1. Elektromexanikaning qonunlari


Faza va liniya kuchlanishi


Download 466.26 Kb.
bet9/17
Sana08.02.2023
Hajmi466.26 Kb.
#1176634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
16 Faza va liniya kuchlanishi Faza kuchlanishlari va qarshiliklarining ma’lum qiymatlarida har bir faza tokini va quvvat koeffitsientini hisoblab topish mumkin:
Istemolchining faza qarshiliklarini yulduz yoki uchburchak usulida ulash liniya kuchlanishining qiymatiga va istemolchining qanday nominal kuchlanishga mo‘ljallanganiga bog‘liq Nol simning vazifasi. Fazalardagi yuklamalr har xil bo‘lganda nol simda siljish kuchlanishi paydo bo‘ladi(fazalardagi kuchlanishlarning yig‘indisi noldan farqli). Bu kuchlanishning fazalarga qayta taqsimlanishi natijasida ayrim fazada kuchlanish ortib ketadi, ba’zi fazada kamayib ketadi, albatta bu elektr iste’molchilar ishiga salbiy tasir ko‘rsatadi.Shuning uchun, nolinchi sim orqali kuchlanish yana generatorga qaytarib yuboriladi va fazalardagi kuchlanishlar taqsimoti bir xilligi ta’minlanadi. elektr istemolchilari yulduz usulida ulanganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishidan marta katta bo‘ladi
17 Sinxron mashinalarning xalq xojaligidagi ahamiyati Sinxron elektr mashinalar o‘zgarmas tok mashinalari singari generator, motor va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlatish mumkin. Elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan uch fazali tok sinxron generatorlarda hosil qilinadi. Sinxron mashinalar qo‘zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat bo‘ladi. Stator uz navbatida cho‘yan korpus va unga mahkamlangan po‘lat o‘zakdan iborat bo‘lib, bu o‘zak pazlariga uch fazali o‘zgaruvchan tok chulg‘ami joylashtiriladi. Stator o‘zagida uyurma toklardan hosil bo‘luvchi quvvat isrofini kamaytirish maqsadida uni bir-biridan izolyatsiyalangan po‘lat tunukalardan yig‘iladi (12.1-rasm). Sinxron mashinasining rotori ikki tipda, ya’ni ayon va ayon bo‘lmagan qutbli qilib tayyorlanadi. Gidroturbinalar bilan past chastotada aylantiriladigan kichik va o‘rta quvvatli gidrogeneratorlar ayon, bug‘ turbinalari bilan yuqori tezlikda aylantiriladigan katta quvvatli turbogeneratorlar esa, ayon bo‘lmagan qutbli qilib chiqariladi. sinxron mashina. Asixron mashinalar sinusoidal o‘zgaruvchan tokda ishlashga mo‘ljallab ishlab chiqiladi. Ularning ishlash tamoyili uchta chulg‘amdan uch fazali tok o‘tganda aylanma magnit maydonining hosil bo‘lishiga asoslanadi. Hozirda uch fazali o‘zgaruvchan tok asixron mashinalari keng ishlatilmoqda. Asixron mashinalar uch guruhga bo‘linadi: a) kollektorsiz asinxron mashinalar; b) kollektorli asinxron mashinalar. Asixron mashinalar asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: qo‘zg‘almas qism - stator; aylanadigan qism - rotor. Stator va rotor orasida havo oralig‘i bo‘ladi. Bu oraliq sinxron mashinalarda nisbatan kattaroq, asinxron mashinalarda kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar keng ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg‘am; bir fazali mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi. Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi. Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Iqtisodiyotning turli sohalarida millionlab asinxron dvigatellar turli mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar generator sifatida ham, dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida ishlatiladi. O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi sababli ular alohida guruhni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq dvigatel sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash tamoyili o‘zgarmas tok mashinalarining ish tamoyiliga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam ishlatiladi. Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi konstruktiv qismlardir (11.1-rasm) . Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am bo‘ladi

Download 466.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling