1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va mazmuni. Falsafa yunoncha — «donishlikni sevish»


“Avesto”-qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy ensiklopediyasi


Download 95.18 Kb.
bet4/29
Sana04.02.2023
Hajmi95.18 Kb.
#1157256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
falsafa savol va javoblar (3)

6.“Avesto”-qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy ensiklopediyasi.
«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.
Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

  • Yasna («Diniy marosimlar»),

  • Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

  • Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),

  • Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
<>da shaxsning ahloqiy hislatlari, haqgo’ylik, adolatlilik ulug’lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o’zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo’lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Avestodagi ko`p ma’lumotlar asosan og`zaki tarzda valoddan-avlodga o`tib kelgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axmoniylar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidga saqlangan. Makedoniyalik Iskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuydirib yuborilgan.



Download 95.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling