1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari


Download 0.61 Mb.
bet3/17
Sana04.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1164689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Tuproqshunoslik shpargalka

3.Maxmud Qoshg‘ariy o‘zining 1074-1077-yillarda yozilgan “Deyon” to‘plamida ekspeditsiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif beradi. Ushbu to‘plamda qora tuproq, ocsimliklarsiz, sho‘rlangan yerlami - chalang yer; unumdor, yaxshi yerlami - sag‘izli yer; toza tuproq, sog‘lom tuproqni - sag'izli tuproq; o‘simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlami - toza yer; yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yemi - qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan yerlarni - qazg‘on yer deb tavsif beradi. XVIII asming o'rtalariga kelib shved olimi I.Valleriusmng „Dehqonchilikning kimyoviy asoslari haqida” nomli monografiyasi nashrdan chiqadi. Shunda qora tuproq to‘g‘risida birinchi marta yod olinadi. XIX asr boshlarida tuproq to‘g‘risida ko’plab ma’lumotlar yigilgan boisada, ulaming aksariyati agronomik tadbirlar bilan bogiiq edi. Nemis olimi T.Teyer o‘zining „Samarali dehqonchilik asoslari” („Основы рационального земледелия”) kitobida: „Sayyoramizning ustki, qaysiki biz tuproq deb atovchi g‘ovaksimon materiya favqulotda turli xil moddalar qorishmasidan tashkil topgan’iigini qayd etadi. Rossiyada tuproq to‘g‘risidagi fanga munosib hissa qo‘shgan olim M.V.Lomonosovdir (1711-1765). U tuproqlaming paydo boiishi, xossalari va geografik xilma-xilligini o‘zining 1763 yilda nashr etilgan „Yer qatlamlari haqida” („О слоях земных”) asarida bayon qildi. Tuproq, tog’ jinslariga organizmlar dunyosi ta’siri natijasida vujudga kelishi to4g4risidagi tezisni bundan qariyb 250 yil avval shakllantirgan. LP.Gerasimov (1905-1985) - geograf, tuproqshunos, geomorfolog va tabiiy geograf Dunyo bo‘yicha ko‘plab ekspeditsiyalarda qatnashgan. Tuproqshunoslikda L.I.Prasolovning tuproq provinsiyalari (fatsiya) to‘g‘risidagi g‘oyalarini rivojlantirgan. Uning rahbarligida dunyoning yangi umumlashtirilgan tuproq xaritalari tuzilgan. Hozirgi zamon tabiat zonalari to‘g‘risidagi ishlari diqqatga sazovor. Tuproqlar geografiyasining alohida yo‘nalishi hisoblanmish tuproq - geografik rayonlashtirish Rossiyada XX asrning 50-yillaridan sezilarli darajada rivojlandi. Umuman tuproqlar geografiyasining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar safiga yana quyidagilarni kiritish lozim: P.A.Letunov, N.N.Rozov, G.V.Dobrovolskiy, I.S.Urusevskiy, M.A.Glazovskaya, V.A.Kovda va boshqalar.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling