1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Ureaza fermentining klassifikatsiyasi, tuzilishi va biologik ahamiyatini yozing


Download 1.75 Mb.
bet26/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

50. Ureaza fermentining klassifikatsiyasi, tuzilishi va biologik ahamiyatini yozing.
(karbamidogidrolaza; KF 3.5.1.5)
Ureaza mochevinaning gidrolizini katalizlaydi:
CO(NH₂)₂ + Н₂О → 2NH₃+ СО₂
Bu ferment uchun kofaktor sifatida Ni (2+) reakciyada ishtirok etadi.
Ureaza fermentining klassifikasiyasi:
3. Gidrolazalar sinfi,
5.Amidogidrolazalar kichik sinfi,
1. To`g`ri chiziqli amidlar kenja sinfiga kiradi.

5. Ureoamidogidrolaza
Ureaza fermenti 840 aminokislotalar molekulasidan iborat, shulardan
90 tasi sisteinga tog`ri keladi. Optimal pH – 7.4; optimal harorat 60 C ga
teng. Alfa va betta subbirliklaridan iborat.
Ureaza termini lotincha urea - mochevina so'zidan kelib chiqqan. 1926 –
yilgacha fermentlarning oqsil tabiatga egaligi haqida hech qanday ma'lumot
bo'lmagan. Faqatgina 1926- yilda Djeyms B.Samner (1887-1955) Kornell
Universitetida ishlovchi, soya dukkaklaridan toza holda ajratib, ureaza
fermentining kristall formasini olishga muvaffaq bo'ldi.
Bu ferment tabiatda keng tarqаlgan. Uning manbalari turli xil
mikroorganizmlar, masalan:






helikobakteriyalar
sut kislotali bakteriyalar,
zamburug`lar,
umurtqasiz hayvonlar.

Ureaza o'simliklarda uchraydi (dukkakli o'simliklar, tarvuzning urug`i va
boshqalar), ammo hayvon to'qimalarida uchramaydi.
Ureaza azotning tabiatda davriy aylanishida ishtirok etuvchi ferment
hisoblanadi. Bu ferment tuproq mikroorganizmlarida uchramaganida, odamlar
va hayvonlar tomonidan ajralib chiqadigan mochevinani tuproq tozalay olmagan
bo'lar edi. Oddiy hisoblashlarning ko'rsatishicha, odamlar populyasiyasining o'zi
har yili 50 mln. tonna atrofida mochevina ishlab chiqaradi. Mochevinaning bu
barcha massasi, tuproq va suvga tushib, bakterial ureaza yordamida karbonat
ammoniygacha ishlanadi, bu esa o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi yoki nitrit
yoki nitratlargacha oksidlanganda (nitrifikasiya) o'zlashtiriladi.
Shunday qilib, mochevina tarkibidagi azot o'simlik oqsillari tarkibiga kiradi,
so'ngra bu oqsillar bilan hayvon va odamlar oziqlanadi. Shuning uchun ham
tuproq mikroorganizmlarining ureazasi – biologik azotning mineralizasiyasida
asosiy ferment hisoblanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling