53. Sitoxromoksidaza fermentining klassifikatsiyasi, tuzilishi va xossalarini yozing.
Sitoxrom c oksidaza 1.9.3.1 EC
• 1. Oksidazalar sinfi
• 9 gem guruhi harakati donorlari kichik sinfi
• 3. kislorodning sifat akseptorlari kenja sinfi
• 1. sitoxrom C oksidaza
Sistematik nomi: Ferrositoxrom c kislorod oksireduktaza
Sitoxromoksidaza (cytochromoxidase) grekcha cyto-hujayra,
Chroma - rang va oxygenium –kislota yaratuvchi degan ma’noni anglatadi.
Sitoxrom oksidazani birinchi bo’lib 1929-yilda nemis olimi Otto
Varburg tomonidan topilgan. U birinchi bor bu fermentni Atmungs ferment
yoki “nafas fermenti” deb nomlaydi va 1931-yilda meditsina
fiziologiyasidan “butun tabiatning nafas olish mexanizmi ochilishi”
maqolasi uchun “Nobel” mukofotiga sazovor bo’ladi.
Sitoxrom turlari:
Sitoxrom a – gem guruhda metil guruhini o’rnini bosadigan formil guruh
mavjud.
Sitoxrom b – gem guruh gemoglobin va mioglobinga o’xshaydi, ammo oqsil
gem bilan bog’lanmagan.
Sitoxrom c – kovalent bog’ orqali oqsil gemga birikadi. Kichik, suvda
eruvchi oqsil.
Sitoxrom d – digidroparfirin guruhi mavjud.
Ba’zi sitoxromlar (b, c1, a, a3) katta integral membrana oqsil
komplekslarining bir qismidir (masalan, kompleks III).
Sitoxrom c evalutsion ravishda saqlanib qolgan yadro bilan kodlangan
mitoxondiryal oqsil bo’lib, uning tarkibida sut emizuvchilarning tarkibidagi
104 ta aminokislotalar mavjud. U diametri 50-100 A bo’lgan granulalardan
tashkil topgan. Sitoxrom oksidaza turli fosfolipidlarni o’z ichiga oladi.
Shuningdek tarkibida Cu va Fe mavjud bo’ladi. Sitoxrom oksidaza har biri
bitta gemni o’z ichiga olgan 3 ta subbirlikdan iborat bo’ladi. Har birining
molekulyar og’irligi 120 kDa bo’lgan 2 ta sitoxrom birlik va 60 kDa
molekulyar og`irlidagi bitta sitoxrom a3 birligi. U to'rtta sitoxrom C
molekulasining har biridan elektronni oladi va ularni bitta dikislorod
molekulasiga o'tkazadi, molekulyar kislorodni ikki suv molekulasiga
aylantiradi. Bu jarayonda u to'rtta protonni ichki suv fazasidan bog'laydi,
ikkita suv molekulasini hosil qiladi va ATF sintazining ATF sintezi uchun
foydalanadigan proton elektrokimyoviy potentsialining transmembran
farqini oshirib, membrana orqali yana to'rtta protonni harakatga keltiradi.
Tarkibida ikkita Gem (a va A3) va ikkita mis (CuA va CuB) ionlarini o'z
ichiga olgan murakkab oqsil. Eukariotlarda mitoxondriya membranasida,
prokariotlarda-sitoplazma membranasida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |