1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


J.Rumiyning falsafiy qarashlari


Download 50.71 Kb.
bet6/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
24mavzu

8.J.Rumiyning falsafiy qarashlari

Rumiyning musulmon olamida mashhur asari “Masnaviy” oldindan oʻylangan rejaga ega emas. Uning yagona nizomi erkinlik. Fikr, ruh erkinligi, ifoda erkinligi, holat-kayfiyat erkinligi. Avlodlar “Forsiy Qurʼon” deb atagan bu kitobni u oddiygina qilib “Masnaviy” deb atadi.“Masnaviy” olamni egallashga va oʻz-oʻzini anglashga intilgan inson ruhining taronasi. Asar yozilib, nihoyasiga yetishi bilan uni yodlashga kirishilgan, uni yod bilganlar “masnaviyxon” nomini olgan. “Masnaviy” asosida oʻnlab toʻplamlar, arab, fors, turk tillarida yuzlab jild tahlil va talqinlar bitilgan. Rumiy “Masnaviy” asaridagi murakkab falsafiy muhokama va mushohadalarni “Ichingdagi ichingdadir” asarida ravshan va sodda shaklda tushuntirib bergan. Gegel, Kant, Shopengauyer, Freydlar falsafasi bilan tanish odam “Ichingdagi ichingdadir”ni oʻqisa, hammasi Sharqda allaqachon aytib qoʻyilgan ekanligiga ishonch hosil qilishi tabiiy.Rumiyning gʻazal va ruboiylari ham oʻta maroqli. Uning ruboiylari nafaqat falsafiy qarashlarni, balki samimiy his-tuygʻularni bayon etadi. Oʻqigan kishi koʻnglini goʻzallikka oshno qiladi. U insonni oʻziga tanishtiradi.Jaloliddin uchun muhabbat butun borliqni harakatga keltiruvchi kuch edi. Uning fikricha, don ham, maysa ham, jonivor ham seva oladi. Lekin faqat tana va terisi bilan. Insongina ham jismi, ham aql-idroki, ham xayoli, ham xotirasi ila sevishga qodir.Rumiy ayolga muhabbatni olqishlaydi. Zero, inson oʻziga oʻxshagan insonga muhabbat qoʻyish bilan oʻz ruhiyatini, umuman, insonlik mohiyatini anglab yetadi:


Ayo gʻuncha, qizil qonlar aro sen oʻzni tark etding,
Ayon etgil, nadir sevgi, nadir ul oʻzni tark etmoq!
Rumiy tiyrak va hushyor koʻz bilan dunyoga nazar soladi, insonni qanday boʻlsa, shunday olib oʻrganadi. Inson qalbi toʻridagi eng nozik, eng yashirin sirlarini oshkor etadi, ruhiyat qatlaridagi qonuniyat va zaruratlarni koʻrsatib beradi. Uning asarlarini oʻz-oʻzini, oʻzlikni tanish kitobi deb aytish mumkin.Rumiy asarlarining bu darajada maroq va hayrat bilan oʻqilishiga, jozibadorligiga yana bir sabab isteʼdodli shoir Jamol Kamolning tarjimonlik mahorati, ruboiylarni aruz vazniga solib oʻzbek tiliga oʻgirganidadir.



Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling