1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Enzimopatologiyaga misollar keltiring va ularni ta’sir etish mexanizmlari bilan tushuntiring


Download 1,75 Mb.
bet22/36
Sana06.05.2023
Hajmi1,75 Mb.
#1433617
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

46. Enzimopatologiyaga misollar keltiring va ularni ta’sir etish mexanizmlari bilan tushuntiring.
Enzimopatologiya. Ko‘pchilik kasalliklarning rivojlanish mexanizmi
to‘qima va a’zolarda fermentlar faolligining o‘zgarishiga asoslangandir. Ma’lum
guruh kasalliklar borki, ularda organizmning normal ferment statusi o‘zgargan
bo‘ladi.
Kasalliklarda fermentlar faolligining o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq
bo‘ladi:
1. Fermentativ jarayon ayrim zvenolarining konstitutsional pasayishi (irsiy
enzimopatiyalar) natijasida fermentlar sintezining yo‘qolishi.
2. Fermentlar biosintezini pasaytiruvchi toksik omillar.
3. Alimentar omillar (vitamin, oqsil, mikroelementlarning yetishmasligi,
ovqat ratsionida o‘zgarishlar).
4. Fermentativ jarayonlarning hujayra ichida sodir bo‘lishining buzilishi.
Enzimopatologiya o‘z ichiga inson patologiyalarining deyarli barchasini oladi,
chunki fermentativ o‘zgarishlar bo‘lmagan kasalliklarni mumkinligini tasavvur
etish qiyin. Enzimopatologiya nuqtai nazaridan patologik jarayonning kelib
chiqishini quyidagicha tasavvur etish mumkin: kasallikni vujudga keltiruvchi
etiologik omil, bir yoki bir necha ferment sistemalarining ishini izdan chiqaradi.
Tegishli modda almashinuv jarayonlarining kechishi to‘xtaydi, natijada o‘ziga xos
simptomga ega bo‘lgan kasallik vujudga keladi.
Yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik patologiya, diabet, homiladorlar
toksikozi, asab kasalliklari patogenezida a’zo va to‘qimalardagi oqsil, nuklein
kislota, uglevod, lipid, aminokislotalar biokimyoviy o‘zgarishlarining yemirilib
borishi isbotlangan. Pankreatit, kuyish travmasi, nefroz, allergik va boshqa
kasalliklarda kallikrein – kinin sistemasi funksiyasining buzilishi aniqlangan.
Enzimopatologiyani tekshirish bo‘yicha ishlar kengaymoqda, xususan patologik
holatlarda fermentlar faolligi va sintezini boshqarishning o‘ziga xos tomonlari
o‘rganilmoqda:
Etiologik omil

Ferment sistemalari ishining buzilishi

Metabolik yo‘llarning bloklanishi

Kasallikning rivojlanishi

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling