1. Elektr ta’minoti O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish


Brigadalarni almashtirish punktlari


Download 252.7 Kb.
bet7/7
Sana19.04.2023
Hajmi252.7 Kb.
#1366399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7

Brigadalarni almashtirish punktlari asosan uchastka stansiyalarida olib boriladi va ushbu punktlar brigadalarning meyoriy beto‘xtov ishlash vaqtini hisobga olib joylashtiriladi.
Ekipirovka punktlari depo maydonida joylashtiriladi. Ayrim hollarda ekipirovka qurilmalari poezdlarni qabul – jo‘natish yo‘llarida joylashib, lokomotivlarni joyida poezddan ajralmagan holda ta’minlash imkonini beradi.
Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari lokomotiv depolarida, lokomotivlarni ortga qaytarish va ekipirovka qilish punktlarida joylashadi.
Lokomotiv depolari, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari, ustaxonalar, ekipirovka va boshqa inshootlarning joylashuvi va jihozlanishi lokomotivlardan unumli foydalanish, belgilangan miqdorda poezdlarning yurishini ta’minlash, lokomotivlardan unumli va sifatli foydalanish, lokomotivlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish va mehnat unumdorligini ta’minlashi kerak. Barcha lokomotivlar temir yo‘l yoki depo balansiga qo‘yilib inventar parkini tashkil etadi. Bu lokomotivlar ishlatiladigan va ishlatilmaydigan parklarga bo‘linadi.
Ishlatiladigan park ishlayotgan (harakatdagi), ekipirovkada turgan, texnik xizmat ko‘rsatilayotgan, qabul qilish va topshirish jarayonida bo‘lgan va poezdga qo‘shishni kutayotgan lokomotivlardan iborat bo‘ladi. Ishlatilmaydigan park esa ta’mirlash jarayonida zahirada turgan, hamda sovuq (o‘chirilgan) holda tashish jarayonida bo‘lgan lokomotivlardan tashkil topadi.


Nazorat savollari
1. Temir yo‘llarda qanday tortish turlari mavjud va ular qanday farqlanadi?
2. Elektrli va teplovozli tortish turlarining xususiyatlari va afzalliklari, qo‘llanish doiralari qanday?
3. Elektrli tortish lokomotivlarining turlari qanday va ularning tuzilish asoslari?
4. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlarning farqi va afzalliklari nimalardan iborat? O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish yo‘nalishlari qanday?
5. Teplovozlar qanday lokomotiv va ularning turlari qanday?
6. Teplovozlarning dizel aylanish energiyasini mexanik tortish energiyasiga aylantirish usuli bo‘yicha farqlanishi va ishlash asoslari.
7. Elektr uzatishli teplovozlarning ishlash xususiyati va tuzilishi asoslarini tushuntiring.
8. Parovoz, gazoturbovoz va boshqa qanday lokomotiv turlarini bilasiz, ularning qo‘llanishi haqida nimalarni bilasiz?
9. Tortish hisoblari nima uchun bajariladi. Poezd massasi nimalarga bog‘liq va qanday hisoblanadi?
10. Lokomotiv xo‘jaligining vazifalari qanday? Lokomotiv xo‘jaligining asosiy ishlab – chiqarish bo‘limlariga nimalar kiradi va ular temir yo‘llarda qanday asosda joylashadi?
11. Lokomotiv deposining vazifasi va turlari qanday? Deponing asosiy inshootlari va tuzilishi?
12. Lokomotiv deposida qanday ishlar olib boriladi? Lokomotivlarni ta’mirlash va ta’minlash (ekipirovka) ishlari nima va qanday bajariladi?
13. Temir yo‘llarda tiklash va o‘t o‘chirish poezdlarining vazifasi nima, ular qaerda joylashadi va ishga qanday shaylanadi?
14.Temir yo‘llarda elektr ta’minoti tizimi qanday?
15.O‘zgaruvchan tokli tortish tizimining xususiyatlari?
16.O‘zgarmas tokli tortish tizimining xususiyatlari?
17.O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish haqida nimalарни биласиз?
Download 252.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling