1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari
Download 0.61 Mb.
|
Tuproqshunoslik shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 „Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullari
1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalariTuproqshunoslikda Dokuchayevning genetik tamoyillariga asoslangan tuproq-geografik tadqiqotlar Rossiya va sobiq ittifoq hududlarida keng quloch yoza boshladi, natijada tuproqlar geografiyasi alohida tabiiy - ilmiy fan darajasiga erishdi. Birinchi tuproq geografiyasi kafedrasi XX asming 20-yillarida S.S.Neustruev boshchiligida Leningrad (Sankt-Peterburg) davlat universitetida tashkil etildi, olim tomonidan „Tuproqlar geografiyasi elementlari” nomli birinchi darslik yaratildi (1930-1931). 1939-yilda Moskva davlat universitetining geologiya-tuproqshunoslik fakultetida, 1946-yilda Voronej universitetida ham „Tuproqlar geografiyasi” kafedralari tashkil etildi. Ushbu kafedralaming tashkil etilishi bilan tuproqshunoslar va geograflar uchun muntazam darsliklar chop etila boshlandi. Fan nuqtayi nazaridan uning maqsadi tuproqlaming geografik va ekologik jihatlarini chuqur bilish hamda tuproqlaming geografik tarqalish qonuniyatlarining mohiyatini anglashdir. Ushbu fanning o'qitilishidan ko'zda tutilgan maqsad esa tuproqlaming hosil bolish omillarini va sharoitlarini, tuproqning tabiat komponenti sifatida boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqadagi o'rni va ahamiyatini hamda o'ziga xos xossalari to‘g‘risidagi bilimlami berishdir. Tuproqlar geografiyasining asosiy vazifasi tuproq qoplamining zonal-regional hamda landshaft-ekologik xususiyatlaridan kelib chiqib undan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari hamda amaliy tavsiyalami ishlab chiqish hisoblanadi.2 „Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullari2 „Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullariTuproqlar geografiyasi keng qamrovli tabiiy - ilmiy fan sifatida ko‘p!ab boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi. Xususan, qaysiki ularning yutuqlari hamda tadqiqot usullaridan bevosita foydalanadigan fundamental fanlar (fizika, kimyo, matematika), tabiiy, qishloq xo‘jalik, iqtisodiyot, shuningdek, biologik-geologikgeografik fanlar (geologiya, tabiiy geografiya, geobotanika, biologiya, mikrobiologiya va b.) shular jumlasidandir. Tuproqlaming paydo boiishi, rivojlanishi, tarkibi, tuzilishi, xossalari va geografik tarqalishi kabi murakkab jarayonlami o‘rganishda tuproqlar geografiyasi qator tadqiqot usullari tizimiga tayanadi. Ulardan asosiylari: qiyosiy - geografik, qiyosiy - analitik, kartografik, distansion usullar hisoblanadi. Qiyosiy — geografik usul tuproqlarni o'rganishda albatta majmuali yondoshuvni taqozo etadi. A.A.Rode yozganidek, qiyosiygeografik usul va uning birlamchi ko‘rinishi tuproqshunoslikning rivojlanishida ulkan rol o‘ynagan. Bu tuproq hosil bo‘lishida V.V.Dokuchayev tomonidan aniqlangan eng kuchli iqlim omili ham aynan shu usulni qocllashga tayangan. Shu usul tufayli olim tuproqlaming asosiy guruhlarini ajratishga ham muyassar bo’lgan. Shu o‘rinda ushbu usulning asoschisi bobomiz Zaxiriddin Muxammad Bobur boiganliklarini ham eslatib o‘tmoq lozim. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamini o‘rganishda distansion usulning ahamiyati orta boshladi. Koinotdan olingan va aerofotosuratlar tuproq xaritalarini tuzishda va yer resurslarini baholashda keng qoilaniladigan boidi. Bunda tuzilgan xaritalaming aniqlik darajasi ortishi bilan birga awalgi an’anaviy usulda bajarilishiga nisbatan tuproq-xaritashunoslik ishlaming narxi pasaydi. Tuproqlar geografiyasi nazariyasini rivojlantirishda tuproq qoplami bilan joyning quruqlik yuzasining geologik tarixini evolyutsion-genetik aloqadorlikda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo‘nalishning mohiyati V.V.Dokuchayevning mashhur „Rus qora tuprog‘i” asarida yetarlicha asoslangan. XX asrning ikkinchi yarmida tog‘ jinslari va tuproqlaming yoshini aniqlashda yangi usullarning paydo boiishi, paleotuproqshunoslik va paleogeografiya, to'rtlamchi davr geologiyasi hamda paleobotanika, geokimyo va litologiyadagi yutuqlar tufayli evolyutsion – genetik aloqadorlikning mohiyati sezilarli darajada kengaydi. Kartograflk usul tuproqlar geografiyasida azaldan foydalanib kelinsa-da, tuproqning ifloslanishi va buzilishiga makonda turli sabablaming bisyorligi bu murakkab jarayonlami kartograflk tadqiq qilishni zarurligini hamda istiqbolli ekanligini taqozo etadi. Shu tufayli tuproqlami xaritalashtirishda tuproqlami muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish xaritalarini yaratish bo‘yicha yangi yo‘nalishlami rivojlantirish lozim.Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling