1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Fermentlarning enzimoreagent sifatida ishlatilishi va unga misollar yozing


Download 1.75 Mb.
bet20/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

43. Fermentlarning enzimoreagent sifatida ishlatilishi va unga misollar yozing.
Fermentlardan analitik reagentlar sifatida laboratoriya tashxisida
qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni
fermentativ usullar yordamida aniqlashdan muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda.
Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va boshqa biologik materiallarda
kam miqdordagi glyukoza, etanol, siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar,
lipidlar, xolesterin, nukleotidlar va boshqalarning miqdorini aniqlashga imkon
beradi. Glyukoza va boshqa uglevodlarni fermentativ aniqlash usullari spetsifik
fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun quyidagi
fermentlardan foydalaniladi:
a) glyukozoksidaza, glyukozani glyukon kislotasi va H2O2 gacha oksidlaydi;
b) geksokinaza, ushbu reaksiyani katalizlaydi glyukoza+ATF → glyukoza-
6-fosfat+ADF
d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida
glyukozolaktongacha oksidlaydi.
Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash keng
tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida eritmada
kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan H2O2 miqdori
bo‘yicha tahlil qilinadi.
Etanolning miqdorini aniqlash alkogoloksidaza yoki
alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza etanolning
havo kislorodi bilan atsetaldegid va H2O2 gacha oksidlanishini katalizlaydi..
Alkogol DG etanolni aldegid va NADH2 gacha oksidlaydi. Keyingi yillarda
etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli yaratilgan.
Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH4+ va CO2 ga
parchalanishiga asoslangan.. Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda foydalaniladi.
Hosil bo‘lgan NH4+ ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka aylanadi va u NH3 ni
sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi. Shuningdek, fermentli membran
elektrodlardan ham foydalaniladi, ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga
joylashtiriladi.
Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham foydalaniladi
(ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash spektrofotometrda NADH2
ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani fermentativ aniqlash uning kislorod
bilan allontoin va H2O2 gacha urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan.
Teshikli shishaga immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi.
Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan foydalanishga
asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi yordamida ketokislota, H2O2. va
NH3gacha oksidlaydi. Bu jarayon elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi
vaqtda laktat, piruvat, 3 – oksibutiratlarni NADH2 konsentratsiyasining
o‘zgarishiga qarab spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab
chiqilgan. Glitserinni aniqlash uchun glitserinkinaza, glitserin-
3fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni topishda
birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza fermentlaridan foydalaniladi.
Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli xolinoksidaza fermentini qo‘llashga
asoslangan. Uning yordamida xolin betain va H2O2 ga parchalanadi. Vodorod
peroksidi peroksidaza usuli bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash
usullari xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan –
4 – ona – 3 va H2O2gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik,
spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi. Fermentlar
bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va spetsifikligini oshiradi,
shuningdek tekshiruv o‘tkazishni soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va
diaforaza qon plazmasida 1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya
qilishga imkon beradi. Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini
topishga imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti qo‘llaniladi.
Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini aniqlash uchun
foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili spetsifik nukleotidkinazalar
yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling