1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO MIQYOSIDA


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

 
AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO MIQYOSIDA 
GEOGRAFIK TAFOVUTLARI 
Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari. 
Demografik vaziyat ma‘lum davrdagi ma‘lum hududning demografik holati bo‘lib, 
u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi. Aholi 
geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy ko‘rsatkichdir. 
Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni tahlil etganda 
uning mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi sonining juda yuqori 
sur‘at bilan ko‘payib, yoki kamayib ketishi demografik vaziyatni keskin 



o‘zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida aholining sotsial, 
yosh, jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy mutanosiblik, aholi 
tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog‘ining yuqoriligi nikoh va 
tug‘ilish jarayonlariga ijobiy ta‘sir etib, aholi sonining muntazam ko‘payib borishini 
ta‘minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog‘ining yuqoriligi demografik 
vaziyatga o‘ziga hos ta‘sir etadi. Bunday vaziyatda aholi tabiiy o‘sishi kamayib, 
mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi va h.k. Demografik vaziyatni yuzaga 
kelishida demografik jarayonlar alohida ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-
insonlarning hayotida ularning avlodlarini almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan 
voqealarning kechishidir. Asosiy – demografik jarayonlarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh 
va ajralish (nikohning bekor etilishi yoki tugatilishi) kiradi. 
Demografik jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil xususiyatga egadirlar. 
Birinchisi, tug‘ilish va nikoh bo‘lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson 
naslini davom yetishida, aholi sonining ko‘payib borishini ta‘minlovchi-ijobiy 
xususiyatga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi omillardir. O‘lim va ajralish esa aksincha, aholi 
sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta‘sir etuvchi-
kamaytiruvchi omillar hisoblanadi. 
Demografik jarayonlar ta‘sirida aholida har kuni, har soatda turli 
demografik hodisalar sodir bo‘ladi: ko‘plab chaqaloqlar tug‘iladi, aholining ma‘lum 
qismi hayotdan ko‘z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, 
ba‘zi nikohlar esa buziladi, ajralishlar, aholini bir qismi ko‘chib ketsa, yana bir qismi 
esa ko‘chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‘zgarib turadi. 
Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy bo‘lishi muqarrar jarayonlardek ko‘rinadi, 
lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishi juda ko‘p sotsial-iqtisodiy omillar bilan 
bog‘liqdir. 
Bugungi kunda Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik 
mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‘lib, ular - demografik inqiroz‖ holatidadurlar. 
Yevropa bo‘yicha 2017-yilda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti (1000 aholiga 
nisbatan tug‘ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‘limning umumiy koeffitsienti (1000 
aholigi nisbatan o‘lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining tabiiy 
o‘sishi 0,0 ga teng bo‘lgan. Qator davlatlarda esa o‘lganlar soni tug‘ilganlardan 
yuqori bo‘lib, aholi sonini kamayishi, ya‘ni aholining qisqargan takror barpo bo‘lishi 
kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi Latviya, Litva, G‘arbiy 
Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi Belarussiya, Bolgariya, Vengriya
Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya 
kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda demografik inqirozning eng yuqori holati 
Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling