1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


Dunyo mamlakatlari aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlar


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

Dunyo mamlakatlari aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlar. Tadqiqotlar 
tahlili ko‘rsatishicha, dunyo aholisining soni asrimizning birinchi ming yilligida 245 
dan 345 mln kishigachani tashkil etgan bo‘lsa, XIII asrda Yevropada va Osiyoning 
qator davlatlarida tarqalgan turli xil yuqumli kasalliklar aholi soni ko‘payishiga olib 
kelmadi, XIV asrda hatto dunyo aholisi soni kamaydi. Mutaxassislarning fikricha, 
aholi o‘sish sur‘ati kam bo‘lishiga qaramay, 1500 yillarda yer shari aholisi soni 425 
- 450 mln kishiga etdi. XIX asrning ikkinchi yarmida yer shari aholisi soni ko‘payish 
sur‘ati 0,8 foizga teng bo‘ldi. Turli manbalarning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, 1900 
yilda dunyo aholisining soni 1,5 martaga ortgan, yoki 1,550 – 1,760 mln kishiga 
etgan. XX asrning birinchi yarmi aholi soni ko‘payishi uchun juda qiyin va qarama 
qarshiliklar davri bo‘lgan. Chunki, bu davrda bir tomondan Osiyo va Amerikada 
aholi soni tezlik bilan o‘sib boradi, ikkinchi tomondan ikkita jahon urishi (1914- 
1918 yy; 1939-1945 yy.) aholi miqdori ortishiga faqat salbiy ta‘sir etadi. Ammo 
shunga qaramasdan, yer shari aholisi ko‘payishda davom etadi, masalan, 1927-yilda 
dunyo aholisining soni 2 mlrd kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1950-yilda 2,558 mln 
kishiga etgan.
Dunyo aholisining dinamikasidagi o‘zgarishlarda XX asrning ikkinchi yarmi 
alohida iz qoldirgan davr bo‘ldi. O‘rta asrlarda ham dunyo aholisining soni ko‘payib 
bordi, lekin aholining ko‘payish sur‘ati nisbatan sekin bo‘lgan. Birinchi ming 
yillikning oxirida dunyo aholisining soni 250-300 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 
ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 400-500 millionga etgan. 
Jumladan, Osiyoda - 250 million, Yevropada 65-80 million, Amerikada 30-50 
million, sobiq SSSR hududida esa 15-20 million aholi istiqomat etgan. Ushbu davrda 



ba‘zi davlatlarda bosqinchilik, urushlar, xo‘jaliklar izdan chiqishi natijasida, aholi 
sonining kamayib ketganligi ham kuzatiladi. 
Yer kurrasi aholisi 2012-yilda 7 milliarddan oshdi. BMT ma‘lumotlariga 
qaraganda, dunyo aholisi 2015-yilgacha har yili 80-85 million kishidan ko‘payib 
borgan. Statistik ma‘lumotlar ko‘rsatishicha, yer shari aholisi asrimiz boshidan to 
hozirgi davrga qadar 3,5 marta ko‘paygan. Aholining tez sur’at bilan ko‘payishi XX 
asrga to‘g‘ri keldi va bu asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga bo‘lmoqda. Agar 
1950-1990 yillarda aholi butun yer sharida yiliga o‘rtacha 1,8 % ko‘paygan bo‘lsa, 
rivojlangan davlatlarda esa bu ko‘rsatkich 0,9 % ni va rivojlanayotgan davlatlarda 
esa 2,1 % ni tashkil qiladi. 2000 yil avval yer sharida 200 million kishi yashagan va 
uning aksariyati Osiyoda joylashgan.
Hozirga kelib yer yuzida aholi quyidagicha tarqalgan: 
• Yevropa (Rossiya Fedaratsiyasining Yevropa qismi bilan 
birgalikda)…...740 mln
• Osiyo (Rossiya Fedaratsiyasining Osiyo qismi bilan birgalikda) 
......4216 mln 
• Afrika ..................................................1051mln.
• Amerika ...............................................942 mln. 
• Avstraliya va Okeaniya .......................37 mln.
BMT prognoziga ko‘ra dunyo aholisi 2000 y. - 6 030 mln., v 2005 y. - 6 550, 
2017 y. - 7536 mln., 2125 g. - 8082 mln. kishiga etadi. 
Rivojlanayotgan davlatlarda aholi ko‘payishining asosiy sababi o‘limning 
keskin kamayishi, tug‘ilish darajasining yuqoriligi hamda o‘rtacha umr ko‘rish 
muddatining oshganligidir. Hozirgi paytda dunyo aholisining deyarli 60 % Horijiy 
Osiyoda, 15 % ga yaqini - Afrikada, 13 % - Amerikada, 11 % Horijiy Yevropada, 
0,5 % - Avstraliya va Okeaniyada, hamda 6 % - MDH tarkibiga kirgan davlatlarda 
istiqomat qilishadi. Aholi sonining tez oshib borishi Afrika va Lotin Amerikasi 
davlatlarida kuzatilib, ularda aholi yiliga 2,5 – 3 % dan ko‘payib bormoqda. 

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling