1. Fasafaning predmeti


Гераклит ва Демокрит фалсафий қарашлари


Download 133.18 Kb.
bet7/39
Sana26.01.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1127955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
salom falsafa

30. Гераклит ва Демокрит фалсафий қарашлари.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi520—460-yillar) Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, molamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, Chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Geraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro qarama-qarshi tomonlarga olish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bogliq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bolsa, baliqlar uchun aynimuddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta
ta’sir ko‘rsatgan. Yunon falsafasida Demokritning qarash lari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo'shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bo‘shliq o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bolinmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlarda iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda, na jamiyatda hech bir narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta’limot muhim o‘rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim
31. Суқрот таълимоти.
Suqrot (eramizdan oldingi 469—399-yillar) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon fayiasufi, u kambag‘aldan chiqqan, tosh 65 yo‘nuvchining o‘g‘li, Afina hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bolgan. Uning hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. 0 ‘z davrida Afinadagi hukmron tartib-qoidalarga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb qo‘yilgan. Garchand qutulish imkoni bolsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib o‘lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bolishidan qat’i nazar, so‘zsiz itoat etishni targ'ib etganlari g‘oyatda ibratlidir. «Aflotun mening do‘stim, ammo qonun do‘stlikdan ustun turadi» degan hikmatli ibora o‘sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling