1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Enzimoterapiya, uning turlari va kelajakdagi istiqbollarini yoriting


Download 1.75 Mb.
bet21/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

44. Enzimoterapiya, uning turlari va kelajakdagi istiqbollarini yoriting.
Enzimoterapiya – fermentlardan kasalliklarni davolashda foydalanish:
1. Oshqozon-ichak yo‘lida tegishli bezlardan fermentlar kam ishlab
chiqarilganda (pepsin, pankreatin, festal, panzinorm).
2. Turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini davolashda: tripsin, ximotripsin
va boshqalar.
3. Qon va boshqa suyuqliklarda ferment yetishmaganligida ferment
preparatlari yuboriladi.
4. Tomirlardagi tromblarni eritish uchun (insult, infarkt miokardda)
proteolitik fermentlardan foydalaniladi: fibrinolizin, brinaza, brinolaza
(aktinomitsetlardan), streptokinaza va urokinaza.
5. Zararli o‘simtalarni kompleks davolashda, masalan,
asparaginazalimfoblast leykozlarni davolashda qo‘llaniladi (bu hujayralar
asparaginning yetishmasligiga sezgirdirlar, chunki asparaginsintetaza fermentini
saqlamaydilar). Poliaminooksidaza eksperimental o‘smalarni davolashda
foydalaniladi (ular poliaminlarni oksidlovchi ferment saqlamaydilar, shu sababdan
to‘planishi vujudga keladi).
6. Ferment ingibitorlari o‘tkir pankreatit, artrit, allergik kasalliklarni
davolashda qo‘llaniladi. Xolinesteraza, karboangidraza, monoaminooksidaza va
proteolitik fermentlar ingibitorlaridan foydalaniladi.
45. Enzimodiagnostikada qo’llaniladigan fermentlarni misollar asosida tushuntiring.
Fermentodiagnostika. Qonni plazmasida kasalliklarni tashxis qilish
maqsadida fermentlarni aniqlash. Qon plazmasining ferment tarkibi sog‘lom
organizmda doimiy bo‘lib, ayrim patologik holatlarning vujudga kelishida sezgir
va nozik indikator hisoblanadi. Turli holatlarda kuzatiladi: · Giperfermentemiya. ·
Gipofermentemiya. · Disfermentemiya. Tashxisning fermentativ usullari tibbiyotda
ishonchli vositalardan hisoblanadi va shifokorga, qiyin holatlarda to‘g‘ri qaror
qabul qilishga yordam beradi.
Fermentativ tahlil o‘ta nozik jarayon bo‘lib, boshqa diagnostik testlardan
qolishmaydi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda qon plazmasidagi fermentlarning
faolligini aniqlashda, kasalliklarga tashxis qo‘yishda keng foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda fermentativ tahlil avtomatlashtirilgan va maxsus apparatlarda
o‘tkaziladi. Bunday apparatlarga «Texnikon», «Lab – sistema» va boshqalar kirib,
ular orqali bir ish kuni davomida ikki yuzga yaqin kasallikni aniqlash mumkin.
Tashxisning fermentativ usullari boshqa tashxis usullaridan farqli ravishda
spetsifik bo‘lib, kasallikning turli bosqichlarida foydalaniladi. Bu usullar quyidagi
afzalliklarga egadirlar: qondagi ferment spektorlarining yuqori darajadagi a’zoga
nisbatan spetsifikligi. Qonda qator fermentlar faolligining ortishi hayot uchun
muhim bo‘lgan a’zolarning og‘ir jarohatlanishi, hujayralarning halok bo‘lishi,
membranalar o‘tkazuvchanligining buzilishi haqida xabar berishi mumkin. Bunday
fermentlarga kiradi: LDG, β-oksibutiratDG, izotsitratDG, MDG, α-
glitseratdegidrogenaza, fosfogeksoizomeraza, 1,6 – fruktozodifosfataza, AST, ALT
va boshqalar. Hozirgi vaqtda ayrim kasalliklarning ishonchli ferment
simptomlarini aniqlashga keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: o‘tkir gepatitlar
AST va ALTlarning faolligi oshishi bilan xarakterlanadi. Mexanik (obturatsion)
sariqlik uchun ishqoriy fosfataza, aminotransferazalar faolligining oshishi xosdir.
Qonda fermentlar faolligini aniqlash differensial-diagnostik ahamiyatga egadir.
Fermentodiagnostika yordamida infarkt miokard yurak faoliyati funksional
o‘zgarishlaridan farqlanadi. Yurak infarkt miokardi uchun LDG, AST, izotsitrat–
DG, 1,6 – fruktozo–difosfataldolaza va kreatinkinazalar faolligining oshishi
xarakterlidir. Ferment testlarining izofermentlarini aniqlash orqali tashxis
qiymatini oshirish mumkin. Qon va orqa miya suyuqligida glikoliz, aminokislota
almashinuvi fermentlarini aniqlash, o‘simtalar bilan jarohatlanishning tashxis
imkoniyatlarini kengaytiradi va biopsiya materialida biokimyoviy o‘zgarishlarni
topish morfologik o‘zgarishlardan avval vujudga kelishini hisobga olganda bu
kasalliklarga barvaqt tashxis qilishga imkoni tug‘iladi. Turli kelib chiqish
sabablariga ega bo‘lgan leykozlarni tashxis qilishda purin nukleotidlari
almashinuvida ishtirok etadigan adenaza fermentining faolligi trombotsitlarda
aniqlanadi. Ushbu ferment sog‘lom odamlar trombotsitida bo‘lmaydi va faqat
leykozdagina mavjuddir. Bu test kasallikni boshlang‘ich davrida aniqlashga imkon
beradi va o‘z vaqtida davolashni o‘tkazish mumkin. Davolashning samaradorligini
ham trombotsitlarda adenazaning faolligini aniqlash orqali ko‘rish mumkin.
Davolash yaxshi natija bersa fermentning faolligi sezilarli darajada pasayadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling