1. Elektr ta’minoti O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish


Tortuvchi harakat tarkiblarining tasniflanishi


Download 252.7 Kb.
bet3/7
Sana19.04.2023
Hajmi252.7 Kb.
#1366399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7

Tortuvchi harakat tarkiblarining tasniflanishi. Bajaradigan ishiga qarab yuk, yo‘lovchi va manyovr lokomotivlari farqlanadi. Yuk lokomotivlari katta massali poezdlarni yurgazaoladigan tortish kuchini bersa, yo‘lovchi lokomotivlari yengil massali poezdlarni katta tezliklarda tortish uchun mo‘ljallangan,
Elektrlashtirilgan liniyalarda yuradigan motorovagon harakat tarkibi elektr poezdi tarkibiga qo‘shiladigan elektr vagonlaridan iborat bo‘ladi. Elektrlashtirilmagan temir yo‘llarda dizel-poezdlar qo‘llanadi. Lokomotivlardan farqli ravishda motorli vagonlar tortishga va yo‘lovchilarni olib yurishga mo‘ljallanadi.
Poezdni harakatlantiruvchi tortish kuchi dvigateldan g‘ildirak juftlariga aylanish momentini uzatish vaqtida g‘ildiraklarning rels bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Elektrovoz va teplovozlarda tortuvchi elektr dvigatellarining qo‘llanishi yakka va guruhli uzatmalarni qo‘llash imkonini beradi. Yakka uzatmada har bir harakatlanuvchi g‘ildirak jufti o‘zining tortish dvigateli bilan tishli bog‘lanadi. Guruhli uzatmada esa bir qattiq ramada joylashgan g‘ildirak juftlari o‘zaro oraliq tishli uzatmalar yordamida bog‘lanadi.
Bunday lokomotivlarda kuzov massasi harakatlanuvchi g‘ildirak juftlariga tayanchlar, ayrim hollarda ikkilamchi oraliq ressorlari, aravacha ramasi, birlamchi ressorlar va buksalar orqali uzatiladi. Agar g‘ildirak juftlarining soni oltitadan oshmasa, bunday lokomotivlar bir kuzovli qilib ishlanadi va ularni bir seksiyali lokomotiv deb ataladi. G‘ildirak juftlari ko‘p bo‘lganda, lokomotiv kuzovi juda uzayib og‘irlashib ketadi, uning konstruksiyaviy tuzilishi murakkablashib burilish joylaridan o‘tishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunday lokomotivlarni ikki, ayrimlarini alohida uch kuzovli qilib o‘zaro avtoulagich (avtossep) yoki maxsus sharnirli biriktirgichlar yordamida ulaydilar. Bunday lokomotivlarni 2 yoki 3 seksiyali lokomotivlar deb ataydilar. Hozirda 4 seksiyali lokomotivlar ham ishlab chiqilgan. Seksiyali lokomotivlarning ayrimlari poezdni alohida seksiya bilan mustaqil tortish qobiliyatiga ega.
Ekipajda g‘ildirak juftlarining joylashuvi, elektr dvigatellaridan g‘ildirak juftlariga uzatma turi va tortish kuchlarini uzatish usulini lokomotivning o‘qli tavsifi bilan ifodalash qabul qilingan bo‘lib, unda raqamlar bilan g‘ildiraklar juftlari soni ko‘rsatiladi. O‘qli tavsif ifodasida «-» belgisi ikki arava o‘earo birikmasiz bo‘lib, ularning sharnirli (oshiq-moshiqli) bog‘lanishi yo‘qligini va harakatlanuvchi g‘ildiraklardan tortish kuchi lokomotiv avtoulagichiga aravacha orqali uzatilishini ko‘rsatadi.
Agar harakatlantiruvchi g‘ildirak juftlari yakka uzatmali -yetakchi bo‘lsa, u holda o‘qlar sonini ko‘rsatuvchi raqamlar ostiga «0» indeksi qo‘yiladi. Masalan, o‘qli harakteristkasi 30q30 bo‘lgan elektrovozning harakatlantiruvchi g‘ildiraklari yakka uzatmali, uch o‘qli, o‘zaro sharnirli bog‘langan ikki aravachadan iborat. O‘qli harakteristkasi 2(30-30) teplovoz ikki seksiyali bo‘lib, uning har bir uch o‘qli aravachalari o‘zaro bog‘lanmagan, yetakchi g‘ildirak juftlari yakka uzatmali va har bir seksiyasi mustaqil harakatlanish imkoniyatiga ega. Agar seksiyalar alohida yuraolmaydigan bo‘lsa, u holda ushbu o‘qli harakteristika 30 - 30 - 30 - 30 ko‘rinishida bo‘lar edi.
Har xil konstruksiyali lokomotiv va motor vagonli harakat vositalarini alohida harf yoki harflar birikmasi bilan belgilash qabul qilingan. Harakat tarkibining rusumi deb ataluvchi ushbu belgilarga qo‘shimcha kichik indekslar qo‘yiladi. Raqamlar g‘ildirak o‘qlari soni, elektr toki turi, ayrimlari esa g‘ildirak juftlarining relsga bosimi haqida ham ma’lumot beradi. Bir fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrovozlarning rusumlari: to‘rt o‘qlilari uchun VL40 dan VL59, olti o‘qlilari VL60 dan VL79, sakkiz o‘qlilari VL80 dan VL99 gacha belgilanadi. O‘zgarmas tok elektrovozlari: olti o‘qlilari VL19 dan VL39 gacha, sakkiz o‘qlilari VL8 dan VL18 gacha belgilanadi.
Chexoslovakiyada ishlangan va MDH davlatlarida qo‘llanadigan yo‘lovchi poezdi elektrovozlari ChS rusumida yuritiladi. Masalan: elektrovoz ChS 200 soatiga 200 km tezlikda harakatlanadi.
Modernizatsiya qilingan zamonaviy elektrovozlar VL22M, kremniyli tok to‘g‘rilagichi bo‘lgan elektrovozlar VL60K, rekuperativ tormozli VL80 elektrovozi VL80T bilan belgilanadi. O‘zbekiston temir yo‘llarida zamonaviy ____ rusumli elektrovozlar ishlatilmoqda.
Elektr uzatishli teplovozlar TE, gidro uzatishlilari esa TG bilan belgilanadi. Rusum rakamlariga qo‘shimcha xarflar bilan lokomotivning xizmat turi: P–yo‘lovchi, M – manyovr lokomotivlari belgilanadi. Masalan, «Kolomna zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi teplovozlarining rusum tartib raqami 50 dan 99 gacha belgilanadi.
Temir yo‘llarda og‘ir poezdlarni tortishda bir necha lokomotivlarni birgalikda ishlatish keng qo‘llanadi. Shuning uchun ham aksariyat elektrovozlar va teplovozlar ko‘p birlik tizimida ishlash uchun moslab quriladi. Bunday tizimda elektr zanjirlari yordamida mashinistning bir boshqaruv xonasidan lokomotivning barcha seksiyalari yoki bir necha lokomotivlar yagona markazdan, ya’ni bir joydagi mashinist xonasidan boshqariladi. Lokomotivlarning harakati aniq va o‘zaro muvofiqlashgan bo‘lib, har bir lokomotivda alohida mashinist brigadalarining bo‘lishiga extiyoj qolmaydi. Ushbu usul ayniqsa yo‘lovchi oqimlari ko‘p bo‘lgan temir yo‘llarda ko‘p birlik qilib tirkalgan elektropoezdlar yoki dizel- poezdlar yuradigan liniyalarda qo‘l keladi. Elektropoezdlarda har bir seksiya bir motorli va bir necha motorsiz tirkama vagonlardan iborat bo‘lib, ularni bir necha seksiyalari birlashtirilganda ham yagona mashinist xonasidan boshqarish mumkin bo‘ladi.
Muomalada 20 dan ortiq rusum va turdagi elektrovozlar bo‘lib, ulardan VL 80R rusumli sakkiz o‘qli elektrovoz eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Ushbu elektrovoz o‘zgaruvchan tokda ishlaydi, tezlikni o‘zgartirish pog‘onasiz ohista bajariladi, rekuperativ tormozlash tizimiga ega, harakat tartibini tez va qulay o‘zgartira oladi, tog‘li va qiyin profilli sharoitlarda poezdning inersiya kuchidan to‘la foydalanib, energiya sarfini tejash imkonini beradi.
Temir yo‘llarda 25 rusum va turdagi teplovozlar ishlatiladi. Ularning ichida quvvati 5884 kVt, o‘zgaruvchan o‘zgarmas tokli elektr uzatmali zamonaviy teplovoz 2TE121 rusumli bo‘lib, u katta quvvat va o‘ta chidamli kollektorsiz ko‘p fazali sinxron generator bilan jihozlangan.
Hozirda sanoatda lokomotivlarni unifikatsiyalash (bir xillashtirish) ustida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, seksiya quvvati 2206, 2442 va 4413 kVt bo‘lgan yuk teplovozlari, sakkiz o‘qli teplovoz va elektrovozlarning ekipaj qismlari unifikatsiya qilinmoqda. TEM7 rusumli manyovr teplovozi ekipaj qismining unifikatsiya qilinishi saralash tepaliklarida 6000 - 7000 tonna massali tarkiblarni tezkor qayta ishlash va eltib boruvchi poezdlarni tortish imkonini beradi.
Zamonaviy elektrovoz va teplovozlarning ekipirovka ta’minoti orasida poezd massasi va yo‘l profil sharoitlariga qarab 1200 km, texnik xizmat oralig‘ida 1200 dan 2000 km gacha masofani bosib o‘tishlari mumkin.



Download 252.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling