1. Fanning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari


Tuproqlaming morfologiyasi va kimyoviy tarkibi


Download 0.61 Mb.
bet11/17
Sana04.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1164689
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Tuproqshunoslik shpargalka

12. Tuproqlaming morfologiyasi va kimyoviy tarkibi Tuproq morfologiyasiga oid usullar ham bevosita V.V.Dokuchayevning dala ilmiy tadqiqotlari bilan bogiiq. Tuproq qoplamining o‘ziga xos morfologik belgilari quyidagilami
o‘z ichiga oladi: tuproqning genetik qatiamlari, tuproq qoplami qalinligi, tuproq tusi, mexanikaviy tarkibi, tuzilmasi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi. Tuproqning genetik qatlami, uning bir qancha (haydalma o‘rmon qiyi, torfli, chirindili, akkumuliyativ, elyuvial yoki yuvilma, oikuvchi - oraliq yoki illyuvial - shimilma, tuproq osti) qatlamdan
tashkil topganligini bildiradi. Tuproq qoplami qalinligi - barcha genetik qatlamlar yigindisi boiib (40-150 sm, ayrim hollarda - 300 sm), tuproqning agronomic sifatlari va tuproqlar geograflyasining ayrim qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Tuproqning tusi uning kimyoviy tarkibi (chirindi, kremniy, temir) va gumus miqdoriga bogiiq tarzda o‘zgarishi aniqlangan. Tuproqning mexanik tarkibi uning tarkibidagi qum, loy miqdorlariga qarab aniqlanadi. Tuproq tuzilmasi tuproq tarkibidagi mayda mineral zarrachalaming, biokimyoviy omillar ta’sirida bir-birlari bilan yopishib, donador holga (tuzilma agregatlari) o‘tishidan vujudga keladi. Ana shu donadorlik holati tuzilmani tashkil etadi. Tuproq qovushmasi tuproq qatlamlaridagi zarra va bo‘lakchalar evaziga yuzaga keladi. Yangi yaralmasi tuproq paydo bo‘Iishida qatlamlarda to‘plangan shakli va kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan moddalardir. Ular genetik jihatdan: kimyoviy va biologik guruhlarga boiinadi. Tuproq qo‘shilmasi unga u hosil boMgandan so‘ng qo‘shilgan, asosan turli qoldiqli moddalar majmuasidir. Tuproq tarkibining deyarli 90 % ini mineral moddalar tashkil etgan bo‘lib, unda barcha kimyoviy elementlarning mavjudligi aniqlangan. Biroq, litosfera bilan tuproq tarkibida ularning nisbati turlicha
13. Tuproq tuzilmasi Har qanday tizimlar tuzilma (struktura)si - bu uning qismlarining o‘zaro munosabati bilan bog‘liqdir. Har xil shakl va oichamdagi tuproq element (qism, agregat)lari yigindisidan tuproq tuzilmasi vujudga keladi. Tuproq qancha donador boisa tuzilma!i tuproq, donador boimasa tuzilmasiz tuproq deyiladi. Tuproqning qator fizik - kimyoviy xossalarini va suv - havo, issiqlik, oziqa tartibining yaxshilanishi hamda mikrobiologik jarayonlaming rivojlanishida tuzilma muhim rol o‘ynaydi. Tuzilmali tuproqlar agregatlarining oichamlariga ko‘ra makrotuzilmali va mikrotuzilmali guruhlarga boiinadi (palaxsa, kesakcha, changli, yong‘oqsimon, donador, ustunsimon, ustunnamo, prizmasimon, plitasimon, tangachasimon). Tuproq tuzilmasining paydo boiishining nazariy asoslari olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Tuproqlar geografiyasi jihatidan qaralganda turli tabiat zonalarida tuproqning haydalma qatlamida 10 dan 0,25 mm gacha boigan suvga chidamli agregatlar 60- 70 %, bo‘z tuproqlarda esa bu ko‘rsatkich 5-10 % atrofida boiadi Tuzilmaning hosil boiishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va singdirilgan kationlaming ahamiyati ham katta. Ogir mexanik tarkibli, gumusga boy va ikki, uch valentli kationlar bilan to'yingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi tuzilma agregatlari hosil boiadi. Tuzilmaning hosil boiishi uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning maqbul namligida, ya’ni yetilgan davrida olib borilishi lozim. Har bir tuproq uchun (ayniqsa, mexanik tarkibiga ko‘ra) uning yetilish holatini belgilaydigan namlik oraligi boiadi. Soz va og’ir qumoq, gumusga boy tuproqlarda nam yuqoriroq va oraligi keng boiib, yengil, o‘rta qumoq va kam gumdsli yerlarda past va qisqaroqdir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling