1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


XX asr Amerika adabiyotida modernistic oqimlar


Download 50.71 Kb.
bet4/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
24mavzu

6.XX asr Amerika adabiyotida modernistic oqimlar

Modernizm XX asr gʻarb adabiyoti va sanʼatining umumiy tavsifi tarzida bir necha oʻlchovlarda mavjud boʻlib, bizningcha ularni quyidagi mazmunda xulosalash mumkin.Birinchidan, modernizm – bu zamonlar oraligʻidagi tafovutni, “eskilik” va “yangilik” oʻrtasidagi ixtiloflarni oʻz gʻoyaviy qarashlari bosh mezoni qilib olgan yuz yillikning maʼnaviy qiyofasidir. Uning ortida F. Nitsshening “xudolar oʻlimi” falsafasi, Yevropa xaritasini qayta tuzgan siyosiy inqiloblar va ilmiy kashfiyotlar, totalitar tuzumga asoslangan diktaturalar, xunrezlik urushlari, informatsion portlashlar, sivilizatsiyaning koinotga chiqishi kabi global oʻzgarishlar yotibdi. Yanada aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, uning ortida “markazsiz dunyo” (U. B. Yeyts)-ning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan obʼyektiv borliq qonuniyatlarining insoniyat tarixida chuqur ildiz otolmaganligi, mustahkam oʻrnashib ololmagani, epis-temologik dudmolligi hamda muayyan shaklga keltirilgan utopik (ilmga asoslanmagan, amalga oshmaydigan, xomxayol) orzu-umidlar bilan shaklsiz, noaniq antiutopik voqelik oʻrtasidagi hal qilib boʻlmaydigan ziddiyatlarning mavjud ekanligida edi.Dastavval bashariyatni ocharchilik va qashshoqlikni yengishga daʼvat qilgan yigirmanchi asr vaqt oʻtib oʻzining insonparvarlik, yuksalishga intilish, jamoatchilikka tayanish, ilmiy-texnika taraqqiyotining cheksiz rivojlanishiga xayrixoh boʻlish kabi tamoyillariga qarshi turdi, amalda “eskirgan” boʻlib chiqdi. Ayni paytda, umuminsoniy tamoyillarning gʻayriinsoniy tuzum qonunlari oldida erksizligi, voqelikning hardamxayolligi, siyosiy yolgʻon safsatalar, jamiyatning haddan tashqari himoyasizligi va hattoki beʼmaniligi roʻparasida tizilgan odamlarning fojeaviy yolgʻizligi zamoni boʻlib qoldi.XX asrning halokatga yuz tutishi muallifning “metafizikaga ishtiyoqini” kuchaytirgan, yakka tartibda ijod qilishga undagan boʻlsa, ushbu idealizmning dardu gʻamini ham shu alfozda belgilab berdi. Bunday muhitda “sheʼriyatga oʻrin yoʻqligi”(G. Adamovich)ni jahon urushlarida halok boʻlgan, totalitar tuzum tarafidan otib yuborilgan yoki surgun etilgan, aqldan ozib oʻz hayotiga suiqasd qilgan, alamzada holatda ijoddan voz kechgan qator qalamkashlarning fojiali qismatidan, deb tushunmoq lozim boʻladi. Asrning shu kabi ruhini nemis faylasufi T. Adorno quyidagicha taʼriflangandi: “Osvensimdan keyin sheʼr yozish – bu badaviylik (varvarlik) hisoblanadi…” (Minima Moralia. Majruh hayot haqida oʻylar, 1951).



Ikkinchidan, oʻtgan yigirmanchi yuz yillikda kechgan adabiy jarayon koʻpgina raddiyalarga qaramasdan modernizmni inkor etib, bir chetga surib tashlagani yoʻq, aksincha, uni inkor qilish orqali yanada davom etishiga yordam berdi va oʻz doirasiga “modernizmdan tashqaridagi modernistlar” deya hisoblagan mualliflar. S. Kyerkegor, H. Ibsen, G. Melvill, Sh. Bodler, A. Rembo, S. Mallarme, F. Nitsshe, F. Dostoyevskiy, G. Jeyms, A. Strindberg, J. Konrad va boshqalarning asarlarini ogʻdirib oldi. Aksincha, ayrim buyuk nomlar (V. Skott, V. Gyugo, A. de Vini, Ch. Dikkens, A. Tennison, G. Longfello)ning badiiy ijoddagi qadr-qimmati pasaytirildi, boshqalari (G. Flober, E. Zolya, J. Elliot, U. Uitmen, P. Verlen) esa asos-isbotsiz jahon adabiyoti peshsahnasiga chiqarib qoʻyildi. Eng muhimi, modernizm XX asrning asosiy ijodiy kashfiyoti – subʼyektivlikni tadqiq qilishda davom etdi va tezis-antitezis, “modernizm”-”kontrmodernizm” vositasida individual uslubning stilistik imkoniyatlarini amalga tadbiq qildi. Postmodernizm davriga kelib u uslubdan koʻra koʻproq sifat koʻrinishiga ega boʻldi.Uchinchidan, modernizm – aslida bu bir-biri bilan kurash olib borgan, oʻzicha mustaqil harakat qilgan alohida modernistik uyushmalar, manifestlar, dasturlar (masalan Lotin Amerikasida simvolizm oʻzicha modernizm nomini olgandi) majmuasidir. Modernizmning bir jabhasi avangardizmga, yaʼni lingvistika nuqtai nazaridan ilmiy tajribalar oʻtkazishga, sanʼatlar va diskurslar sinteziga, polistilistika (futurizm, dadaizm, syurrealizm, imajinizm, vortitsizm, fransuz “antiromani”, Lotin Amerikasi “sehrli realizm”)ga moyillik bildirgan boʻlsa, boshqa bir koʻrinishi ekspressionizm tarafdorlarini barokko va romantizm anʼanalari bilan, ingliz-amerika modernizmini (J. Joys, V. Vulf, E. Paund, T. S. Elliot, U. Stivens) simvolizm bilan, J-P. Satr va A. Kamyu prozasini ekzistensializm falsafasi bilan yaqinlashtirishga intildi. Bizningcha, faqat modernizm va uning taraqqiyoti kontekstida u inkor etgan “realizm”, “sotsialistik realizm” (A. Barbyus, L. Aragon, I. R. Bexer, M. Andersen-Neksyo, A. Zegers) va postmodernizm fenomenlari adekvat baholanishi mumkin, xalos. Ayni paytda shuni ham taʼkidlash joizki, modernizm adabiyoti matni oʻzining stilistikasi jihatdan ham koʻp qiyofalidir. Bir jihatdan, u XIX asr adabiy oqimlari (romantizm, naturalizm, simvolizm va hokazo) dan uzoqlashgan boʻlsa, ikkinchidan ularga yangi urgʻu va ohanglar (J. Romen, J. Dyuamel) olib kirdi, naturalistik, yaʼni voqelikni tasvirlashda maishiy tafsilotlar, ikir-chikirlar bilan cheklanib, umumlashmalardan qochadigan tasviriy uslub (J.-P. Sartr)ni singdirdi, zarurat tugʻilganda esa, biroz toʻgʻrilab naturalizmni (R. Marten dyu Gar, J. Steynbek) yanada sayqallashtirdi. Shu taxlit traditsionalizm (anʼanaviylik)ning turli koʻrinishlari modernizm bilan olib borgan bahsida modernizmga zarardan koʻra koʻproq foyda keltirdi, shuningdek undagi strukturaviy oʻlchovlar: “klassika” va “romantika”, “realizm” va “abstraksiya”, “milliy” va “baynalmilal”, “shimoliy” va “janubiy” kabi tamoyillarning mavjudligiga diqqat-eʼtiborni qaratdi.



Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling