1. Elektrolit eritmalari tuzulishi Tuzlarning gidrolizi
Download 67.5 Kb.
|
Elektrolit eritmalar tuzlarining gidrolizi
HBrH+ + Br− HNO H+ +NO− 33
Ko‘p negizli kislotalar bosqichli dissotsilanadi: H SO H+ +HSO− 244 HSO− H+ +SO2 Kislotalarning umumiy xossalari, ya’ni nordon ma’zaga ega bo‘lishi, indikatorlar rangining o‘zgarishi, asoslar va asosli oksidlar hamda tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodor- od ionini hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Shunga ko‘ra kislotalarda quyidagicha ta’rif beriladi. • Kislotalar deb, dissotsilanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi. 2. Asoslar: Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metall kationiga (ammoniy gidroksidi NH + ioniga) va gidroksid ani- 4 ioniga (OH-) ajraladi. NaOHNa+ +OH− Ca(OH)2 Ca2+ +2OH Suvda eriydigan asoslar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy xos- salar — indikator rangini o‘zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyagasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan OH- ionlari tufaylidir. • Asoslar deb dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH-) hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi. 3. Tuzlar: Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammo- niy tuzlarida ammoniy kationiga NH +) ga va kislota qoldig‘i anioniga ajraladi. 4NaNO 2Na+ + NO− 33 K 2 S O 4 2 K + + S O 42 A l 2 ( S O 4 ) 3 2 A l 3 + + 3 S O 42 − Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda esa kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo‘ladi. NaHSO Na+ +HSO− 44 HSO− H+ + SO2− 44 Tuzlar dissotsiatsiyalanganda, tuzlar uchun umumiy ion hosil bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra tuzlar uchun umumiy xossalar ham yo‘q. Tuzlar deb dissotsilanganda metall kationi bilan kislota qoldig‘i anionini (nordon tuzlarda vodorod kationi ham) hosil qiladigan mu- rakkab moddalarga aytiladi. Ushbu bobni o‘zlastirishda o‘quvchilar fizika fanidan o‘rgangan ele- ktr toki, elektr o‘tkazuvchilar, elektr zanjiri, ketma-ket ulash kabi tus- hunchalarni yodga olishlari zarur bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanish turlari haqidagi BKM larni puxta o‘rgangan bo‘lishlari kerak. DTS larida 8-sinf o‘quvchilari o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan zaruriy bilim, ko‘rikma va malakalar quyidagilardan iborat: Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi, elektrolitlar, ele- ktrolitlarning suvdagi eritmalari, dissotsiatsiyalanish mexanizmi mazmunini bilish; Ion, kation va anion, dissotsiatsiyalanish darajasi va uni aniqlash, suvning dissotsiatsiyalanishi haqidagi tushunchalarni anglash va bilish; Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi nuqtai nazaridan ishqorlar, kislotalar, tuzlarning umumiy kimyoviy xossalarini reaksiya tenglamalari asosida tushuntirib bera olish; Eritmalarda elektrolitlarni ionlarga dissotsiatsiyalanish mexan- izmini bilish va yoza olish; Tuzlarning gidrolizi, gidrolizlanish mexanizmini va mohiyatini bilish, eritma muhitini aniqlay olishni yozib, tushuntira olish. Darsni qiziqarli bo‘lishi uchun hamda o‘quvchilarning aktivligini oshirish maqsadida quyidagi tajribani ko‘rsatish kerak. Darslikdagi 12- ko‘rsatilgan asbob bilan osh tuzi eritmasi va distillangan suvning elektr o‘tkazuvchanligi sinab ko‘riladi. Ketma-ket ulangan zanjirdagi lampochka osh tuzi eritmasida yonadi, distirlangan suvda esa yonmaydi. Nima uchun? Elektr toki osh tuzi eritmasida qanday o‘tdi? Metallarda elektr toki elektronlarning tartibli harakati tufayli o‘tkaziladi. Osh tuzi eritmasida-chi? Ko‘rsatilgan tajriba va qo‘yilgan savollarga o‘quvchilarning fikrini bilgach, mavzuning mazmuni va o‘quvchilar o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan BKM lar reja asosida tushuntiriladi. Metallarda elektr tokini o‘zkazish xususiyati borligini siz yaxshi bi- lasiz. Boshqa moddalar ham elektr tokini o‘tkazadimi? Moddalarni elektr tokini o‘tkazish yoki o‘tkazmasligiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: elektrolitlar va elektrolitmaslar. Eritmalari va suyuqlamalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislatalar, ishqorlar va tuzlar kiradi. Eritmalari va suyuqlamalari elektr tokini o‘tkazmaydigan mod- dalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi. Elektrolitmaslarga kovalent qutbsiz moddalar, metan, karbonat an- gidrid, shakar, spirtlar kiradi. Nazorat savollari: 1. Kimyoviy bog`lanishlar qanday hosil bo`ladi? 2. Kimyoviy bog`lanishning o`ziga xosligi nomalarda namoyon bo`ladi? 3. Kimyoviy bog`lanish qanday turlarga ajratiladi? 4. Kovalent bog`lanish deb nimaga aytiladi. 5. Kovalent bog`lanish qanday turlarga ajratiladi? 6. Kovalent bog`lanish qanday yo`llar bilan hosil bo`ladi? 7. Kovalent bog`lanish qanday xususiyatlarga ega bo`ladi? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 280-293- betlar. 2. Парпиев Н.А., Раҳимов Ҳ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари. Т.: Ўзбекистон. 2000. 134-162 бетлар. 3. Тошпўлатов Ю.Т., Исҳоқов Ш.С. Анорганик кимё. Т.: Ўқитувчи. 1992. 53-56-бетлар. 4. Toshpulatov Yu.T., Raxmatullayev N.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari). T.: TDPU. 2005. 82-90-betlar. 5. Аҳмеров Қ., Жалилов А., Сайфутдинов Р. Умумий ва анорганик кимё. Т.: Ўзбекистон. 2003. 92-131 бетлар. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling