1. Elektr ta’minoti O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish


Download 252.7 Kb.
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi252.7 Kb.
#1366399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7

Tayanchli- o‘qli osmalarda tortish dvigatelining tayanchi bir tomondan g‘ildirak juftlari o‘qiga ikki motorli - o‘qli podshipniklar yordamida, ikkinchi tomondan esa aravacha ramasining ko‘ndalang to‘siniga prujinalar orqali osib qo‘yiladi. Tortish kuchlari tishli g‘ildiraklar orqali uzatiladi.
Konstruksion tezligi 130 km/soatdan yuqori bo‘lgan lokomotivlarda tortish dvigatellari ramali osmalar bilan aravacha ramasiga yumshatuvchi prujinalar bilan mahkamlanadi. Bunday o‘rnatish dinamik kuchlar ta’sirini kamaytirish va tortish dvigatellari nazoratini yengillashtirish imkonini beradi. Shu qatorda, ramali osishda tortish kuchlarini dvigatel o‘qidan g‘ildirak juftlariga uzatish murakkablashadi, chunki g‘ildirak juftlari aravacha ramasiga nisbatan harakat vaqtida surilib turadi.


5.Teplovozlar va ularning tuzilishi

Teplovozlar xizmat turiga qarab yuk tashiydigan, yo‘lovchi tashiydigan va manyovr turlariga bo‘linadi. Teplovoz quyidagi asosiy qismlardan iborat: birlamchi dvigatel, uzatgichlar, kuzov, ekipaj va yordamchi jihozlar.


Teplovozlarda birlamchi dvigatel sifatida dizel qo‘yiladi. Teplovoz g‘ildiraklari dizelning tirsakli vali orqali maxsus uzatmalar yordamida aylantiriladi. Agar dizel vali to‘g‘ridan–to‘g‘ri g‘ildirak o‘qlari bilan ulangan bo‘lsa, bunday lokomotiv dizelini katta yuklanish ostida ishga tushirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, valni aylantirish tezligi uning quvvatiga mutanosib, ya’ni dizelning quvvati qancha katta bo‘lsa tezlik ham shunga yarasha bo‘ladi.
Uzatgichlar teplovozni joyidan siljitishni ta’minlaydi va dizel quvvatini har xil tezliklarda ham to‘liq ishlatishga imkon beradi. Uzatgichlar –elektrli, mexanik va gidravlik bo‘lishi mumkin.
Yordamchi ta’minot qismlariga quyidagilar kiradi: yoqilg‘i tizimi, moylash hamda sovutish tizimlari va boshqalar.
Ekipaj qism quyidagilardan iborat: aravacha ramasi, g‘ildirak juftlari, buksalar va, ressor osmalari. Ko‘pchilik teplovozlarda rama 2 va 3 o‘qli g‘ildirak aravachalariga 8 yon tomon tirgaklari orqali tayanadi. Asosiy ramaning o‘rta qismida dizel generator uskunasi joylashgan bo‘lib, dizelosti ramasi dizel karteri bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy rama mustahkam payvand konstruksiyadan iborat bo‘lib, unda kabina, kuzov, kuch va boshqa yordamchi jihozlar joylashadi..
2TE10V teplovozi ikki seksiyali, bir-biriga ulangan, bir postdan boshqariladigan uch g‘ildirakli telejkalardan tuzilgan. Kuzovning o‘rta qismida dizel joylashgan. Dizel va generator vali o‘zaro mustahkam bog‘langan. Teplovozning oldi qismida mashinist kabinasi joylashgan. U yerda boshqaruv pulti, kontroller, nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatik lokomotiv signali, radiostansiya va boshqalar o‘rnatilgan.
Mashinist kabinasi shovqindan himoyalangan. Mashinist kabinasi ortida ikkita yuqori voltli kameralar joylashgan bo‘lib, unda reversor, relelar, rostlagichlar va boshqa elektr apparatlar joylashgan.
Teplovozning akkumulator batareyalari dizelni o‘t oldirish, boshqaruv va yorituv zanjirlarini tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ramaning ostki qismiga dizel yonilg‘isi baki joylashtirilgan.



Download 252.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling