitoz, gepatotoksik ta’siri aminazinga nisbatan kamroq. Etaperazin bo'shashish, depressiya bilan kechadigan shizofreniyada va to'xtatib bo'lmaydigan qusish, hiqichoqni bartaraf qilish uchun qo'llaniladi. Bemorlar klozapinni yaxshi ko'taradilar, modda qo'llanganda qon yurak va qon tomirlar faoliyatini tekshirib turish lozim, chunki ularga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Rezerpin davomli qo'llanilganda simpatik nerv sistemasi tonusini kamaytirib, parasimpatik sistemasi tonusini oshirib yuboradi — qorachiqtorayadi, bradikardiya, ichak peristaltikasi, oshqozon shirasining ajralishi ko'payadi, qon bosimi pasayadi. 87.Фенотиазин унумидаги нейролептик воситалар. Download 1,3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling