1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog‘informing taqsimotchisi sifatida
Download 0.61 Mb.
|
Tuproqshunoslik shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Moddalar migratsiyasida relyefning roli
10. Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog‘informing taqsimotchisi sifatida Relyef- tuproq hosil boiishi va tuproqlaming geografik joylashishida muhim omildir. U yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlami qayta taqsimlanishida yetakchi rol o‘ynaydi. Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi va atmosfera yoginlari relyef shakllariga monand tarzda qayta taqsimlanadi. Radiatsiyaning qayta taqsimlanishi turli yonbagirlaming tikligi va ekspozitsiyasiga bogiiq. Shimoliy yarim shaming barcha kengliklarida shimoliy yonbagirlar yilning barcha mavsumlarida eng kam radiatsiya oladi va sovuq boiadi. Masalan, Tyanshanning shimoliy yonbagirlari qishda janubiy yonbagirlariga qaraganda 10- 15 marta kam quyosh radiatsiyasi oladi, yozda esa -1 ,5 marta kam. Baykalorti (Buryatiya)da kunduzi 20 sm chuqurlikdagi tuproq haroratining farqi shimoliy va janubiy yonbagirlarda may-iyunda 2-9 °C, iyulda esa 4-7 °C ni tashkil etgan. Eng issiq yonbagir holati ham yil davomida o‘zgaradi. Yanvardan martgacha yuqori harorat janubi-g‘arbga to‘g‘ri keladi, keyin zudlikda janubi-sharqqa o‘tadi. Yoz va kuz mobaynida yana janubig‘ arb, ya’ni orqaga qaytadi. Turli ekspozitsiyali yonbagirlarda tuproqning issiqlik tartibining xususiyatlari ularning suv tartibi va o‘simIiklar xarakteriga ta’sir etadi, bu o‘z o‘rnida relyef sharoiti bilan bogiiq tarzda tuproqlarda sezilarli darajada farqlanishga olib kelishi mumkin. Relyefdagi xilma-xillik yer usti suvlari oqimiga ta’sir etib, yer yuzasida atmosfera namligini qayta taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Yoqqan yog‘in relyefning baland qismlaridan pastqam joylar tomon oqadi, shu tarzda relyefning balandroq suvayrig ich qismlari odatda atmosfera yog‘inlarimng ma’lum qismini yo‘qotadi, pastqamliklardagi tuproq esa yuqoridan oqib keladigan suv husobiga qo‘shimcha namlik oladi. Bu jarayonni Yer yuzasining deyarli hamma qismida uchratish mumkin, chunki amalda mutlaq tekis maydonlar kamdan-kam hollarda uchraydi.
11. Moddalar migratsiyasida relyefning roli Yerning yuza qismidagi oqim, qorlaming erishi va yorng'ir suvlari natijasida tuproq qatlamining yuqori qismi yuviladi va oqiziladi hamda suv bilan araiashgan tuproq zarrachalari nisbatan pastqamlik joylarga yotqiziladi. Tuproq yuvilishi (eroziya)ning jadalligining muhim omillari: 1) yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining miqdori va xarakteri; 2) yonbag‘ir ekspozitsiyasining qiyaligi, uzunligi, shakli, yuzasining holati (o‘simliklar bilan qoplanganligi, mikrorelyef va b.); 3) tuproqning xossalari (suvni shimish qobiliyati, tuzilmalarining eroziyaga qarshi barqarorligi va b.) hisoblanadi. Yog‘inlar yog‘ishining jadalligi yuviladigan tuproq miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayova shtati (AQSH)da eroziyani o‘rgangan G.M.Braunning ma’lumoti bo‘yicha ikki soat mobaynida yoqqan kuchli yomg‘ir (101,6 mm) natijasida 9° qiyalikdagi changli qumoqli tuproqda yuvilish 179,20 t/ga ga yetgan. Eroziya nafaqat tuproq qoplamini buzadi, balki yonbag‘irlardan keltirilgan yuvilgan kimyoviy moddalar tufayli yer usti suvlarini ham ifloslantiradi, kichik daryolaming degradatsiyasiga sabab bo‘ladi, umuman atrof-muhitning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Relyef elementlari bo‘yicha namning qayta taqsimlanishi bilan nurash va tuproq hosil qiluvchi suvda eruvchi mahsulotlar migratsiyasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Shunday qilib relyef, nurash va tuproq hosil qiluvchi mahsulotlar hamda suvning yer yuzasida qattiq va suyuq ko‘rinishda ko‘chib yurishida muhim rol o‘ynaydi. Nurash po‘stining asosiy turlari - qoldiq va akkumuliyativ jinslar taqsimlanishi bevosita geomorfologik sharoitga bogiiq boiadi. Nurash po‘stining qoldiqlari suvayrigichlarga xos boiib, akkumulyativ jinslar suvayrigichdagi nurash po‘stining rivojlanish fazalariga bogiiq tarzda yonbagir bo‘ylab maium tartibda joylashadi. Eruvchan moddalar migratsiyasida nafaqat relyefiiing tashqi shakli, shu bilan birga uning genetik tabiati ham ahamiyatga ega. Bu holat gipergenez zonasida moddalaming migratsion jamyonlarini o‘rganishda geomorfologik tahlil rolini birinchi darajali ekanligini bildiradi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling