1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча


M-xolinolitiklar;preparatlari,ta`siri va ishlatilishi


Download 1.3 Mb.
bet10/21
Sana26.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1125047
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
FARMAKALOGIYA 425TALIK

42M-xolinolitiklar;preparatlari,ta`siri va ishlatilishi.
Ushbu moddalar parasimpatik nerv oxirini, ya’ni postsinaptik
joylashgan M - xolinoretseptorlarini falajlash xususiyatiga ega. M -
xolinoblokatorlar organizmda hosil bo'ladigan (endogen) hamda
organizmga yuboriladigan (ekzogen) atsetilxolin va boshqa
xolinomimetik ta ’sirlarga to 'sq in lik qiladi. Bu o 'rin d a M
xolinoblokatorlarning xolinergik n ervlar oxirida ajraladigan
atsetilxolinga qarama-qarshiligi kuchliroq va yaqqolroq ko'rinadi;
moddalar atsetilxolin hosil bo'lishiga, ajralishiga va parchalanishiga
ta’sir ko'rsatmaydi. M - xolinoblokatorlarning ekzogen atsetilxolinga
nisbatan qarama-qarshiligi yuqori miqdorda yuborilganda ko'rinadi.
Birinchi M - xolinoblokatorlardan atropin, skopolamin xalq
tab o b a tid a ken g q o 'lla n ib k e lin g an , bellad o n n a (Atropa
belladonna), mingdevona (Hyoscyamus niger), bangidevona
(Datura stramonium) o'simliklaridan olingan (keyinchalik sintez
y o 'li b ilan ham olingan). O 's im lik la rd a n o lingan M
xolinoblokatorlar yuqori miqdorda H - xolinoretseptorlami hamda
markaziy nerv sistemasida joylashgan M - xolinoretseptorlami ham
falajlash xususiyatiga ega.
Kimyoviy jihatdan M - xolinoblokatorlar uchlamchi va to'rtlamchi
aminlaming ammoniy turkumlaridan iborat.
Yuqorida keltirilgan boshqa M-xolinoblokatorlar umuman
atropinga o'xshash ta’sir ko'rsatadi hamda o'ziga xos xususiyatlarga
ega. Tabiiy alkaloid skopolamin mandragora (Scopolia camiolica)
o'simligida hamda atropin olinadigan o'simliklar tarkibida ham oz
miqdorda mavjud. Agar atropin ko'pincha yurak, bronx, me’daichakning
M- xolinoretseptorlarini falajlasa, skopolamin esa ko'z
mushaklarida hamda bezlarda joylashgan M- xolinoretseptorlarga
ta ’sir ko'rsatadi. Skopolaminning ta’siri atropinga nisbatan kamroq
bo'ladi. Skopolamin markaziy nerv sistemasiga atropinga nisbatan
boshqacha ta’sir etadi, davolovchi miqdori asabni tinchlantiradi,
uyqu keltiradi, ekstrapiramid sistemaga ham tinchlantiruvchi ta’sir
ko'rsatadi va qo'llanishi atropinga o'xshash bo'ladi. Skopolamin
aeron tabletkalar tarkibida mavjud, aeron havo va dengiz kasalligida
qo'llaniladi.
Platiflllin ham tabiiy alkaloid, keng bargli krestovnikdan
(Senecio platyphyllus) olingan. M- xolinoretseptorlami falajlash
xususiyati atropinga nisbatan kamroq, gangliylami o'rta me’yorda
falajlaydi, bevosita miotrop — spazmolitik ta’siri bor, bu bilan birga
qon tomirlami qo'zg'atuvchi markazni tinchlantiradi. Platiflllin
asosan spazmolitik sifatida oshqozon, ichak, o't, qovuq, o't-safro
yo'llari qisqarganda, miya, toj tomirlari tonusi oshib ketganda —
gipertoniya, stenokardiya hamda miya tomirlari qisqarganda
qo'llaniladi. Glaukomada, jigar, buyrak kasalliklarida platifillinni
qo'llash man etiladi.
Belladonnaning quruq ekstrakti spazmolitik va o g 'riq
qoldiruvchi modda sifatida oshqozon yarasida, o ‘t pufagi
yallig‘langanda — xoletsistitda va boshqa silliq mushakli a ’zolar
qisqarishida qo'llaniladi.
Metatsin sintetik modda bo'lib, atropindan kuchli xolinolitik
xususiyatga ega; to'rtlamchi ammoniy birikma bo'lgani uchun
gematoensefalik to'siqdan o'tolmaydi. Markaziy nerv sistemasiga ta'sir
etmaydi, faqat chetdagi M- xolinoretseptorlami falajlaydi. Bronxlar,
qizilo'ngach, oshqozon, ichak silliq mushaklarini bo‘shashtiradi,
so iak va bronxial bezlar sekretsiyasini kamaytiradi, oshqozon, o ‘n
ikki barmoqli ichak yaralarida, jigar va buyrak sanchiqlarida keng
qo'llanadi. Metatsin atropinga nisbatan ko‘z qorachig'ini kamroq
kengaytiradi.
Premedikatsiya uchun atropinga nisbatan metatsinni qo'llash
afzalroq, chunki bronx silliq mushaklarini atropinga nisbatan
yaxshiroq bo'shashtiradi, yurak urishini atropinga nisbatan kamroq
tezlashtiradi.
Ko'rsatkichlar ++++ maksimal ta’sir; +++ kuchli ta’sir; ++ kuchsiz
ta’sir; — ta’siri yuq.
Metatsin bachadonning qo'zg'alishi ortganda, tug'ruq vaqtidan
oldin boshlanganda qo'llaniladi, chunki bachadon qisqarishini
kamaytiradi. Metatsin enteral va parenteral yo'llar orqali yuboriladi.
Metatsinning noxush asoratlari kamroq uchraydi, shuning uchun bu
modda bolalar amaliyotida keng qo'llaniladi.
Oftalmologiyada tropikamid (midrnatsil) modda ham
qo'llaniladi. Moddaning ko'z qorachig'ini kengaytirish xususiyati
atropinga nisbatan tez boshlanadi, qisqa muddat davom etadi,
diagnostika uchun qo'llaniladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling