1. Elektromexanikaning qonunlari


Aktiv va induktiv qarshilik


Download 466.26 Kb.
bet6/17
Sana08.02.2023
Hajmi466.26 Kb.
#1176634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
11 Aktiv va induktiv qarshilik o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga iste’molchi sifatida Om li qarshilik ulangan. Agarda o‘tkazgich metalni o‘tkazgich deb faraz qilsak va undan o‘zgarmas tok o‘tayapti desak, u holda bu qarshilikning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:

bu yerda: ρ — o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi; l- o‘tkazgichning uzunligi, m; S – o‘tkazgichning ko‘ndalang yuzasi, mm2. Bu qarshilik o‘zgarmas tok zanjiriga ulanganda uni Om li qarshilik deyiladi. Agarda bu qarshilik o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, u holda aktiv qarshilik deyiladi. O‘zgaruvchan tokning chastotasi ortib borgan sari o‘tkazgichning aktiv (faol) qarshiligi ortib boradi. Misol uchun, po‘lat o‘tkazgichning diametri 5 mm, uzunligi esa 1 km bo‘lsa, uning qarshiligi o‘zgarmas tokka ulanganda 20 Om ga teng bo‘lsa, 20000 Hz li o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanganda esa 75 Om ga teng bo‘ladi. Shu o‘tkazgichni 50 Hz li o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanganda, uning qarshiligi juda kam miqdorda o‘zgaradi. O‘tkazgichlarning qarshiligi (o‘zgaruvchan tokka ulanganda) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: ro‘z.tok – o‘zgarmas tokka ulanganda o‘tkazgichning qarshiligi, Om; K f — qarshilikni o‘zgaruvchan tokka ulanganda qo‘llanadigan koeffitsiyent. Bu koeffitsiyent qo‘llanmalarda beriladi. Shunday qilib, Om qonuniga asoslanib, zanjirdagi tok quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: U – zanjir uchlaridagi kuchlanish, V; r – zanjirning aktiv qarshiligi, Om.
Zanjirdagi sarf etiladigan quvvat:

Bu quvvat P qarshilikni qizdirishga sarf bo‘lganligi uchun, uni tok I va qarshilik r bilan ifodalash mumkin:

12 Asinxron dvigatelni reactor yordamida ishga tushirish To’g’ridan to’g’ri tarmoqqa ulab ishga tushirish. Kichik va o‘rta quwatli qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ana shunday usul bilan ishga tushiriladi. Bunda motorning stator chulg'ami yetarli darajadagi quwatga ega bo‘lgan elektr tarmog‘iga magnit ishga tushirgich yoki oddiy ulagich yordamida qo‘shiladi va uning tezligi tabiiy mexanik xarakteristikasi bo‘yicha o‘sib boradi. Ishga tushirish toki I ancha katta bo‘lsa ham motor uchun xavfli bo‘Imaydi, chunki ishga tushirish qisqa vaqt ichida kechadi. Ishga tushirish tokining nominal tokdan 5-7 marta katta bo‘lishi va ishga tushirish momentining uncha katta bo‘lmasligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish. Bunday usul bilan ishga tushirishda (1.b-rasm) reaktiv qarshiliklarda ishga tushirish tokiga to‘g‘ri mutanosiblikda boiadigan kuchlanish pasayishi U vujudga kelib, stator chulg‘amlariga pasaygan kuchlanish U1 beriladi.

Download 466.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling