1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча


Download 1.3 Mb.
bet18/21
Sana26.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1125047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
FARMAKALOGIYA 425TALIK

Meterazirt psixozga qarshi kuchli ta’sirga ega, tinchlantiruvchi
xususiyati aminazindan kamroq, hatto ayrim hollarda markaziy nerv
sitemasiga rag'batlantiruvchi ta’sir etishi ham mumkin. Qusishga qarshi
ta’sir aminazinga nisbatan ustunroq, periferik (xolinolitik, spazmolitik,
gistaminga qarshi) ta’siri kamroq. Meterazin shizofreniya kasalligining
klinikasida bo'shanglik, astenik holat, apatiya ustunroq bo'lganda
qo'llanadi; ekstrapiramid holatlami aminazinga nisbatan ko'proq paydo
qiladi. Meterazin qo'llanganda psixozning keskinlashishi, uyqusizlik,
yurak urishi tezlashishi mumkin.
Triftazinnmg psixozga qarshi ta’siri aminazindan ancha kuchli,
neyroleptik ta’sir bilan birga nerv sistemasi faoliyatini oshiradi,
shizofreniyani klinikasida gallyutsinatsiya, vasvaslik bo'lsa, bu modda
tinchlantiradi. Adrenolitik ta’siri aminazinga nisbatan kamroq,
spazmolitik, talvasaga, gistaminga qarshi xususiyatlari yo'q, uxlatuvchi
moddalar ta’sirini kamroq oshiradi, kuchli kataleptik xususiyatga ega.
Triftazinning salbiy ta’sirlari: ekstrapiramid o'zgarishlar aminazinga
nisbatan ko'proq uchraydi, agranulotsitoz, gepatotoksik ta’siri
aminazinga nisbatan kamroq.
Etaperazin psixozga qarshi kuchli ta’sirga ega, ushbu ta’siri
bilan triftazinga mos kelib qoladi. Qusishga, hiqichoqqa qarshi
ta’siri aminazinga nisbatan ustunroq, mushaklarni bo'shashtirish
xususiyati sezilarli; uxlatuvchi, narkotik moddalar ta’sirini oshiradi.
Etaperazin bo'shashish, depressiya bilan kechadigan shizofreniyada
va to'xtatib bo'lmaydigan qusish, hiqichoqni bartaraf qilish uchun
qo'llaniladi.
Ftorfenazinmng psixozga qarshi xususiyati etaperazin, triftazinga
o'xshab ketadi, ularga o'xshab markaziy nerv sistemasiga
rag'batlantiruvchi ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ftorfenazin ham
ekstrapiramid o'zgarishlar, talvasa va allergiya jarayonlarini qo'zg'ashi
mumkin.

88.Бутирофенон унумидаги нейролептиклар. Таъсир механизми. Куллашга курсатма.


Butirofenon unumlaridan galoperidol faol neyroleptik modda
hisoblanadi, markaziy noradrenergik, ayniqsa, dofaminergik
retseptorlami bog'lab, psixozga qarshi va sedativ ta’sir ko'rsatadi.
Galoperidolning psixozga qarshi ta’sir mexanizmida uning biologik
membranalar o'tkazuvchanligiga, ayniqsa, gamma-aminomoy kislota
joylashgan retseptorlarga bo'lgan ta’siri ahamiyatga ega. Odatda bosh
miyada GAMK bilan glutamin kislota dofaminergik sinapslar
modulyatori (ulaming ta’sirini ro'yobga chiqaradigan) hisoblanadi.
Glutamin kislota neyronlami qo'zg'atsa, uning metaboliti GAMK
sinaptik o'tkazuvchanlikni tormozlaydi..
Ba’zi tajribalarga ko‘ra, galoperidol dofaminoretseptorlardan
glutamin kislotani chiqarib tashlash xususiyatiga ega, uning
qo‘zg‘atuvchan ta’siriga to'sqinlik qiladi, markaziy nerv sistemasida
toimozlanish jarayonlari oshib boradi.
Galoperidol kuchli qusishga qarshi ta’sirga ega, narkotik ta’sir
qiladigan moddalar bilan qo'llanganda potentsirlash xususiyati bor,
periferik M-xolinolitik, gangliylami falajlovchi ta’sirlari yo‘q.
Galoperidol shizofreniya xurujlarida, ayniqsa, maniakal holatlarda
qo'llanadi. Boshqa neyroleptiklar ta’siri bo‘lmaganda galoperidol ta’siri
ko'pincha natijali bo'ladi, gallyutsinatsiyalarga sezilarli ta’sir
ko'rsatadi. Modda qo'llanganda bemorlarda bo'shashish, befarqlik
holatlari yuz bermaydi, aksincha, faollovchi xususiyatga ega.
Galoperidol qo'llanilganda ekstrapiramid o'zgarishlar ko'proq uchraydi.
Trifluperidol tuzilishi va ta’siri bo'yicha galoperidolga o'xshab
ketadi, kuchli neyroleptik ta’sirga ega, markaziy dofaminoretseptorlami
falajlaydi, xolinolitik ta’siri yo'q. Antipsixotik ta’siri boshqa
neyroleptiklardan ustun turadi.
Butirofenon unumlariga droperidol ham kiradi, modda juda qisqa
vaqt ta’sir etadi, kuchli periferik a - adrenolitik xususiyatga ega. Narkotik
analgetik fentanil bilan neyroleptoanalgeziya, toj tomirlar o'tkir
yetishmovchiligida og'riq sindromini qoldirish hamda gipertonik
krizlarda qo'llanadi.

89.Антидепрессантлар. Таъсир механизми буйича таснифи.


Antidepressantlar shizofreniya, maniakal-depressiv psixozi, reaktiv
psixozlarda uchraydigan depressiya sindromini, ya’ni qayg‘u-alam,
tushkunlik, g'am-g'ussa, siqilish, psixomotor ezilishda, assotsiativ
jarayonlar tormozlanishini yo'qotish исЬш qo'llaniladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling