1. Elektromexanikaning qonunlari


Kuchlanish transformatori


Download 466.26 Kb.
bet3/17
Sana08.02.2023
Hajmi466.26 Kb.
#1176634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
5 Kuchlanish transformatori Kuchlanish transformatorining W1 birlamchi chulg‘ami bir necha ming o‘ramdan iborat bo‘lib, u kuch tarmog‘iga parallel ulanadi, ikkilamchi W2 cho‘lg‘amiga esa o‘lchov asboblari, himoya zanjiri va signalizatsiyaga ulanadi.
Birlamchi U1 kuchlanishning U2 kuchlanishgacha o‘zgartirishi kuchlanish tarnsformatorining birlamchi W1 va ikkilamchi W2 chulg‘amlar sonini nisbati jihatidan muhim rol o‘ynaydi. Ularning nisbati
CHulg‘amlar sonining nisbati kuchlanish transformatorining transformatsiyalash koeefitsienti deyiladi.

RH ning boshqariladigan kuchlanishi haqida ma'lumot birinchi kuchlanish transformatorlaridan (KT) olinadi. KT ning asosiy parametrlari (1-rasm) quyidagilar: nominal birlamchi kuchlanish U1nom (boshqariladigan elektr tarmog'ining nominal kuchlanishiga teng), ikkilamchi kuchlanish U2nom, odatda 100 yoki 100/ V deb qabul qilinadi. Bu qiymatlarning nisbati nominal transformatsiya koeffitsiyenti deb nomlanadi, KUnom = U1nom / U2nom. .
6 Transformatorni Qisqa tutashuv rejimi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am uchlari o‘zaro tutashib, tashqi qarshilik Z2n = 0 bo‘ladi. Transformator uchun bunday rejim nomaqbul rejim hisoblanadi. Bunda ikkilamchi, shuningdek birlamchi tok nominalidan 18- 20 marta ortib ketadi. Bu hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun real sharoitlarda transformatorni qisqa tutashuv tokidan saqlash maqsadida avtomatik ajratkichlar o‘rnatiladi. Transformatorlarni laboratoriya sharoitida tekshirish uchun «qisqa tutashuv» pasaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi.
7 Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda uning chulg‘amlaridan nominal tok o‘tib, chulg‘amlar qiziydi. Keltirilgan quvvat bir qismining issiqlik tarzida atrof-muhitga tarqalishi miss chulg‘amlardagi quvvat isrofi Pm deyiladi, uni transformatorning qisqa tutashuv rejimida ishlash tajribasidan (4.9-rasm) aniqlanadi. Sxemadan ko‘rinadiki, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ampermetr A2 orqali qisqa tutashtirilgan.
Tajriba vaqtida birlamchi chulg‘amga potensiometr P yordamida ikala chulg‘amdan ham nominal toklar (I1 = I 1 nom ; I 2 = I 2 nom) o‘tadigan darajada pasaytirilgan kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi (Uq) deyiladi:
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator nominal kuchla- nishining kichik ulushini (U k ≈ 0,1U1n) tashkil etgani uchun po‘lat o‘zakdagi quvvat isrofi Pn0 deyish mumkin. U holda qisqa tutashuv paytida vattmetr ko‘rsatgan quvvat Pq miss chulg‘amlarning qizishiga sarf bo‘lgan quvvat isrofi P ga teng bo‘ladi, ya’ni:


P k = Pn + · R 1 = 0 + Pm = P mTajribadan olingan ma’lumotlar bo‘yicha transformatorning qisqa tutashuv parametrlarini aniqlash mumkin:
Transformatorni ish rejimii
Transformatorlardan foydalanish jarayonida asosan uch xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ish rejimlari kuzatiladi. 1.Salt ishlash rejimi. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga nominal kuchlanish berilib, ikkilamchi chulg‘am yuklamasiz bo‘lgan rejim uning salt ishlash rejimi deyiladi. 2.Qisqa tutashuv rejimi. Nominal yuklama bilan ishlaydigan transformatorning ikkilamchi chulg‘ami tasodifan qisqa tutashib qolsa, unda bu rejim qisqa tutashuv rejimi deyiladi. Unday holatda chulg‘amdan nominalga nisbatan 10-20 marta katta tok o‘tishi mumkin. Bunda releli himoyalagichlar ishga tushib, uni bir onda elektr tarmog‘ida ajratadi, aks holda transformatorda katta nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. 3.Yuklamali ish rejimi. Bu rejimda transformatorga uning xarakterlovchi kattaliklaridagi yuklamalar ulanib, u nominal holatda ishlaydi. Qisqa tutushuvdagi transformator parametrlarini aniqlash uchun qisqa tutashuv tajribasidan foydalaniladi. Agar salt ishlash rejimidagi transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga Zn yuklama ulansa, yuklama toki (I) 2 hosil bo‘ladi. Bunda birlamchi chulg‘am zanjiridagi kuchlani shlar tushuvi kichik bo‘lganligi sababli xisobga olinmasa xam bo‘ladi. Bu ish rejim yuklamali ish rejimi hisoblanadi. Ikkilamchi parametrlari birlamchiga keltirilgan transformatorni unga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi bilan almashtirish mumkin. Demak, keltirilgan transformatorga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi transformatorning ekvivalent sxemasi deyiladi. Ekvivalent sxema asosida undagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish hamda transformator ulangan elektr tarmog‘ini hisoblash ancha yengillashadi.

Download 466.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling