1. Dunyo aholisi soni va uning dinamikasi. Aholi tabiiy harakati va uning dunyo miqyosida geografik tafovutlari


Aholi soni dinamikasining mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlari


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1415845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UCTyH6yYYgamAdBjWiHlWSeCDaiQ4Y8DMddRQaXa (1)

Aholi soni dinamikasining mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlari. Aholining 
umumiy mutloq (absolyut) soni – ma‘lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning 
ma‘lum vaqtdagi miqdoriy ifodasidir.
Aholi ro‘yxatlari yordamida aholi mutloq sonini o‘zgarishini aniq ifodalash 
mumkin. Aholi mutloq sonidagi o‘zgarishlarda aholi soni muntazam ko‘payib borsa 
ijobiy, agar aholi soni kamaysa salbiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Aholining 
mutloq soni uning tabiiy va mexanik harakatlari asosida doimo o‘zgarib turadi. 
Tabiiy ko‘payishda demografik jarayonlardan tug‘ilish va o‘lim jarayonlari muhim 
o‘rin tutadi. Masalan, O‘zbekistonda aholi soni dinamikasi 1926-2018 yillar 
davomida muntazam ko‘payib kelgan. Demak, aholi soni dinamikasi ijobiy 
xususiyatga ega bo‘lgan, lekin ikkinchi jahon urushi (1941-1945-yillarda) davrida 
aholi soni bir muncha kamaygan va aholi soni dinamikasida salbiy holat kuzatilgan. 



Aholi umumiy mutloq sonini topishda 4 ta asosiy ko‘rsatkichi ishtirok 
etadi, bular:
1) tug‘ilganlar soni;
2) o‘lganlar soni;
3) immigrantlar soni;
4) emigrantlar soni.
Aholi sonidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda -balans tushunchasidan ham 
foydalaniladi. Tug‘ilganlar va o‘lganlar balansi - aholining tabiiy o‘sishidir (ma‘lum 
davrdagi tug‘ilganlar va o‘lganlar soni farqi).
Immigrantlar va emigrantlar balansi - aholining mexanik o‘sishidir. Agar 
aholi soni tashqi migratsiya hisobiga ko‘paymaydigan bo‘lsa – bu mamlakat aholisi 
- yopiq aholi deyiladi, aksincha, tashqi migratsiyaning mavjudligi tufayli, aholi soni 
ko‘payib borsa, bunday mamlakat aholisi - ochiq aholi‖ deyiladi. Aholining tabiiy 
o‘sishi va migratsiya qoldig‘i ma‘lum davrdagi aholi soni o‘zgarishi 
komponentlaridir. Aholi mutloq soni xaqidagi eng aniq ma‘lumotlar aholi ro‘yxati 
o‘tkazish orqali olinadi. 

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling