1. Elektromexanikaning qonunlari


Download 466.26 Kb.
bet1/17
Sana08.02.2023
Hajmi466.26 Kb.
#1176634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

1.Elektromexanikaning qonunlari
— elektromagnit kuchlarining hosil bo‘lishi va ulaming elektromagnit maydonida ta'sirlanishidir. Ammo elektromexanika juda keng tushuncha bo‘lib, unga energiyani elektromexanik o‘zgartgich (EEO‘) (elektr mashinalari), elektr yurutmalardan tashqari elektr akustika, magnit gidro va aerodinamika hamda boshqalar kiradi. EEO‘ — juda keng turkumli qurilmalar bo‘lib, u mexanik energiyani elektr eneigiyaga yoki elektr energiyani mexanik energiyaga o‘zgartirib beradi. EEO‘ bir necha MW dan yuz MW gacha bo'lgan quwatlarga ega bo'ladi. Ular ishlatiladigan sohalar turli xil bo‘lib, juda kichik datchiklardan tortib juda katta quwatli o‘zgaruvchan tok generatori sifatida ishlatiladi. EEO‘ laming turli xil bo‘lishi ulaming konstmktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini emas, balki umumiy printsiplami o‘iganishga undaydi. Elektromexanika elektromagnit holat nazariyasi va mexanika orasidagi chegaraviy bo'lim hisoblanadi. Umumiy holat — jism va zarrachalaming harakati, mexanik kuchlaming o‘zaro ta’siri bilangina emas, balki elektromagnit kuchlarining ta'siri bilan ham aniqlanadi. Demak, jism va zarrachalaming harakati elektromagnit maydonida harakatlanayotgan jismning o‘zi elektr zaryadini yoki tokini olib yuradi. Shunday qilib, elektromagnit kuch fazodagi jismning holati va tezligining funktsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun ham EEO‘ laming holatini belgilovchi tenglamalar sistemasini elektr yoki mexanik qismlarga bo'lishning iloji yo‘q
2. Transformatorning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Elektr stansiyalaridan iste’molchilarga elektr energiyani u/atishdagi energiya isroflari liniya simlaridan o‘tadigan tok kuchiga bog‘liq bo‘- ladi. Elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlar kuchlanishining kattaliklari uzoq masofada joylashgan iste’molchilarga elektr energiyani tejamli uzatish uchun ancha kamlik qiladi. Elektr energiyaning ma’lum quvvati (S = ^ U I) ni iste’molchiga uzatishda transformator yordamida kuchlanish U qanchaga oshirilsa, tok kuchi I shuncha marta kamayadi. Bunda: 1) liniya uchun ko‘ndalang kesim yuzasi nisbatan kichik bo‘lgan sim tanlanib, elektr uzatish liniyasini qurishda rangli metallar tejaladi; 2) liniyadagi quvvat isroflari (P'=3I2ri) kamayishi tufayli iste’molchilarga yetkazib beriladigan aktiv quvvat oshadi. Ayrim issiqlik elektr stansiyalarida (IES) o ‘matilgan kuch transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20 kV dan 500 kV ga, ya’ni 25 marta oshirib beradi. Natijada, liniya simlaridagi energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252 =625 marta kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi. Har qaysi elektr stansiyasida kuchl anishni oshiruvchi katta quvvatli transformatorlar o ‘rnatilgan boladi (1.1-rasm). Elektr uzatish liniyasi uzoq masofali va uzatilayotgan quvvat qancha katta bo‘Isa, texnikiqtisodiy jihatdan asoslangan kuchlanish shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, 103 MW quvvatni 1000 km maSbfaga uzatish uchun deyarli 500 kV kuchlanish zarur bbiadi. 0 ‘zgaruvchan tok iste’molchilarining ko‘pchiligi 220, 380 va 660 V kuchlanishlarda, nasos stansiyalarda o ‘matilgan suv nasoslarini yuritadigan sinxron elektr motorlari 10 kV; metallurgiyada qo‘llaniladigan katta quvvatli faza rotorli asinxron elektr motorlari 6 kV, shu sohada ishlatiladigan yirik sinxron elektr motorlari esa 6 va 10 kV kuchla- nishlarda; elektrlashtirilgan ternir yo‘l transportida qo‘llaniladigan elektr motorlari 1,8-3,3 kV kuchlanishda ishlaydi.

Download 466.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling