1-fasl. Ma’naviy merosimizda bozor iqtisodiga munosabat
Bozor iqtisodi insonni o‘ylashga, farosatini ishlatishga majbur qilishi bilan qimmatlidir
Download 23.81 Kb.
|
iqtisod
Bozor iqtisodi insonni o‘ylashga, farosatini ishlatishga majbur qilishi bilan qimmatlidir.
4-fasl. Tadbirkor ma’naviyati. Har bir insonga rizqni Alloh beradi. Musulmon farzandi komil ishonch bilan buni tasdiqlar ekan, hech qachon bu e’tiqodini faoliyatsizlikka da’vat ma’nosida talqin etmaydi, balki "harakatda barakat" deb halol rizq umidida biror-bir foydali mashg‘ulotning boshini tutadi. Dehqon yerga ishlov berib, rizq yo‘lin ochsa, hunar ahli insonlar koriga yaratuvchi bir buyum yaratadi. Muallim yosh avlodni ilm nuridan bahramand etsa, tadqiqotchi o‘z kashfiyotlari bilan jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. San’atkor el diliga huzur baxsh etib, uni yaxshilik sari yo‘naltirishga intiladi. Xullas, har toifaning jamiyat rivojiga qo‘shadigan o‘z hissasi bor, bu uning insonlar aro mavqeini ham belgilaydi. Biz shu ijtimoiy toifalardan birining faoliyatini ma’naviyat nuqtai nazaridan kuzatib, uning hayotdagi mavqei haqida mulohaza bildirmoqchimiz. Kommunistik g‘oyaning eng katta kamchiligi - turli ijtimoiy toifalar tabiatidagi o‘ziga xosliklarni anglab yetishga hafsala qilmay, murakkab voqelikni faqat mulkchilik va mehnatga munosabat doirasida tor talqin etganligi bo‘ldi. Mulkka munosabati qanday - ya’ni xususiy mulki bormi, yo‘qmi? Mehnatga munosabati qanday - ya’ni davlatning moddiy boyligini yaratish jarayonida bevosita qatnashadimi, yo‘qmi? Kommunistlar uchun asosiy masala shundan iborat bo‘ldi. Xususiy mulk egasi bo‘lish - salbiy jihat, moddiy boylik yaratishda bevosita qatnashish - ijobiy jihat sifatida baholandi. Mutlaqo xususiy mulki bo‘lmagan, ammo bevosita jismoniy mehnat qilib, moddiy boylik yaratishda ishtirok etgan toifa - ishchilar eng ijobiy, eng ilg‘or sinf deb; jismoniy mehnatda bevosita ishtirok etmagan, ammo xususiy mulk egasi bo‘lgan toifa - burjuaziya - eng salbiy, eng reaksion sinf, “ekspulatator”, “kapitalist” deb baholandi. Jamiyatdagi o‘zga toifalar ushbu ikki “antagonistik”, ya’ni umuman bir-biri bilan murosaga kelishi mumkin bo‘lmagan zid qutblar orasiga joylashtirildi. “Dohiylar” talqinida, burjuaziyaning feodalizm tartiblarini yo‘q qilishdagi xizmatlari tan olingan bo‘lsa ham, grajdanlik jamiyatida o‘ziga yarasha ijobiy mavqei, o‘rni mavjudligi haqida chuqur mulohaza yuritilmadi. Xo‘sh, sovet ideologiyasida "kapitalist", "ekspluatator", ya’ni ezuvchi sinf deb qaralgan burjua, yoki bugungi kun atamasidagi Download 23.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling