1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


Shved demograf olimi G.Sundbyerg aholining yosh tarkibiga qarab uch


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

Shved demograf olimi G.Sundbyerg aholining yosh tarkibiga qarab uch 
turga bo‘ldi: 
1. Progressiv. 2. Statsionar. 3. Regressiv.
Progressiv - yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (0-14 yoshdagi) 
salmog‘i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) qaraganda yuqori bo‘lgan 
hududlarda kuzatilib ularning aholisi muntazam ko‘payib boradi. Bu yosh tarkibiga 
Afrika va Osiyo davlatlarini kiritsa bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha 15 yoshdan kichiklar 
jami aholining 26 foizini tashkil qilsa, Afrikada 41 foizni, Osiyoda 25 foiz, 136 
Yevropada 16 foizga teng (2017 y.). Bizning respublikamiz aholisi yosh tarkibida 
aynan shu yoshdagilar dunyo ko‘rsatkichidan baland 29 foiz.
Statsionar - yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog‘i 
yoshlar bilan tengdir. Statsionar yosh tarkibida aholi soni bir xil miqdorda turadi. 
Aholining tez kamayishi yoki tez ko‘payishi kuzatilmaydi.
Regressiv - yosh tarkibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog‘i bolalarga 
qaraganda yuqori bo‘ladi. Bunday holda aholi soni asta-sekin kamayib boradi va 
depopulyasiya‖ holati yuz beradi. Aholi - qarib borishi kuzatiladi. Dunyo aholisining 
atigi 7 foizi (2018-yil) 64 yoshdan kattalarga to‘g‘ri keladi. AQSH, Kanada, 
Yevropa, Okeaniya davlatlarining aksariyatida 64 yoshdan katta yoshdagilar 
salmog‘i dunyo aholisining aynan shu yosh tarkibi bo‘yicha umumiy 
ko‘rsatkichidan ustunligi kuzatiladi 
Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari. Irq-bu kishilarning 
tarixiy tarkib topgan yirik hududiy guruhlaridir. Irqlar kelib chiqishiga ko‘ra bir 
bo‘lib, faqat ba‘zi bir tashqi fiziologik belgilariga sochining shakli va rangi, 
tanasining rangi, ko‘zlarining shakli, yuz suyaklarining o‘lchamlari va ayrim 
xususiyatlari, burun, lab tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. Bu irqlar nasldan-naslga o‘tadi. 
Irqiy belgilar odam zoti paydo bo‘lganidan keyin yashash sharoitidagi tafovutlar 
ta‘sirida vujudga kelgan. Odamlarning anatomik va fiziologik hamda ruhiy 
xususiyatlarida irqiy farqlar yo‘q. Irqiy tafovutlar jamiyat taraqqiyotiga ta‘sir 
etmaydi.
Yer shari aholisi uchta asosiy irqqa bo‘linadi. Bular yevropeid, mongoloid 
va negr-avstraloid yoki ekvatorial irqlari. Yirik irqlar, o‘z navbatida, mayda irqlarga 
ham ajraladi. So‘nggi yillarda mutaxassislar ekvatorial irqni ikki mustaqil – negroid 
va avstraloid irqlarga bo‘lishni taklif etmoqdalar. Irqlar – umumiy irsiy morfologik 
va fiziologik belgilarga ega bo‘lgan, tarixiy shakllangan kishilar guruhidir.
Ko‘pchilik olimlar irqlarning kelib chiqishida hozirgi ko‘rinishdagi inson 
bitta markazda, ya‘ni, taxminan O‘rta yer dengizining sharqi, unga qo‘shni hududlar 
– Janubiy Yevropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika va G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lgan, 


10 
degan g‘oyani ilgari suruvchi monotsentristik ta‘limotni yoqlaydilar. Paleolit oxirida 
irqlar ikkita hudud - g‘arb (shimoli-sharqiy Afrika va janubi-g‘arbiy Osiyo) va 
sharqda (janubi-sharqiy va sharqiy osiyo) yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. 
Keyinroq, insoniyat yer shari bo‘ylab tarqalib va o‘zaro qorishib, hozirgi qiyofadagi 
irqlar shakllangan.
Katta irqlar to‘qnashgan hududlarda oraliq va aralash irqiy tiplar vujudga 
kelgan. Oraliq irqlar shu darajada uzoq o‘tmishda shakllanganki, endilikda, ular ikki 
irqning aralashishi natijasimi, yoki katta irqlarning ular bo‘lingungacha bo‘lgan 
xususiyatlarni o‘zida saqlab qolganini aniqlash qiyin. Aralash irqiy tiplar esa
nafaqat, qadimda, shu bilan birga, o‘rta asrlarda hamda yangi va eng yangi tarixda 
yuzaga kelgan.
Oraliq irqlarning tipik vakillari – janubiy Hindistonning dravid tipi hamda 
sharqiy Afrikadagi efiopiya tipi hisoblanadi; aralash tiplarga Amerika metislari va 
mulatlarini kiritish mumkin. Negroid irqi-Afrikada joylashgan. Negroidlar uchun 
qora, jingalak sochlar, qo‘y ko‘z, tez-tez pigmentlashib turadigan teri, zaif yoki 
o‘rtacha rivojlangan uchlamchi jun qoplami, o‘rtacha chiqib turgan yonoq suyagi, 
oldinga kuchli chiqqan jag‘, zaif chiqib turgan keng burun, qalin lablar xarakterlidir. 
Negroid belgilar ko‘proq Sahroi Kabir janubida yashaydigan xalqlar uchun xosdir. 
Shu bilan birga, negroidlarga past bo‘yli Markaziy Afrika pigmeylari, bo‘yi 
nihoyatda past bo‘lgan negrillilar hamda negroid (sochi nihoyatda jingalak) hamda 
mongoloid xususiyatlar (qurigan barg rangidagi sarg‘aygan teri, keng yuz) qorishib 
ketgan janubiy Afrika bushmenlari va gottentotlari tegishlidir.
Yevropeoid irqi-Yevropa, Shimoliy Amerika, Old Osiyo, Shimoliy Amerika 
va Kanada, Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyada keng tarqalgan. 
Yevropeoidlar turlicha tusdagi jingalak yoki to‘g‘ri yumshoq sochi, sariq yoki 
bug‘doyrang terisi, kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, zaifroq chiqib turgan 
yonog‘i va jag‘i, kambar burni, ingichka yoki o‘rtacha qalinlikdagi lablari bilan 
ajralib turadi.
Yevropeoidlar asosan sochi va ko‘zining rangi bo‘yicha ikkita yirik – 
shimoliy va janubiy guruhlarga bo‘linadi. Shimoliy tarmog‘i shimoliy Yevropani 
egallaydi. Janubiy tarmog‘i Yevropaning janubi, shimoliy Afrika, Old Osiyo va 
Shimoliy Hindistondir. Bular o‘rtasidagi farq odamlarning bo‘yi, ko‘zi, sochi va 
terisining rangida. Shimoliy tarmog‘idagilarning bo‘yi baland, rangi tiniq, qirra 
burun bo‘lsa, janubidagilar o‘rta bo‘y, to‘q rang va to‘g‘ri sochi, qoracha ya‘ni, 
bug‘doy mag‘iz terisi bilan ajraladi. 
Shimoliy guruhga terisi kam pigmentlashadigan Skandinaviya va unga 
qo‘shni hududlardagi xalqlar, bug‘doyrang teri, qorasoch, qo‘y ko‘z xarakterli 
bo‘lgan janubiy guruhga – Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Markaziy va 
Janubiy Osiyo xalqlari kiradi. Yevropaning katta qismi oraliq mintaqada bo‘lib, 


11 
undagi xalqlar Yevropeoid irqining na shimoliy, na janubiy guruhiga mansub emas. 
Shimoliy va janubiy yevropeoidlar hamda oraliq guruhlar kishilarning bo‘yi, sochi 
va ko‘zining rangi, bosh shakli bo‘yicha ko‘plab kichik irqlarga ajratiladi. Shimoliy 
guruh tarkibida – atlantika-boltiq va belomor-boltiq irqlari, oraliq formalar tarkibida 
– alp, o‘rta Yevropa, Sharqiy Yevropa irqlari, janubiy guruh tarkibida – o‘rtayer 
dengizi, hind-afg‘on, adriatika (dinar), old osiyo (armenoid), pomir-farg‘ona 
irqlarini kiritish mumkin.
Mongoloid irqi ham yevropeoid irqi singari ikki tarmoqqa bo‘linadi: 
Shimoliy va Sharqiy. Shimoliy mongoloidlarga mo‘g‘illar, tungus-manchjur 
xalqlari kirsa, Sharqiy mongoloidga koreyslar, Shimoliy xitoylar kiradi.
Negroid irqi asosan Afrikada keng tarqalganligi ayon, biroq ma‘lum bir 
jihatdan ular AQSH va Karib havzasida ham uchraydi. Bu irqlar o‘rtasidagi farq 
unchalik katta emas. Janubi-Sharqiy Osiy, Avstraliya va Okeaniyada negroid irqiga 
o‘xshash odamlar yashaydi. Ammo ular ba‘zi belgilariga ko‘ra negroidlardan keskin 
farq qiladi. Shu boisdan, olimlar bularni to‘rtinchi - avstraloid irqi, deb atashmoqda. 
Dunyo aholisining 70 foizini asosan uch irq vakillari tashkil qiladi (yevropyeoidlar-
43,6, mongoloidlar-19,1, negroidlar 6,6 foiz) qolgan 30 foizi aralash va boshqa 
oraliq irqlarga to‘g‘ri keladi
1

Avstraloidlar terisining to‘q rangi, keng burni, ularni negroidlar bilan 
yaqinlashtiruvchi qalin lablari, biroq ulardan farqlantiruvchi to‘lqinsimon sochlari 
(avstraliyaliklar, veddoidlar), kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami 
(avstraliyaliklar), ba‘zan biroz zaiflashadigan pigmentasiya bilan ajralib turadi. 
Boshqa barcha yirik irqlardan farqli o‘laroq, avstraloidlarning alohida guruhlari 
(Avstraliya aborigenlari, papuaslar va melaneziyaliklar, veddoidlar hamda 
negritoslar va aynlar) o‘z irqiy belgilari bilan ajralib turadi. Avstraliya aborigenlari 
pigmentasiya bo‘yicha negroidlarga, sochining shakli va uchlamchi jun qoplami 
rivojlanishi bo‘yicha – yevropeoidlarga yaqin. Avstraloid irqiga mansub belgilar 
yaqqol namoyon bo‘lgan papuaslar va melaneziyaliklarning sochlari negroidlarga 
o‘xshash jingalak.
Avstraloidlarga o‘xshash umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan veddoidlar 
o‘zlarining past bo‘yi, yuz terisining jun bilan kam qoplanganligi, qosh ustidagi 
suyaklari va keng burni bilan ajralib turadi. Nihoyatda past bo‘yli va jingalak sochli 
negritoslar va aynlar genetik jihatdan boshqa avstraloidlarga bog‘liq bo‘lsalarda, 
o‘zlarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ulardan keskin farqlanadi. Ularda deyarli 
barcha katta irqlarning ma‘lum xususiyatlari o‘z aksini topgan (yevropeoidlardan – 
yorqin rangli teri va juda kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, avstraloidlardan 
– keng burun va nishab peshona hamda mongoloidlardan - epikantusning 
1
Брук С.И. Население мира: Этнодемографический спровочник.- М., 1981., с.113 


12 
mavjudligi). Odatda mongoloid, avstraloid va yevropeoid irqlariga mansub belgilari 
bo‘lgan Madagaskar, Gavayi, Polinyeziya va Mikronyeziya aholisining aralash irqiy 
tiplari (Madagaskar aholisi uchun – negroid ham) alohida ajratiladi. 

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling