1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


Medeya tragediyasi va Argonavtlar qissasi


Download 50.71 Kb.
bet3/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
24mavzu

4.Medeya tragediyasi va Argonavtlar qissasi

Yunon tragediyanavisligiga salmoqli hissa qo'shgan uning Esxil va Sofokldan keyingi yana bir buyuk vakili Yevripiddir.Uning "Medeya"tragediyasi butun bir ruhiy va jismoniy ziddiyyatlar ustiga qurilgan drama hisoblanadi. Tragediya bahodir Yason va intiqom malikasi bo'lmish Medeyaning nafratga aylangan muhabbatiga asoslanadi.Lekin voqealar shunday keskinlashadiki,Yason mol-dunyo,boylik,amal,martaba, obro',shuhrat ketidan quvib pastkashlikka borib o'zining vafodor oilasidan kechib podshoh Kreontning qiziga uylanmoqchi,Kreontdan keyin podshoh bo'lmoqchi. Bunday orsizlik Medeyani xo'rlabgina qolmay uni uyatga qo'yadi,nafratini keltiradi.Shuning uchun Medeya bir sahnada : Elladada qolmabdi ortiq Na nomus na ahd-u paymon. El-yurtini tark etib insof Uchib ketmish falakka tomon,-deya hayqiradi.

Medeyaning qalbida yagona qasos o'ti hukmron.Ammo u cheksiz g'azab ustida ba'zilarday aqlini yo'qotib qo'ymaydi. Hamma qilinajak ishlarini atroflicha o'ylaydi.Biror himoyachi topilmaganiga ,olamda yolg'iz qolganiga qayg'u cheksa-da,ammo bir o'zi tojdorlarga qrshi kurashga tayyor: Madorsiz qoladurg'on bo'lsam mabodo Qismatim sho'r ekan,deya qilich tutaman Va ro'y-rost qilajakman ularni bismil, Bul g'arazdan qaytmagayman,robbano shohid Ko'zimga tik qarasa hamki mash'um Azozil...Farg'ona davlat universiteti dotsenti Rustamova Ibodat Ikromovna o'zining dissertatsiyasida shunday deydi:"Dramatik asarda ishtirok etuvchi obrazlar,shu asarning umumiy g'oyasini ochib berishga xizmat qiluvchi shaxslardir.Bu turda muallif epik turdagi kabi voqea va hodisalarga aralasha olmaydi,ta'rif berolmaydi.Aynan shu mas'uliyatning hammasini bosh qahramon va boshqa ishtirok etuvchilarning zimmasiga yuklatiladi.Shuning uchun Maksim Gorkiy dramani ijodning eng qiyin turi deb bejiz aytmagan."Bundan ko'rinib turibdiki,yunon tragediyasining eng nodir namunalaridan biri bo'lgan "Medeya" asarida ham insonning aqli,his-tuyg'usi,ayol qalbi,ayol matonati go'zal chizgilarda o'z aksini topadi. Dramani o'qiyotgan kitobxonning tasavvur doirasi kuchli bo'lsagina bu go'zallikni anglaydi hamda mushohada yuritadi.
Yaxshi angladikki,Medeya tengsiz aql sohibi,hatto podshohlar tadbiridan yuz marotaba kuchli tadbir qila oladigan zakovat sohibasi.Xo'sh,u nima ucun ona obrazida tasvirlanib o'z farzandlarining qotiliga aylanadi? Gap shundaki, ayol kuchli nafratdan nafaqat aqlini,balki his-tuyg'ularini ham asiriga aylanadi.Buyuk shaxslarning ham muhabbati buyuk bo'lgani kabi Medeyaning nafrati ham hech so'nmaydi.Medeyani olib ketayotgan samo aravasiga ikki ajdaho qo'shilgani tasodifiy emas.Bu har qanday odamning aql-hushini qo'rqitib, mahv etgan jahl,g'azab, nafrat timsoli.

5.Musulmon adabiyotining g’oyaviy motivlari



qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo`lsin, Uyg`onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo`lib xizmat qildi.
Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu yerda ilgari mavjud bo`lgan fan va madaniyat o`choqlarini yo`qotgan bo`lsalar, ko`p o`tmay qadimiy ilmiy an`ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari yetishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo`shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.
Yaqin va o`rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta`sir etdi. Yaqin va o`rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo`ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo`ysungan mamlakatlarning xo`jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o`zaro aloqasi va bir-biriga ta`sir etib borishi katta rol o`ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik rivojlandi.
Bu davrda qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaydi, ko`plab sug`oriladigan yerlar ochildi, sug`orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig`ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to`qildi. Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg`ona, Samarqand va Buxoro to`qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo`lgan.
Qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlariningishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo`l ochdi. Natijada Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko`lami ortib bordi.
Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro`pa uchun ahamiyati beqiyos bo`ldi. Sharq faqatgina Ovro`po madaniyatining rivojiga ta`sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovro`polik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini tarixiy jarayonni tubdan o`zgartirib yubordi. Bu esa o`z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta`sir etdi.
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar–Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishida xalifalikning yemirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o`zgarishlar, albatta madaniy hayotga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi.Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o`sha davrning madaniy markazlari sanalardi.Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o`rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo`lsa ham, arab imlosida yozilar edi.Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o`qiganligi manbalarda keltiriladi.O`sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo`lgan. Kitob do`konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o`tkazganlar. Abu Ali ibn Sino kitob do`konlaridan birida Forobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi.


Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling